К содержанию
РецензированоRU2025

X.Qodirova

СТОРОНЫ УЧИТЕЛЯ (TMC Instituti BTS 3-kurs talabasi)

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Данная статья называется «Стили управления учебным процессом со стороны учителя» и содержит подробное объяснение педагогического общения учителя и использования стилей управления в управлении учебным процессом. Ключевые слова: Педагогический диалог, коммуникативный, интерактивный, перцептивный, стиль управления, авторитарный, демократический, либеральный. TEACHER'S TECHNIQUES OF MANAGEMENT OF THE LEARNING PROCESS Annotation. This article is called "Teacher's Management Styles in the Educational Process" and contains a detailed explanation of the teacher's pedagogical communication and the use of management styles in managing the educational process. Key words: Pedagogical dialogue, communicative, interactive, perceptual, management style, authoritarian, democratic, liberal. Hozirgi fan va texnika jadal ravishda rivojlanayotgan, axborotlar keskin oshib borayotgan bir davrda o‘qituvchi pedagogik mahoratini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar, ilgari fanning biror sohasida ro‘y berayotgan yirik kashfiyot qariyib o‘n, o‘n besh yillik samarali va kishi zo‘rg‘a ishonadigan voqea hisoblangan bo‘lsa, hozirgi vaqtda har yili, hatto har oy ichida fan, texnika sohasida shunday yangi - yangi kashfiyotlar ro‘y bermoqdaki, bilimlarning ilgari noma’lum bo‘lgan yangi yo‘nalishlari maydonga kelmoqdaki, buning uchun har bir kasb egasi, jumladan o‘qituvchi o‘z mahorati ustida muntazam ishlash kerak bo‘ladi. Kishilarda, eng avval yoshlarda, bilimga bo‘lgan intilish beqiyos darajada o‘sib borayotir. Shuning uchun hozir o‘qituvchi faqat o‘z fani bo‘yicha emas, balki o‘z faniga yaqin bo‘lgan sohalardagi yangiliklarni bilishi ham lozim bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatining pedagogik qobiliyatlar tizimida tadqiq qilgan N.V. Kuzmina shunday yozadi: - “Ta’lim – tarbiyada ro‘y beradigan ko‘pgina kamchiliklar o‘qituvchi - tarbiyachining pedagogik qobiliyatining amaliy yo‘nalishini yaxshi bilmaslik, iste’dodning o‘qituvchida yo‘qligidir”. 21 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Pedagogik mahoratni tarbiyalashning ilmiy – nazariy asoslari yana bir rus pedagogi V.A Slastyonin tomonidan tadqiq qilingan. Kasbiy – pedagogik tayyorgarlik jarayonida o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanishi yo‘nalishidagi ilmiy maqolalarida V.A. Slastyonin pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, shunday yozadi: - “O‘qituvchi muntazam ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy qonuniyatlarini, tamoyillarini, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir. Pedagogik muloqot bu o’qituvchining o’quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari vaqtda eng qulay psixologik muhit yaratishga qaratilgan kasbiy munosabatdir. Noto’g’ri pedagogik muloqotdan o’quvchida qo’rquv, shonchsizlik paydo bo’ladi, e`tibor, diqqat, ishchanlik pasayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil fikrlash pasayadi. Pedagogik muloqot psixologik jarayon sifatida quyidagi funksiyalari bilan xarakterlanadi: -shaxsni bilish; -axborot almashinish; - faoliyatni tashkil etish; - rollar bilan almashish; - boshqalar uchun qayg’urish; o’zini tasdiqlash. Muloqotning axborot almashish funksiyasi materiallar va qadriyatlar bilan almashish jarayonini ta`minlab, hamkorlikdagi izlanish muhitini, o’quv tarbiya jarayoni uchun qulay sharoit yaratadi. Muloqot shaxsni o’zini tasdiqlash funksiyasini ham bajaradi. Pedagogning vazifasi o’quvchiga o’zining "Menligi"ni anglashga o’zining shaxsiy ahamiyatini bilishga, o’ziga baho berishga o’rgatishi kerak. O’qituvchi darsni rejalashtira turib, faqat axborot berishni emas, balki bolalarni o’z fikrlarini bildirish, o’zini tasdiqlash uchun imkoniyat ham yaratish kerak. Pedagogik muloqot bu o’qituvchi professional faolligining bir ko’rinishi bo’lib, bunda ta`lim va tarbiya vazifalari o’qituvchi hamda o’quv tarbiya jarayonining boshqa ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro ta`sir vositasi bilan hal qilinadi. Shu erda muomala haqida ham to’xtab o’tishga to’g’ri keladi. Muomala - hamkorlik faoliyatining extiyojidan vujudga kelib chiquvchi, shaxslararo muloqot rivojlanishining ko’p qirrali jarayonidir. Muomala quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topgan: 1. Kommunikativ (bir tomonlama axborot uzatish. Muomala o’z ichiga hamkorlik faoliyatining qatnashchilari bilan o’zaro axborot almashuvni qamrab olgan bo’lib, kommunikativ jabha sifatida tavsiflanishi mumkin. Odamlar bir -birlari bilan muloqotda kirishishi jarayonida muomalaning muhim vositalaridan biri tilga va nutq; faolyatiga bevosita murojaat qiladilar. 2. Interaktiv (ikki tomonlama ta`sir) - muloqotga kirishuvchilarni o’zaro ta`siri, ularning nutq faoliyatida na faqat so’z orqali fikr almashinuvi, balki hatti-harakat va xulq atvori bilan o’zaro ta`sir o’tkazishi tushuniladi. 22 “YANGI O‘ZBEKISTON

Доказательный фрагмент

«Данная статья называется «Стили управления учебным процессом со стороны учителя» и содержит подробное объяснение педагогического общения учителя и использования стилей управления в управлении учебным процессом.»

Образец извлечения

Демо-превью

Данная статья называется «Стили управления учебным процессом со стороны учителя» и содержит подробное объяснение педагогического общения учителя и использования стилей управления в управлении учебным процессом. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Pedagogical dialogue, communicative, interactive, perceptual, kommunikativ, interaktiv, demokratik, perseptiv, Pedagogik muloqat, liberal., avtoritar, boshqaruv uslubi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники