Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
1-bosqich talabasi. Kasimov Fayzullo Muhammmedovich Ilmiy rahbar.
QOBILIYATINI RIVOJLANTIRISH · Abdiyeva Dilaferuz · Kasimov Fayzullo Muhammmedovich (Buxoro davlat pedagogika institute Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti)
Современная наука и исследования · 58-61 · 2025
Аннотация
This article examines the importance and methods of developing students’ creativity through educational games. The article analyzes ways to develop students’ creative abilities through the effective use of educational games. Keywords: Independent thinking, teamwork, logical thinking, creative approach, kahoot, prodigy, creating quizzes, fun games. Ta’limiy o’yinlar vositasida o’quvchilarda kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish – bu pedagogik jarayonning muhim jihatidir. Matematika nafaqat raqamlar bilan ishlash balki, mantiqiy va kreativlik tafakkurni rivojlantirishning muhim vositalaridan biridir. Ta’limiy o’yinlar esa bolalarning fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va muammolarni hal qilish qobiliyatlarini rivojlantirishda samarali usullardan biri hisoblanadi. Matematikadan ta’limiy o’yinlar o’quvchilarga matematik tushunchlarni yanada 720 Aprel, 2025-Yil chuqurroq o’zlashtirishga va egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni turli hayotiy vaziyatlarda qo’llashga yordam beradi. Ushbu maqolada ta’limiy o’yinlar yordamida o’quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish usullari ko’rib chiqiladi. O’yinlar orqali kreativlikni rivojlantirishda muhim jihat shundaki, o’quvchilarni faqat o’yin orqali emas, balki o’yin jarayonida o’rganganlarini haqiqiy hayotda ham qo’llashga undash zarur. Matematik o’yinlar quyidagi yo’nalishlarda o’quvchilarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishga yordam beradi. 1.Muammolarni turli usullar bilan yechish:O’yinlar turli xil yechimlarni sinab ko’rish imkoniyatini yaratadi. Misol 1: 3ta ketma-ket sonning yig’indisi 60 ga teng.Ularning eng kichigini toping? YECHISH: Noma’lum sonni n deb olsak, undan keyin ketma-ket kelgan sonlar n+1,n+2 bo’ladi. Shunda noma’lum sonni topish uchun barcha noma’lumlarni qo’shib chiqamiz. Ya’ni: n+n+1+n+2=60; 3n+3=60; n+1=20; n=19 bo’ladi. Shunda javob:19,20,21 bo’ladi. Eng kichik son 19 bo’ladi. Misolni shartga ko’ra tekshirib ko’rsak; 19+20+21=60. Demak javobimiz to’g’ri bo’ladi. 2.Mantiqiy fikrlash va algoritmik yondashuv:O’yinlar davomida qoidalarga rioya qilish va strategiya ishlab chiqish talab qilinadi. O’quvchilarga turli jumboqlar berish orqali ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantrish mumkin. Misol 2: Sonlar ketma-ketligida 2,6,12,20,30… Keyingi sonni toping. YECHISH: Sonlar qatorini tahlil qilib chiqsak, har bir navbatdan ketma-ket keluvchi 2ta natural son ko’paytmasi shaklida ifodalanadi. Ya’ni har bir son ketma-ketlikda n(n+1) formulasi bo’yicha keladi: 1x2=2, 2x3=6, 3x4=12, 4x5=20, 5x6=30, demak keyin son 6x7=42 bo’ladi. Demak javob; 42 bo’ladi. 3.Jamoaviy ish va ijodiy yondashuv: Ba’zi o’yinlar guruh bo’lib ishlashni talab qiladi, bu esa o’zaro muloqotni va ijodkorlikni rivojlantiradi. Masalan: “Matematika jumlasini tuzish” o’yini. Bu o’yinda o’quvchilar matematik ifodalarni (masalan, tenglama yoki formulalar) ni tuzishadi. O’quvchilarga kartochkalar tarqatiladi. Kartochkalarda turli matematik belgi bo’ladi (raqamlar, amallar, tenglamalar). O’quvchilar bu kartochkalarni yig’ib ulardan mantiqiy va to’g’ri ifoda yaratishga harakat qilishadi. Eng tez va to’g’ri jumlani tuzgan guruh g’olib bo’ladi. Shu orqali o’quvchilarda jamoaviy ish va ijodiy yondashuvlarni shakllantirish mumkin. 721 Aprel, 2025-Yil Masala: Bir kuni 3ta do’st – Ali, Bahrom, va Zebo – parkda o’ynayotgan edi. Ular bir- biriga turli xil mevalar berishdi. Ali bir dona olma berdi, Bahrom esa ikkita o’rik berdi. Zebo esa ularning har biriga bir dona tarvuz berdi. SAVOL: Kim qancha meva oldi? JAVOB: Ali 1 dona olma va 1tarvuz oldi. Bahrom 2 dona o’rik va 1 dona tarvuz oldi. Zebo 1 dona tarvuz oldi. Bu masala boshlang’ich sinf o’quvchilarga mantiqiy fikrlashni rivojlantirishga yordam beradi. 4.Hayotiy muammolarni yechish qobiliyati: O’yinlar orqali matematik bilimlarni kundalik hayotda qanday qo’llash mumkinligini tushunish osonlashadi. Misol 3: Jamoada 5 kishi bor. Ularning har biri boshqalar bilan bittadan qo’l berib ko’rishdi. Jami necha marta qo’l berib ko’rishish sodir bo’ldi? YECHISH: Jamoada jami 5 kishi bo’lsa, ularning biri o’zidan tashqari 4 kishi bilan qo’l berib ko’rishadi. Ikkinchi kishi esa 3 kishi bilan salomlashadi. 3-kishi 2 kishi bilan salomlashadi. 4-kishi esa 1 kishi bilan salomlashadi. Demak jami salomlashishlar soni 4+3+2+1=10 ga teng bo’ladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida yaratilgan o’yinlar o’quvchilarning matematik bilimlarini mustahkamlashda katta ahamiyatga ega. Masalan: Kahoot- matematika bo’yicha viktorinalar yaratish va javoblarni tanlash. Ushbu platforma orqali o’qituvchi birinchi navbatda ro’yxatdan o’tib har bir mavzu uchun alohida testlar bankini yaratishi mumkin. Shunda o’quvchilar ham platformadan ro’yxatdan o’tib o’qituvchi tomonidan tuzilgan testlarga qiziqarli ravishda javob topishadi. Albatta, bu kompyuter yoki telefon orqali o’ynaladigan zamonaviy o’yin. Bunda sodda ko’rinishdagi topshiriqlar bajariladi. Prodigy-o’quvchilar uchun qiziqarli matematik sarguzasht o’yini. Bu
Доказательный фрагмент
«This article examines the importance and methods of developing students’ creativity through educational games.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article examines the importance and methods of developing students’ creativity through educational games. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Independent thinking, teamwork, logical thinking, creative approach, kahoot, Mustaqil fikrlash, qiziqarli o’yinlar., prodigy, jamoaviy ish, mantiqiy fikrlash, ijodiy yondashuv, viktorinalar yaratish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025