Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MUMTOZ MAHAL BEGIM VA TOJ MAHAL TARIXIGA BIR NAZAR Gadayeva Mohigul Muxamedovna Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi o`qituvchisi.
Gadayeva Mohigul Muxamedovna
Современная наука и исследования · 1 · 2026
Аннотация
This article discusses the love of one of the Mughal queens, the wise and enterprising queen Mumtaz Mahal Begim and her first husband Shah Jahan, as well as the mausoleum built in her honor. Keywords: Arjumand Bonu, Iranian, dynasty, Khurram, entrepreneur, wise, monument, mausoleum. ВЗГЛЯД НА ИСТОРИЮ НУМТАЗ МАХАЛ БЕГИМ И ТАДЖ-МАХАЛА Аннотация. В статье обсуждается история любви одного из императоров Великиx Бабуридов, мудрой и предприимчивой королевы Мумтаз Махал Бегум, и ее мужа Шах- Джахана, а также мавзолея, построенного в ее честь. Ключевые слова: Арджуманд Бону, Хуррам иранец, династия, предприниматель, интеллект, памятник, мавзолей. Mumtoz Mahal begim asl ismi Arjumand bonu bo`lib, boburiy malikalardan hisoblanadi. Mumtoz Mahal 1593 yilda dunyoga keldi. U Jahongir shojning rafiqasi Nur Jahonning akasi hamda saltanat vaziri Abdul Xasan Asaf Xonning qizi bo’lib, tug’ilganida unga Arjumand Bonu Begim, deb ism qo’yilgan. Arjumand Bonu asli eronlik boʻlib, bobosi va ota-onasi Hindistonga koʻchib kelib, Akbarshoh xizmatiga kiradi. 1611-yilda Arjumand bonuning ammasi Nurjahon Jahongirshohga turmushga chiqqach, Arjumand bonuning bobosi Eʼtimod ud-Davla bosh vazirlik mansabiga, otasi Eʼtiqodxon esa saroy boshqaruvchisi lavozimiga koʻtariladi.. Boburiylar sulolasining vakili bo’lmish Shoh Jahon 1592 yilning 5 yanvarida dunyoga keldi. Jahongir shohning uchinchi o’g’li, otasi tug’ilganda unga Xurram deb ism qo’ydi. 1627 yilda otasi Jahongir shohdan keyin 36 yoshida taxtga o’tirgandan keyin ismini Shoh Jahon deb o’zgartirdi. U juda qattiqqo’l va jur’atliligi bilan ajralib turar edi. Bir necha harbiy yurishlar natijasida saltanatining hududini bir necha barobar kattalashtirishga erishdi. 489 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Shoh Jahon o’z davrining enjg qudratli insonlari qatoridan joy oldi. U faqatgina harbiy urushlar bilangina chegaralanib qolmadi. Shoh Jahon ko’pgina ilmlarni yaxshi egallagan, ilm-fan va me’morchilikka o’z hissasini qo’shgan, san’at namoyondalarini qo’llab-quvvatlagan, go’zallikni qadrlagan. 1613-yil 19 yoshli Arjumand bonu 21 yoshli shahzoda Xurram ya`ni Shoh Jahonga turmushga chiqadi. Naql qilishlaricha, shahzoda Xurram Arjumand Bonuni ko’rib, unga mahliyo bo’lib qoladi. U bu qizni shunchalik sevib qoladiki, unga uylanishga qaror qiladi. Asl millati arman bo’lgan bu qiz Jahongir shohning atrofidagi vazirlardan birining qizi va rafiqasining jiyani edi, ya’ni kelib chiqishi ham oqbilaklardan edi. Shuning uchun bu juftlikning nikohiga hech kim to’sqinlik qilmadi. Aksincha, bunday ittifoq taxt vorisining pozitsiyasini mustahkamlar edi, biroq shunga qaramay, ular sevishib turmush qurdilar. Fotiha to’yi 1607 yilda Arjumand Bonu 14 yoshligida bo’lib o’tgan bo’lsada, ba’zi sabablarga ko’ra nikoh to’yi 5 yilga qoldirildi va ular 1612 yilda turmush qurdilar. Aynan to’y kuni Jahongir shoh keliniga Mumtoz Mahal, ya’ni “saroy javohiri”, deb ism qo’ydi. Bu narsa qizning naqadar go’zal bo’lganligini yana bir marta isbotlaydi. Saroy shoirlari u haqda shunday der edilar: “Uning chehrasini ko’rib, oy ham uyalib qoladi. U o’z chiroyi bilan yulduzlarning shu’lasini ham so’ndirib yuboradi”. Arjumand bonu tez kunda tadbirkorligi, nozik tabiati, iffati, tengsiz husnlatofati, ayrim kelishmovchiliklarni oson hal qilishi bilan saroy aʼyonlari oʻrtasida katta eʼtibor qozonadi. Shuning uchun koʻp oʻtmay u Mumtoz mahal begim ya`ni saroyning ko`rki deya atala boshlandi. 1628 yilda Jahongir Shoh taxtga o’tirdi, Mumtoz Mahal esa Hindiston malikasi bo’ldi. Mumtoz Mahal aqlli, zukko va oqila ayol edi, shuning uchun ham u erining yaqin maslahatchisiga aylandi. U hayr-ehsonlari bilan dong taratdi, erini ham beva-bechoralarga yordam berishga chaqirdi. Mumtoz Mahal erining qalbidan chuqur joy egalladi, ular o’z muhabbatlarini she’rlar orqali izhor etar edilar. Shoh Jahon xotinini juda yaxshi ko’rar, hurmatini joyiga qo’yar, uning sharafiga katta tadbir va bayramlar uyushtirar edi. Xotining ishtirokisiz sulton hech qanday davlat yig’ilishini o’tkazmas va hech qaysi davlat xujjatiga imzo chekmas edi. Mumtoz Mahal har bir saroy kengashida qatnashar edi, uning fikri hech qachon inkor qilinmas edi. U eriga shunchalik yaqin ediki, uni harbiy yurishlarida ham birga yonida bo’lar edi. Afsuski, Arjumand xonimning eriga nisbatan bo’lgan chuqur muhabbati unga juda qimmatga tushdi. 1631 yilda malika homiladorligiga qaramasdan, erining harbiy safariga birga chiqdi. Uzoq yo’l mashaqqatidan uringan malikaning tug’ruq jarayoni og’ir kechdi va u farzandini dunyoga keltirib, o’zi olamdan ko’z yumdi. Mumtoz Mahal xonim bu paytda sal kam qirqqa yaqinlashib qolgan edi. 490 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Mumtoz Mahal Shoh Jahonning uchinchi rafiqasi edi. Tabiiyki, taxt vorisining o’ziga yarasha harami bor edi, biroq u yerdagi birorta ham ayol shahzodaning ko’nglidan joy olib, Arjumandni unutishiga erisholmadi. Ularning 19 yillik turmushlari davomida Mumtoz Mahal turmush o’rtog’i Shoh Jahonga 14 nafar
Доказательный фрагмент
«This article discusses the love of one of the Mughal queens, the wise and enterprising queen Mumtaz Mahal Begim and her first husband Shah Jahan, as well as the mausoleum built in her honor.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the love of one of the Mughal queens, the wise and enterprising queen Mumtaz Mahal Begim and her first husband Shah Jahan, as well as the mausoleum built in her honor. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Arjumand Bonu, Iranian, dynasty, Khurram, entrepreneur, wise, monument, Xurram, eroniy, tadbirkor, maqbara., sulola, oqila, yodgorlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
МонографииK.J.Murodov2026