К содержанию
РецензированоUZ2025

IKKINCHI SINF ONA TILI VA O‘QISH SAVODXONLIGIDAGI SHE’RLARNI PEDOGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O`QITISH Abdushukurova Muxlisa Foziljon-qizi

Abdushukurova Muxlisa Foziljon-qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article provides information on increasing the effectiveness of improving the integrated teaching mechanisms of the cluster approach system in primary education. Key words: education, primary, science, integration, teaching, mechanism, improvement. Yangi O‘zbekiston rivojiga katta hissa qo‘shayotgan va uning tub o‘zagi hisoblangan ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish maqsadida ayni damda boshlang‘ich ta‘limga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda barpo etilayotgan Uchinchi Renessans davrida boshlangʻich taʼlimda sifat samaradorligiga erishish va bunda boshlangʻich sinf oʻqituvchilari faoliyatiga tayanish dolzarb vazifalar sirasiga qo‘shildi. O‘zbekistonda boshlang‘ch ta‘limni yanada takomillashtirish davri kechmoqda. Ushbu jarayonda faqatgina boshlang‘ich sinfda dars berib kelayotgan o‘qituvchilargina emas,balki bo‘lajak pedagog-o‘qituvchilar ham juda katta,muhim rol o‘ynaydi.Ularda ham kasbiy qiyofani to‘la shakllantirish shart. Boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi fanining o‘rni juda muhim bo‘lib, ayniqsa, she’rlarni o‘qitish bolalarning nutq madaniyati, badiiy tafakkuri va estetik didini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar esa bu jarayonni yanada samarali va qiziqarli tashkil etishga yordam beradi. Ushbu maqolada ikkinchi sinf o‘quvchilariga she’rlarni pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishning usullari va ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. She’rlarni o‘qitishning ahamiyati: She’rlar bolalarda quyidagi jihatlarni shakllantirishga yordam beradi: Nutq boyligini oshirish – O‘quvchilar yangi so‘z va iboralarni o‘zlashtiradi. 1 2 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Badiiy tafakkurni rivojlantirish – She’riy obrazlar orqali bolalar tasavvur doirasini kengaytiradi. Eshitish va talaffuz qobiliyatini yaxshilash – She’rlar tovush va ritmga asoslanganligi sababli bolalar fonetik jihatdan aniqroq gapira boshlaydi. Ijodiy fikrlashni shakllantirish – She’rlar orqali bolalar o‘z fikrlarini badiiy ifodalashga o‘rganadilar. She’rlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar: Ikkinchi sinf o‘quvchilariga she’rlarni o‘qitishda innovatsion metodlar Ona tili va o‘qish savodxonligi darslarida she’rlardan foydalanish bolalarning nafaqat o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki ularning badiiy tafakkuri, ijodiy yondashuvi va nutq madaniyatini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida an’anaviy yondashuvlar bilan bir qatorda innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish ayniqsa muhimdir. Quyida she’rlarni o‘qitishda samarali bo‘lgan zamonaviy metodlarning kengaytirilgan tavsifi keltiriladi. 1. Klaster metodi – bu grafik organayzer bo‘lib, o‘quvchilar ma’lum bir mavzu yoki tushuncha atrofida asosiy g‘oyalarni guruhlash orqali fikr yuritadilar. Bu usul, ayniqsa, yangi mavzuni tushuntirish yoki o‘quvchilarning mavjud bilimlarini faollashtirishda samarali hisoblanadi. Qanday qo‘llash mumkin? O‘qituvchi o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha bir asosiy tushunchani beradi (masalan, “Ona”). O‘quvchilar ushbu tushunchaga bog‘liq so‘z va fikrlarni klaster shaklida yozadilar. She’r o‘qib bo‘lingandan so‘ng, o‘quvchilar avvalgi klasterga qo‘shimchalar kiritadilar yoki yangi tushunchalarni belgilaydilar. Shu tariqa, bolalar mavzuni chuqurroq anglaydilar va she’rning asosiy g‘oyasini o‘zlashtiradilar. Natijasi: O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha tahlil qilish, umumiy tushunchalarni to‘g‘ri bog‘lash va mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi. 2. Rolli o‘yinlar usuli bolalarning she’riy obrazlarni jonlantirish orqali matn mazmunini chuqurroq tushunishiga xizmat qiladi. Ular turli obrazlarga kirib, she’rni o‘zlarining his- tuyg‘ulari bilan ifoda etishadi. Qanday qo‘llash mumkin? O‘qituvchi dars mavzusiga mos she’rni tanlaydi. O‘quvchilar she’rdagi obrazlarni (tabiat, inson, hayvon yoki boshqa badiiy qahramonlar) tanlab oladilar. She’rni ifodali o‘qish bilan birga, harakatlar va ovoz orqali jonlantirib berishadi. O‘quvchilar she’rdagi obrazlarning kayfiyatini his qilishga harakat qiladilar. Dars yakunida o‘quvchilar o‘z his-tuyg‘ulari bilan o‘rtoqlashib, muhokama qiladilar. Bolalar badiiy tafakkurini shakllantiradi, ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi va o‘z fikrlarini ifodali bayon qilishni o‘rganadilar. 3. INSERT metodi (Interaktiv belgilash) metodi matn ustida ishlashni chuqurlashtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarga matnni faol tahlil qilish imkoniyatini beradi. Qanday qo‘llash mumkin? O‘quvchilarga she’r beriladi va ulardan quyidagi belgilar yordamida o‘qish so‘raladi: V – oldin bilgan ma’lumotlari. + – yangi va qiziqarli ma’lumotlar. - – noto‘g‘ri yoki kutilmagan ma’lumotlar. ? – tushunarsiz yoki qo‘shimcha izoh talab qiluvchi so‘z va iboralar. O‘quvchilar matnni o‘qish davomida ushbu belgilarni qo‘llashadi. O‘qib bo‘lingandan so‘ng, belgilangan qism bo‘yicha muhokama olib boriladi. 1 3 International scientific journal ISSN: 2181-

Доказательный фрагмент

«This article provides information on increasing the effectiveness of improving the integrated teaching mechanisms of the cluster approach system in primary education.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article provides information on increasing the effectiveness of improving the integrated teaching mechanisms of the cluster approach system in primary education. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
education, primary, science, integration, teaching, mechanism, improvement, boshlangʻich, mexanizm, takomillashtirish., oʻqitish, fan, taʼlim, integratsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники