К содержанию
РецензированоRU1919

НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ: СОДЕРЖАНИЕ, ГЕНЕЗИС И ТРАНСФОРМАЦИЯ В УСЛОВИЯХ СОВРЕМЕННОГО ВРЕМЕНИ

SHAROITIDAGI TRANSFORMATSIYASI · Axmedova Shaxnoza Ma’mur qizi · TIME CONDITIONS (Fiskal instituti tinglovchisi.)

Современная наука и исследования · 133-145 · 1919

Аннотация

Improving the VAT collection mechanism plays an important role in improving the tax administration. Based on this, this scientific thesis analyzes the theoretical aspects of VAT. Key words: tax, tax administration, tax rate, value added tax, indirect tax, budget. НАЛОГ НА ДОБАВЛЕННУЮ СТОИМОСТЬ: СОДЕРЖАНИЕ, ГЕНЕЗИС И ТРАНСФОРМАЦИЯ В УСЛОВИЯХ СОВРЕМЕННОГО ВРЕМЕНИ Аннотация. Совершенствование механизма взимания НДС играет важную роль в совершенствовании налогового администрирования. На основе этого в данной научной диссертации анализируются теоретические аспекты НДС. Ключевые слова: налог, налоговое администрирование, налоговая ставка, налог на добавленную стоимость, косвенный налог, бюджет. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini davlat budjetining daromad qismiga jalb qilish g‘oyasi dastlab XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Bu taklifni birinchi marta Germaniya budjet amaliyotida joriy etishni 1919 yilda Vilgelm fon Simens ilgari surdi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini amaliyotga joriy etish va undirish mexanizmi birinchi marta frantsuz moliyachisi M.Lore tomonidan ishlab chiqildi. Ammo qo‘shilgan qiymat solig‘i M.Lorening taklifidan so‘ng o‘tgan 10 yildan ortiq vaqt mobaynida tajriba uchun taklif etilgan shaklda qo‘llanildi. Frantsiyada qo‘shilgan qiymat solig‘i haqiqatda 1968 yildan boshlab joriy etildi (1). 27 XX asrning 70-yillarida qo‘shilgan qiymat solig‘i G’arbiy Evropaning qator mamlakatlarining soliq amaliyotida joriy qilindi. Buning asosiy sababi va huquqiy asosi bo‘lib, evropa iqtisodiy hamjamiyati tomonidan hamjamiyatga a’zo mamlakatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishni tartibga solishning huquqiy me’yorlarini umumlashtirish to‘g‘risidagi maxsus Direktivaning qabul qilinishi hisoblanadi. Mazkur Direktiva 1977 yilda qabul qilindi va unda egri soliqlarning asosiy turi sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i e’tirof etildi. Qo‘shilgan qiymat solig‘iga xos bo‘lgan muhim xususiyatlardan biri shundaki, soliqqa tortishning ob’yekti bo‘lib, nafaqat ichki bozordagi tovaroborot, balki mamlakat korxonalarining tashqi bozorlaridagi tovaroboroti ham hisoblanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda, ko‘pchilik hollarda, qo‘shilgan qiymat solig‘ini “Evropacha” soliq deb ham atashadi. Buning asosiy sabablari shundaki, birinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i dunyoda birinchi marta yevropa davlati bo‘lgan Frantsiyada joriy etildi; ikkinchidan, 1977 yilda qabul qilingan Direktivaga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘i bir vaqtning o‘zida Evropaning bir necha davlatlarida joriy etildi; uchinchidan, qo‘shilgan qiymat solig‘i G‘arbiy Yevropadagi integratsion jarayonlarni shakllantirish va rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining zarurligi bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat tomonidan tartibga solib turish va uni boshqarish vazifasi bajarayotgan paytda namoyon bo‘ladi. Shu davrda davlat o‘z funktsiyasini bajarishi uchun albatta moliyaviy manbaga ega bo‘lishi kerak. Qo‘shilgan qiymat solig‘i ishlab chiqarish yoki muomalaning har bir bosqichida qo‘shilgan qiymatdan undiriladi. Qo‘shilgan qiymatga ish haqi, amortizatsiya, kredit uchun foiz, elektr energiyaga, transportga, reklamaga ketgan sarf xarajatlar kabilar kiradi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i xarid va sotish narxlari o‘rtasidagi ayirmani hosil qiluvchi qo‘shilgan qiymatdan hisoblanadi. Mazkur soliq tovarning narxiga qo‘shiladi, ya’ni bunda ishlab chiqaruvchini emas, balki iste’molchining daromadi soliq solish ob’yekti bo‘ladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i tovar va xizmat sotilishi bilanoq budjetga tushadi. Bu esa budjet daromadlarini mustahkamlaydi, budjetdan amalga oshiriladigan ijtimoiy zaruriy xarajatlarni uzluksiz, o‘z vaqtida, mustahkam moliyalashtirish imkonini beradi. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining asosiy vazifasi budjet daromadlarini ko‘paytirishdir, ya’ni fiskal funktsiyasini bajarishga xizmat qiladi. Bu soliqdan iqtisodiy va sotsial (ijtimoiy) funktsiya sifatida foydalanish imkoniyatlari chegaralangan. Umuman o‘zi egri soliqlar iqtisodiy qiyinchiliklar mamlakatda yuqori bo‘lgan sharoitda davlat xarajatlarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun o‘rnatiladi va ular budjet daromadlarini shakllantirishda muhimdir. 28 Qo‘shilgan qiymat solig‘i eng yosh bilvosita soliqlardan biri bo‘lib, tovarni iste’molchiga ko‘rsatishning har bir bosqichida qayta-qayta undiriladi.Ushbu soliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, agar hisob bir joyda (sotuvchi tomonidan) amalga oshirilsa, unda boshqasida chegirilgan (xaridor tomonidan).Bundan tashqari, bu ikki harakat bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lishi kerak. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, QQS bo‘yicha chegirma talab qilgan soliq to‘lovchining hatti-harakatlarini baholashning asosiy mezoni xaridorning soliqni ushlab qolish huquqi va etkazib beruvchining QQSni budjetga to‘lash majburiyatini majburiy bajarishi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikning mavjudligi hisoblanadi. bu huquqqa mos keladi. Xaridor tomonidan QQSni ushlab qolish huquqining sotuvchi tomonidan ushbu soliqni budjetga undirish bo‘yicha soliq majburiyati bilan mos kelishi QQS

Доказательный фрагмент

«Improving the VAT collection mechanism plays an important role in improving the tax administration.»

Образец извлечения

Демо-превью

Improving the VAT collection mechanism plays an important role in improving the tax administration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tax, tax administration, tax rate, value added tax, indirect tax, budget
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники