Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BADIIY ASARDA QO‘LLANILGAN DIALEKTIZMLARNING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI (“QOYALAR HAM YIG‘LAYDI” ASARI MISOLIDA) Iroda Xidirova Mehriniso Jo‘rayeva Termiz davlat universiteti
Iroda Xidirova · Mehriniso Jo‘rayeva
Современная наука и исследования · 2 · 492-496 · 2023
Аннотация
In this article, the words related to the dialect used in the text of Normurod Norqabilov's work "Rocks also cry" are discussed in detail. it is revealed that he is giving. Key words: dialectisms, lexical dialecticism, ethnographic dialecticism, grammatical dialecticism, dialect. ЛЕКСИКО-СЕМАНТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДИАЛЕКТИЗМОВ, ИСПОЛЬЗОВАННЫХ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ПРОИЗВЕДЕНИИ (НА ПРИМЕРЕ ПРОИЗВЕДЕНИЯ «СКАЛЫ ТОЖЕ ПЛАЧУТ») Аннотация. В данной статье подробно рассматриваются слова, относящиеся к диалекту, использованному в тексте произведения Нормурода Норкабилова «И скалы тоже плачут», выявляется, что он не дает никаких тонкостей. Ключевые слова: диалектизмы, лексический диалектизм, этнографический диалектизм, грамматический диалектизм, диалектизм. O‘zbek tili ko‘p dialektli til hisoblanadi. Bu uning murakkab taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tganligi, bugungi o‘zbek millati o‘tmishda xilma-xil etnik tarkibga ega ekanligi bilan belgilanadi. O‘zbek milliy tilini tashkil etuvchi turli-tuman shevalarni uch lahjaga birlashtirish mumkin. Bular: 1) qarluq-chigil-uyg‘ur lahjasi; 2) qipchoq lahjasi; 3) o‘g‘uz lahjasi [2.12]. Y.D. Polivanov o‘zbek tilining ko‘p dialektli ekanligini nazarda tutib: “O‘zbek milliy tili (o‘zbek lahjalarining bir butunligi, yaxlitligi sifatida) yagona tizimning, aslida hech qachon amalda bo‘lmagan o‘zbek bobo tilining dialektologik parchalanish yo‘li bilan emas, balki farqlanuvchi til tizimlarining birlashuvi yo‘li bilan paydo bo‘lgan” – degan edi. Badiiy asarlarda qo‘llaniladigan dialektizmlar haqida fikr yuritadigan bo‘lsak, yozuvchilar o‘z qahramonlarini o‘zlari yashaydigan hudud va muhitdan ayirmagan holda, hayotdagidek ishonarli va jonli tasvirlash ehtiyojidan kelib chiqib shevaga xos so‘zlarni ishlatadilar. Sheva so‘zlari mahalliy kolorit, hududiy mansublikni o‘zida aks ettirish bilan birga “badiiy nutqda” muayyan estetik funksiya bajaradi. Biroq dialektizmlarning estetik qiymat kasb etishi ularning badiiy nutqdagi me’yori, qanday ishlatilishi va ayni paytda qanday dilektizmlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liqdir [3.24]. 1 42 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2023 VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Tilshunoslikka oid adabiyotlarda shevaga xos birliklarning fonetik, leksik va grammatik dialektizmlar sifatida tasnif qilganligini kuzatish mumkin. Fonetik dialektizmlar asosan, tovushlarni o‘zgartirib qo‘llash, tovush orttirilishi, tovush tushishi va tovushlarni qavatlab qo‘llash ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi. Leksik dialektizmlar ham o‘z navbatida ichki guruhlarga bo‘lib o‘rganiladi: sof leksik dialektizmlar, etnografik dialektizmlar va semantik dialektizmlar. Muayyan sheva tarqalgan hududda yashovchi kishilarning o‘zlariga xos bo‘lgan urf-odatlarining nomlari etnografik dialektizmlar deb yuritiladi. Bunday so‘zlar tasvirning realligini ta’minlaydi [4.62]. Asarda leksik dialektizmlardan keng foydalanilgan bo‘lib, ular asarning badiiy qimmatini oshirgan va Surxondaryo shevasini chiroyli tarzda ochib berolgan. Ular quyidagilar: mo‘y (tuk, yung), jo‘ra (o‘rtoq), ot (ism, nom), adoq (quyi tomon), qavat (yon), oshna (o‘rtoq, do‘st) kabi otlar; o‘ngarmoq (yelkaga yoki ulov ustiga ko‘ndalang qo‘ymoq, olmoq), o‘rlamoq (chiqmoq), to‘nglamoq (xafa bo‘lmoq, norozi bo‘lmoq), uloqmoq (uzoqlashib ketmoq), qayishmoq (yordam bermoq) kabi fe’l so‘z turkumiga oid so‘zlar. Masalan: Tong azonda hovlidan to‘rt it bilan chiqib ketgan Ernazar polvon kechki peshinga yaqin Ko‘ktoyning chalao‘lik jasadini otga o‘ngarib qaytdi. Adabiy tilga kirmagan, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ga kiritilmagan dialektizm sof leksik dialektizmlar bo‘lib, asardan quyidagi so‘zlarni misol qilib olishimiz mumkin: ijikilashmoq (tortishmoq), emasam (bo‘lmasa), im qoqmoq (nazar tashlamoq), ul (o‘g‘il) (5), o‘tirik (yolg‘on) (3), iydi (uyg‘ondi), itqitmoq (irg‘itmoq), burnog‘i (o‘tgan yili), simanglamoq (tentiramoq, sanqib yurmoq), ulapa (ulush), chot (ikki son orasi), burungi (avvalgi), domangir bo‘lmoq (xafa bo‘lmoq), qur tikmoq (o‘tirmoq), emasam (bo‘lmasa), burnog‘i (o‘tgan yili), gurungi (suhbati), Masalan: Birovning ulapasi yengingga yamoq bo‘larmidi? Mendan bekorga domangir bo‘layapsiz. Biror so‘z adabiy tilda ham, shevada ham mavjud bo‘lib, shevada adabiy tilda bo‘lmagan ma’nosi bilan qo‘llana oladigan so‘zlar semantik dialektizmlar deb yuritiladi [5.62]. Ammo ushbu asarda semantik dialektimzlar uchramaydi. Grammatik dialektizmlarning ham morfologik va sintaktik deb ataluvchi ichki guruhlari mavjudligini qayd etish mumkin [4.63; 5.63]. Ushbu asarda grammatik (sintaktik) dialektizmlardan tushum kelishigi -ni qo‘shimchasining -di shakliga duch kelamiz: uldi, Karimboydi kabi. Masalan: Bu Karimboydi ulidan yiqilibsan deb eshitdim. Asarda fonetik dialektizmlar anchagina salmoqli o‘rin egallaydi. Masalan: ob-toba (obtova), tov (tog‘), ayuv (ayiq), bovo (bobo) (2), ena (ona) kabi otlar; achuv (achchiq) (4), zaril (zarur) kabi sifat; senam (sen ham), qaydan (qayerdan) kabi olmoshlar; buytib (b
Доказательный фрагмент
«In this article, the words related to the dialect used in the text of Normurod Norqabilov's work "Rocks also cry" are discussed in detail.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the words related to the dialect used in the text of Normurod Norqabilov's work "Rocks also cry" are discussed in detail. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- dialectisms, lexical dialecticism, ethnographic dialecticism, grammatical, lahja, dialektizmlar, grammatical dialecticism, диалектизмы, dialect, leksik dialektizm, этнографический диалектизм, грамматический диалектизм, etnografik dialektizm, grammatik dialektizm, диалектизм, лексический диалектизм
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026