К содержанию
РецензированоUZ2026

TA’LIM MENEJERLARINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISHGA DOIR METODOLOGIK YONDASHUVLAR Z.D.Abralova TDPU, katta o‘qituvchi.

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article describes methodological approaches to the formation of professional competencies of educational managers, the essence of the concepts of competence and competence. Keywords: Competence, professional competence, relationship management, problem management, self-management. Ma’lumki, ijtimoiy-iqtisodiy makonning globallashuvi, yangi texnologiyalarning faol joriy etilishi, axborot resurslarining ahamiyatining ortishi, milliy va jahon bozorlarida raqobat kuchayishi – shular va boshqa ko‘plab omillar tashkilotlar rahbariyatini o‘ziga xos axborot vositalarini qidirishni faollashtirishga majbur qiladi. Raqobatbardosh ustunliklarga erishish omillari, ular orasida menejerning kasbiy vakolatlari darajasi alohida o‘rin tutadi. Bularning barchasi bitiruvchilarning kasbiy kompetensiyalari va mehnat bozori talablari o‘rtasidagi nomuvofiqlik muammosini hal etish zaruratidan dalolat beradi. Dunyo mamlakatlarining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo 192 ta davlati 2015-yilning sentabr oyida “Dunyomizning o‘zgarishi: 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish uchun Kun tartibi” dasturi hamda uni monitoringi majburiyatlarini qabul qilgan. 30 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 BMT mamlakatimizga 2016-yilda “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun taraqqiyot siyosatiga doir tadbirlarni har tomonlama joriy qilish, jadallashtirish va qo‘llab- quvvatlash” (MAPS) yondashuvini taklif etgan. Ushbu yondashuvda uchta jadallashtirish sohasi (akselerator) keng islohotlar uchun qamrab olingan. Shu sohalarning birinchisi “Boshqaruv tizimlarining samaradorligi va hisobdorligini oshirish” sanaladi va unda “Samarali boshqaruv barqaror rivojlanishning barcha boshqa maqsadlariga erishishda tarmoqlararo va asosiy katalizatordir”, – deya alohida e’tirof etilgan. Bu holat boshqaruv tizimini takomillashtirish, rahbar (yosh) kadrlarni tanlash, tayyorlash, malakasini oshirish, ularning bilim saviyasini yanada yuqori bo‘lishi bilan bog‘liq shart-sharoitlarni yaratish hamda ularni ilmiy jihatdan takomillashtirish bo‘yicha domiy ravishda tadqiqotlar olib borishga zarurat borligidan dalolat beradi. Kompetensiya – bu to‘g‘ri xulq-atvorni namoyish etadigan va ishda yuqori natijalarga erisha oladigan xodimning asosiy tavsifidir. Kompetensiya – bu xodimning tashkilotda qabul qilingan me’yorlarga muvofiq harakat qilish qobiliyati (xodim erishishi kerak bo‘lgan minimal standartni belgilash). Kompetensiya – bu xodimning mehnat funksiyalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan xulq-atvor tavsifi bo‘lib, u o‘zini namunadagidek tutishning zarur meyorlarini o‘zida aks ettiradi. Jahonda boshqaruv yo‘nalishidagi tadqiqotlarda rahbar shaxsi yoki faoliyatiga kompetensiyalar va kompetentlik kontekstida – boshqaruv kompetentligi, akmeologik kompetentlik, kommunikativ kompetentlik, professional kompetentlik, ijtimoiy-psixologik kompetentlik, ijtimoiy-perseptiv kompetentlik, ijtimoiy kompetentlik, konfliktli kompetentlik, etnomadaniy kompetentlik masalalari bo‘yicha “motivatsion-qadriyatli”, “sotsio-antropologik”, “xulq-atvorli”, “integral”, “orderli”, “yarim tizimli”, “kibernetik” va “raqamli tranformatsiyaviy” tahlil uslublarida izlanishlar olib borilmoqda. Xorijiy so‘zlar lug‘atida “kompetentlik” atamasi lotin tilidan – sompetentis – mos, qobiliyatli, ya’ni kompetensiyalarga ega, kompetensiya tushunchasi – competentia – taalluqli, tegishli degan mazmunni ifodalovchi izohlarni uchratish mumkin. Ilmiy adabiyotlarning tahliliga qaraganda, professional kompetentlikni aniqlashga doir tadqiqotchilar tomonidan turli yondashuvlar mavjud. Jumladan, Yevropa va amerikalik tadqiqotchilar professional kompetentlikni amaliy jihatlarini, ya’ni: muhitga ta’sir etuvchi (I.Borg, M.Muller, T.Staufenbiel); vazifani muvaffaqiyatli uddalashga xizmat qiluvchi bilim, ko‘nikma va malakalar majmuasi (M.Perlmutter, M.Kaplan, L.Nyguist); faoliyat tuzilmasidagi alohida xatti-harakatlarni amalga 31 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 oshirishni ta’minotchisi (G.Schreder, M.Vorwerg); amaliyotga tatbiq etiladigan usullarni bilish jarayonlariga qo‘llovchi (S.P.Dyrstra, S.Dollinger) sifatida o‘rganishgan (Rogachev V.V., 2002). Tadqiqotchi olim A.Vlasov, E.Poteyevaning fikriga ko‘ra, bugungi kunda mamlakatning raqobatbardoshligi jahon iqtisodiyoti va siyosati rivojlanishining eng muhim omillaridan biridir, chunki u nafaqat sof iqtisodiy ko‘rsatkichlarni qamrab oladi, balki muhim noiqtisodiy omillarning oqibatlarini ham baholaydi. Raqobatbardoshlikning asosiy ko‘rsatkichi aholi turmushining yuqori darajasi va sifati hisoblanadi. Mamlakatlar ijtimoiy qadriyatlar tizimi va ta’lim tizimi bilan raqobatlashadigan ta’lim darajasiga alohida rol beriladi. Yana bir komponent - bu inson kapitalini rivojlantirish, bunda asosiy e’tibor intellektual salohiyatga qaratiladi. Va, albatta, ta’lim sifati, inson resurslari raqobatbardoshligini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi sifatida - ijtimoiy-iqtisodiy tizimning bir qismidir. S

Доказательный фрагмент

«This article describes methodological approaches to the formation of professional competencies of educational managers, the essence of the concepts of competence and competence.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes methodological approaches to the formation of professional competencies of educational managers, the essence of the concepts of competence and competence. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Competence, professional competence, relationship management, problem, o‘z-o‘zini boshqarish, kasbiy kompetensiya, munosabatlarni boshqarish, kompetentlik, Kompetensiya, muammolarni boshqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники