Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
texnikasining ta’limda qo‘llanilishi va zamonaviy ijodiy yondashuvlari tahlil etiladi. Kalit soʻzlar: linagravyura texnikasi, estetik va ifodaviy xususiyatlar
Istamtoshev Ulug‘bek
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article covers one of the areas of graphic art — the technique of linogravure, its appearance, method of processing, aesthetic and expressive features, as well as its role in the Fine Arts of Uzbekistan. The article also analyzes the application of linogravure techniques in education and modern creative approaches. Keywords: linagravyura technique, aesthetic and expressive features. Grafik san’at inson tafakkurining aniq, ifodaviy va ramziy turlardan biri bo‘lib, unda chiziq, kontrast va kompozitsiya asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Grafik san’at doirasida turli bosma texnikalar mavjud bo‘lib, ular orasida linogravyura o‘zining soddaligi, kuchli ifodaviyligi va keng imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Linogravyura linoleum yuzasiga o‘yilgan tasvirni bosib chiqarish orqali yaratiladigan grafika turi bo‘lib, u san’atda dekorativlik, konturiy aniq ifoda va chuqur mazmunni berishga xizmat qiladi. 215 May, 2025-Yil Zamonaviy san’atda bu texnika nafaqat an’anaviy uslub sifatida, balki eksperimental va innovatsion yondashuvlar orqali ham qo‘llanilmoqda. Grafik san’at turlaridan biri linogravyura, ya’ni linoleumga o‘yish orqali yaratiladigan bosma texnikadir. Bugungi kunda bu texnika grafik rassomlar ijodida, ta’lim jarayonlarida hamda ko‘rgazma faoliyatida keng qo‘llanilmoqda. Linogravyura kelib chiqish tarixiga qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, texnikasi XX asr boshlarida Yevropada paydo bo‘lgan. Dastlab bu texnika oddiy pedagogik vosita sifatida qo‘llangan bo‘lsa-da, tez orada grafik rassomlar e’tiborini qozondi. Ayniqsa, Pablo Pikasso, Henri Matisse kabi mashhur rassomlar linogravyurani yuqori san’at darajasiga ko‘tardilar. Ushbu texnika arzonligi, soddaligi va ifodaviy kuchi sababli turli mamlakatlar san’at maktablariga keng yoyildi. Linogravyura birinchi bo‘lib 1907 yilda Parijda namoyish etilgan bo‘lib, buni ilk bor Nikolay Sheverdyaev qo‘llagan. 1911 yilda chexiyalik muhojir Voytsex Preisig Nyu-Yorkda birinchi marta “Linolyum gravyurasini” ommaga taqdim etdi. 1926-1929 yillarda linogravyuralar haqidagi nashrlarida rassom Pedro Jozef De Lemos rangli bosib chiqarish uchun yangi usullarni, shu jumladan asosiy bloklarni dastlabki bosib chiqarishni joriy etdi. Linogravyurani Maurits Kornelis Esher, Ivan Pavlov, Boris Kustodiyev, Vladimir Favorskiy, Aleksandr Deyneka, Yakov Gnizdovskiy, Georg Bazelits va boshqa ko‘plab rassomlar ijodlarda qo‘llaganlar. O‘zbekiston grafik san’atida linogravyuraning tutgan o‘rni ham muhim ahamiyatga egadir. O‘zbekistonda linogravyura XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab grafik san’atning mustaqil turi sifatida rivojlandi. Rassomlar linogravyura orqali o‘z milliy qadriyatlari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatkash hayoti va tarixiy mavzularni tasvirladilar. Masalan, Qutlug‘ Basharov, Asliddin Kalanov, Mavluda Saidova, Charos Ummatova kabi rassomlar o‘z ijodi va pedagogik faoliyati bilan linogravyura san’atini yurtimizda davom etishini ta’minlab kelishmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ular asarlarida xalq turmushi, folklor motivlari, milliy ruhdagi obrazlarni soddalashtirilgan shakllar orqali ifoda etgan. Ushbu rassomlar linogravyura imkoniyatlarini kengaytirib, uni faqat tasviriy emas, balki falsafiy va estetik g‘oya tashuvchisi sifatida namoyon etdilar. O‘zbek kitob grafikasi usta linogravyurachi rassomlaridan biri, Qutlug‘ Basharov ijodi haqida qisqacha tahlil qiladigan bo‘sak, u o‘zbek grafika san’atining eng taniqli namoyandalaridan biri bo‘lib, uning asarlari maishiy, tarixiy va ijtimoiy mavzularni yoritishda o‘ziga xos uslubni namoyon etadi. Qutlug‘ Basharov o‘z asarlarida nafaqat rang va shaklni, balki insoniyatning ichki dunyosini va ma’naviy qadriyatlarni chuqur tahlil qiladi. Qutlug‘ Basharov 216 May, 2025-Yil asarlarida obrazlarning kuchli va ta’sirchan badiiy sayqal topganligi, atoqli grafika ustalari kashfiyotidan ijodiy foydalanishga moyillik borligini ko‘ramiz. Ko‘zlangan yuksak marralarga intilib, sidqidildan jasorat ko‘rsatayotgan azamat paxtakorlarning mehnati Qutlug‘ Basharovning “Paxtakorlar” va “Paxta” turkumidagi linogravyuralarida o‘z aksini topdi. Bu turkumdagi “Terimchilar” sahifasida uch dugonaning shodligi hayotiy va jozibali tasvirlangan. Hajman uncha katta bo‘lmagan bu asarda uch xil xarakterdagi ayolni, ularning kayfiyatini jonli talqin etilganligini ko‘ramiz. Harbiy vatanparvarlik mavzuida asarlar yaratish tasvir ustalarining doimo diqqat markazida bo‘lgan. Rassomning “Chegarada” triptixida xalqimizning tinch, osoyishta turmush kechirishlari yo‘lida sergak turib posbonlik qilayotgan jasur chegarachilarning hayoti hikoya qilingan. U, shuningdek “Vatan posbonlari”, “Hamisha sergak”, “Dushman o‘ta olmaydi”, “Chavgon o‘yini” kabi linogravyuralarini yaratdi. Q. Basharov “Chavgon o‘yini” Q. Basharov “Ot sporti” Qutlug‘ Basharov Alisher Navoiyni buyuk shoir-g‘azal mulkining sultoni sifatida ko‘rsatishga intildi. San’atkorning “Xamsa”dagi “Hayrat-ul-abror”, “Sabbai sayyor”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy” dostonlaridagi kulminatsion v
Доказательный фрагмент
«This article covers one of the areas of graphic art — the technique of linogravure, its appearance, method of processing, aesthetic and expressive features, as well as its role in the Fine Arts of Uzbekistan.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article covers one of the areas of graphic art — the technique of linogravure, its appearance, method of processing, aesthetic and expressive features, as well as its role in the Fine Arts of Uzbekistan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- linagravyura technique, aesthetic and expressive features, linagravyura texnikasi, estetik va ifodaviy xususiyatlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025