Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI” FANI MISOLIDA TALABALARDA IJODIY FAOLLIKNI SHAKLLANTIRISH Raxmatullayeva Havasxon Qo‘qon Universiteti “Ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Tel raqami: +998911419300
Raxmatullayeva Havasxon
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article explores the development of students' creative activity through the methodology of teaching labor education in primary school. The concept of creative activity, its importance, and effective methods and technologies for fostering this quality in students are analyzed. The educational and formative potential of the subject "labor education" is discussed, along with its role in the professional training of future teachers. Special attention is paid to project-based learning, the STEAM approach, ICT tools, and interactive teaching methods. The article concludes with practical recommendations for developing students’ creative thinking and innovative skills. Keywords: labor education, creative activity, primary education, methodology, pedagogical technologies, project, STEAM, student engagement. Zamonaviy ta’lim tizimi o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilmoqda. Bu esa pedagogik faoliyatga yangicha qarash, innovatsion metod va texnologiyalarni qo‘llash zaruratini tug‘diradi. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda o‘qitiladigan Texnologiya fani o‘quvchilarning ijodkorlik, estetik did, mehnatsevarlik va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Mazkur maqolada pedagogika yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarni Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi orqali ijodiy faol shaxs sifatida shakllantirishning nazariy va amaliy asoslari yoritiladi. Talabalarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining imkoniyatlaridan foydalanish orqali ularning ijodiy salohiyatini ochish, yangicha fikrlashga yo‘naltirish va innovatsion yondashuvlarni o‘rgatish muhim vazifalardan biridir. Mehnat ta’limi insoniyat taraqqiyotining ajralmas qismi bo‘lib, u jamiyatda shaxsning har tomonlama shakllanishida muhim rol o‘ynaydi. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichida bu fan o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, ularni mehnatga hurmat ruhida tarbiyalash va estetik didini rivojlantirishda asosiy vosita hisoblanadi. 36 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Texnologiya fani yordamida o‘quvchilar tashqi dunyoni amaliy faoliyat orqali anglaydi, o‘z fikrini moddiy buyum orqali ifodalashga o‘rganib, har xil materiallar bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘ladi. Guruhda ishlash, fikr almashish, yordam ko‘rsatish kabi ijtimoiy ko‘nikmalarni egallaydi. Bundan tashqari, Texnologiya darslari o‘quvchilarda qiziqish va ijodiy yondashuvni shakllantirish, estetik tarbiyani yo‘lga qo‘yish, kasb tanlashga tayyorlash, ekologik tarbiya berish imkonini ham beradi. Shunday ekan, bu fan orqali nafaqat amaliy mashg‘ulotlar o‘rgatiladi, balki shaxsiy fazilatlar, jamiyatga foydali bo‘lish hissi ham shakllantiriladi. Ijodiy faollik — bu shaxsning yangi g‘oyalarni ilgari surishga, muammolarga yangicha yondashishga, mavjud bilimlar asosida yangi mahsulot yaratishga bo‘lgan ichki intilishi va harakatidir. Talaba uchun ijodiy faollik uning nafaqat bilim darajasi, balki kasbiy shakllanishida ham asosiy rol o‘ynaydi. Ijodiy faol talaba mustaqil fikrlash, muammoni tahlil qila olish, yangi yechimlarni taklif eta olish, ishni boshqacha usulda bajarishga harakat qilish, shaxsiy tashabbus ko‘rsatish, qisqa vaqt ichida samarali qaror chiqarish kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ijodiy faollikni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichida erkin fikr bildirishga imkon yaratish, har bir g‘oyaga hurmat bilan yondashish, rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, amaliy faoliyatga keng o‘rin berish, tajriba, sinov, tahlil, xulosa chiqarish jarayonlarini tashkil etish kabi shart-sharoitlar yaratilishi zarur. Aynan texnologiya fanining metodikasi fani orqali talabalar o‘qituvchilik faoliyatiga ijodiy yondashishni, har bir darsni noyob va samarali qilishni o‘rganadilar. Bu ularning kelajakdagi pedagogik faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi. Texnologiya fanini o‘qitish metodikasi – bu boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limini samarali tashkil etish, mazmun va shakllarini tanlash, o‘quvchilarda mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish usullarini o‘rgatuvchi fan hisoblanadi. Ushbu fan pedagogika yo‘nalishidagi talabalarni nazariy va amaliy jihatdan tayyorlashda asosiy o‘rinni egallaydi. Bugungi kunda ta’lim tizimida yuz berayotgan yangilanishlar, o‘quvchilarning individual rivojlanishini ta’minlash, ularning mustaqil va ijodiy fikrlashini shakllantirishga qaratilgan. Ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanini o‘qitish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash orqali talabalar va bo‘lajak o‘qituvchilarda ijodiy faollikni rivojlantirish muhim vazifalardan biridir. Bu texnologiyalar faqatgina bilim berishga emas, balki o‘quvchi va talabaning shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qiladi. Interaktiv metodlar – bu o‘qituvchi va talaba o‘rtasidagi faol muloqotga
Доказательный фрагмент
«This article explores the development of students' creative activity through the methodology of teaching labor education in primary school.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article explores the development of students' creative activity through the methodology of teaching labor education in primary school. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- labor education, creative activity, primary education, methodology, pedagogik texnologiya, metodika, talabalar faoliyati., STEAM, ijodiy faollik, loyiha, boshlang‘ich ta’lim, mehnat ta’limi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014