К содержанию
РецензированоUZ2025

KOGNITIV TILSHUNOSLIK VA LINGVOSENSORIKANING OʻZARO BOGʻLIQLIGI Feruza Namozova

Feruza Namozova

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

maqolada kognitiv va sensor tilshunoslik yo‘nalishlari oʻrtasidagi o‘zaro bogʻliqlik tahlil qilingan. Insonning tilni idrok etishi, uni shakllantirish jarayonlarida sezgi a’zolari orqali olingan ma’lumotlar qanday kognitiv modellarga aylanishi, bu esa oʻz navbatida til birliklarida qanday aks etishi misollar orqali yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: kognitiv tilshunoslik, lingvosensorika, sezgi, idrok, konseptual metafora, multimodal idrok. So‘nggi yillarda tilshunoslik fanida inson tafakkuri va sezgi faoliyatiga asoslangan yondashuvlar ilmiy yo‘nalish sifatida shakllandi. Til va idrok masalasi har doim olimlar uchun qiziqarli, munozarali mavzu sanaladi. Bu mavzu zamonaviy tilshunoslikning psixolingvistika, neyrolingvistika, lingvokulturologiya, kognitiv tilshunoslik hamda lingvosensorika kabi sohalari uchun muhim ahamiyatga ega. Mazkur yo‘nalishlar tilni o‘rganishda insonning jismoniy, ruhiy va aqliy faoliyatini bir-biridan ajratmaslik, ularni yaxlit holda o‘rganish zarurligini ilgari suradi. Til – bu nafaqat grammatik birliklar tizimi, balki inson ongida shakllanuvchi va sezgilar orqali anglanadigan kognitiv hodisa. Masalan, xushbo‘y hidni hidlash jarayonida, burun sezgisi orqali hidning mavjudligi seziladi. Bu sezgi jarayoni faqat hidning borligini va uning kuchini bilishga imkon beradi. Hid sezilgach, unga ma’no berish, ya’ni “bu yangi pishirilgan non hidi” yoki “bu gulning hidi” deb tasavvur qilish mumkin. Hidni idrok qilish jarayoni inson hissiy holati va oldingi tajribasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Kognitiv tilshunoslikning o‘rganish obyekti – inson tafakkuri va til o‘rtasidagi munosabatdir. Aniqroq aytganda, bu soha til qanday qilib inson ongida shakllanadi, saqlanadi, ishlatiladi va tushuniladi, degan savollarga javob izlaydi. Professor Sh. Safarov ham “Kognitiv tilshunoslikning asosiy vazifasi inson ongida kechadigan mental jarayonlarni lisoniy faoliyat bilan bog‘liq holda o‘rganishdir” [1] degan edi. Bu yondashuvga ko‘ra, til – bu tafakkur mahsuli. Masalan, Lakoff va Jonson (1980) tomonidan ilgari surilgan konseptual metafora nazariyasiga koʻra, til birliklari ko‘pincha sensor tajribalarga asoslangan metaforik modellar orqali anglanadi [2] . 239 May, 2025-Yil Ma’lumki, borliqni bilish – anglash faoliyati bir necha bosqichlardan iborat murakkab jarayon hisoblanadi. U sezish, idrok etish, tafakkur qilish kabi ketma-ketlikda amalga oshadi. Ko‘rinib turibdiki, sezgilar – bilishning dastlabki bosqichi. Sensor tilshunoslikning asosiy vazifasi tilning inson sezgi a’zolari orqali qanday qabul qilinishini, ya’ni tilning ko‘rish (vizual), eshitish (audial), tegish (taktil), hid (olfaktor) va ta’m (gustator), harakat (kinestetik) hamda ichki (interotseptik) sezgilarni qanday ifoda etishini o‘rganadi. Sezgilar orqali olingan tajriba ko‘pincha til birliklarida kognitiv metafora yoki konseptual model sifatida ifodalanadi. Quyida ularni misollar orqali tahlil qilamiz. Ta’m sezgisi: Asal shirin. Keltirilgan misolda shirin so‘zi ta’mni o‘z ma’nosida ifoda etgan. Shirin jon, shirin hayot, shirin bola, shirin orzu-xayollar, shirin tushlar, tili shirin v. b. Bu kabi misollarni kognitiv metafora deyish mumkin, chunki inson o‘zi aniq bilgan sezgiga asoslanib uning mazasi, lazzatini jon, hayot, bola, orzu, tush, til kabi tushunchalarning yoqimli, sevimli ekanligini anglatishda shirin leksemasidan foydalanib, ko‘chma ma’noda hosil qiladi hamda nutqda qo‘llaydi. Teri orqali sezish: issiq bag‘ir, issiq suv, issiq havo singari misollarda terining tashqi ta’sir tufayli sezgisi ifodalangan bo‘lsa, yuzi issiq, issiq chehra deganda odatda tanish, yoqimli, o‘ziga tortadigan inson nazarda tutiladi. Bunda haroratga oid sezgi tajribasi inson ko‘rinishi bilan bog‘langaniga guvoh bo‘lamiz. Bu esa sezgidan kognitiv modelga aylangan til hodisasidir. Og‘ir tosh – og‘ir masala, og‘ir kasal, og‘ir gap aytmoq, tarbiyasi og‘ir bolalar; yengil yuk – yengil ovqat, yengil hayotga o‘rgangan, masalaga yengil qaramoq kabi misollarda jismoniy og‘irlik yoki yengillik sensor sezgi, mazmun va emotsiya yukining kuchi kognitiv konsept bilan bog‘langan. Ya’ni ogʻir so‘zi muhim, jiddiy, xafa qiladigan, tarbiyada muammosi bor ma’nolarini bildirsa, yengil so‘zi esa tez, oson hazm bo‘ladigan, qiyinchilikiz, yuzaki kabi ma’nolarni anglatadi. Zamonaviy tilshunoslikda multimodal idrok tushunchasi keng qo‘llanilmoqda. Bu – tilni bir vaqtning o‘zida bir nechta sezgi orqali idrok qilish deganidir. Masalan, video darsda o‘qituvchining ovozini eshitish (audial), slaydlarni ko‘rish (vizual) va imo-ishoralarni kuzatish (kinestetik) orqali bilim qabul qilinadi. Bolalar ertagini audiokitob sifatida tinglashda u ohang (intonatsiya), ovoz tembri orqali har xil emotsiyalarni tushunadi. Bu holatlarda til faqat matn emas, balki idrokning sezgi va tafakkur orqali birgalikdagi natijasidir. Ilmiy tadqiqotlar (Barsalou, 1999 [3] ; Glenberg & Kaschak, 2002 [4]) shuni ko‘rsatadiki, inson tilni anglaganida uning miya faoliyati sensor va motor zonalarni ham faollashtiradi. Aytay

Доказательный фрагмент

«maqolada kognitiv va sensor tilshunoslik yo‘nalishlari oʻrtasidagi o‘zaro bogʻliqlik tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada kognitiv va sensor tilshunoslik yo‘nalishlari oʻrtasidagi o‘zaro bogʻliqlik tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
sezgi, konseptual metafora, multimodal idrok., lingvosensorika, kognitiv tilshunoslik, idrok
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники