Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
“Issiq va sovuq suvning muzlash tezligini solishtirish va ta’sir etuvchi omillarni aniqlash” mavzusida oʻquv-tadqiqot ishlarini tashkil etish
Мехриддин Кучкаров (Ташкентский государственный педагогический университет имени Низами)
Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 6 · 37665-1 · 2021
Аннотация
Mazkur maqolada kimyo fanini oʻqitishda oʻquv tadqiqotlaridan samarali foydalanishning oʻrni borasida fikr yuritilgan. Unda hammaga qiziqarli boʻlgan issiq va sovuq suvning muzlash tezligini solishtirishga asoslangan tadqiqot tahliliga urgʻu berilgan. Bunday yondshuv ta’lim oluvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirishga hamda ijodiy qobiliaytlarini rivojlantirishga yordam berishi asoslangan. 41 Kalit soʻzlar: oʻquv tadqiqoti, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kriativ fikrlash, ijodiy fikrlash, Mpemba effekti, vodorod bog’lar, kristall panjara, energiya zahiralash, optimal gipoteza, faoliyat modeli. Oʻquv-tadqiqotlarida ishtirok etish orqali oʻquvchilar kimyoviy bilim, koʻnikma, faoliyatni oʻrganadi, chunki ular bu faoliyatni bevosita oʻzlari amalga oshiradi. Oʻquv-tadqiqotlari oʻquvchilarning faol aqliy faoliyati uchun oʻziga xos platforma yaratadi. Bunda nafaqat oʻquvchilarning mehnati, balki ularni oʻzlashtirish yoʻllari ham muhim ahamiyatga ega. Kimyo fanini o`qitish metodi sifatida o`quv tadqiqotlari nafaqat o`quvchilar tafakkurini shakllantiradi va rivojlantiradi, balki tafakkurning yuqori turi - ijodiy fikrlashni shakllantirishga yordam beradi, ularsiz ijodiy faoliyatni tasavvur qilib bo`lmaydi [9, 10]. Oʻquvchilarning oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyati deganda, asosan, ilmiy bilish usullarini mustaqil qoʻllagan holda amaliy va nazariy bilimlarni egallashga qaratilgan oʻquv faoliyati tushuniladi, bu oʻquvchilarda ijodiy tadqiqot koʻnikmalarini rivojlantirish sharti va vositasidir. Oʻquv-tadqiqot faoliyatining tarkibi quyidagi tarkibiy qismlar bilan belgilanadi: oʻquv-tadqiqot vazifasi, oʻquv-tadqiqot faoliyati hamda operatsiyalari, nazorat va baholash harakatlari. Oʻquv- tadqiqot faoliyatining mazmuni - bu amaliy va nazariy muammolarni hal qilishga qaratilgan tadqiqot faoliyatini amalga oshirishdan iborat [2, 4, 5]. Maktab oʻquvchilarini oʻquv-tadqiqotlariga jalb qilish ikki yoʻnalishda - mazmunan va tashkiliy jihatdan amalga oshirilishi mumkin. Mazmunli mustaqillik shundan dalolat beradiki, oʻquvchi tashqaridan yordamisiz oʻz oldiga oʻquv vazifasini qoʻya oladi va uni hal qilish jarayonini tasavvur qila oladi. Tashkiliy mustaqillik oʻquvchining oʻz ishini tashkil etish qobiliyatida namoyon boʻladi. Shunday qilib, oʻqituvchi oldida oʻquvchilarning ta'lim faoliyatining samarali shakllari va usullarini topish muammosi turibdi, bu ularni nafaqat tadqiqot ishlariga jalb qilish, balki ushbu faoliyatni oʻzlashtirishga ham hissa qoʻshishi mumkin [6, 8]. Maktab oʻquvchilarining bilish faoliyatini shunday tashkil etish kerakki, ular oʻquv-tadqiqot faoliyati tartibini, fanga doir mos mavzu mazmuni bilan birga oʻzlashtirishlari lozim. 1.1. Muammoni shakllantirish uchun ma’lumotlar: 1963 yil Tanzaniyalik maktab oʻquvchisi Erasto Mpemba doʻstlaridan tezroq muzqaymoq tayyorlash uchun qaynab turgan sutdan foydalanib uni muzxonaga qoʻyib, haqiqatdan ham sovitib qoʻyganlardan tezroq muzlatishga muvaffaq boʻldi. U issiq suvni sovuq suvga nisbatan tez muzlashini sezib qoldi, lekin buning sababi haqida hech kimdan javob ololmadi. Bu hodisa hozirgacha Mpemba effekti deb ataladi. Buyuk Britaniyaning Qirollik kimyo jamiyati 2012 yilda Mpemba effekti sirini hal qilish uchun tanlov oʻtkazdi. Tanlovga 22 mingdan ortiq ariza topshirildi, ammo bu tanlovda hodisaga asosli izoh berilmadi [1]. Bu hodisani boshqacha koʻrinishda ham kuzatish mumkin. Agar havo sovuq boʻlgan paytda biror idishdagi sovuq suvni sepib yuborilsa, suv mayda tomchilar shaklida sochilib yerga tushadi. Agarda, shunday havoda qaynoq suv sepilsa, suv qor zarrachalariga aylanadi. Suv bugʻining tez muzlashi natijasida doʻl parchalarining hosil boʻlishida, ayniqsa, sovuq boʻlmagan vaqtlarda, yoki koʻp miqdorda issiqlik ajratadigan chaqmoq chaqqan paytlarda doʻl yogʻishida, sovuq kunda metallga til tekkizilganda, sovuq metall va issiq til orasida muz hosil boʻlishi natijasida tilning yopishib qolishida ham mazkur effektning ta’siri bor deb hisoblanadi. 42 Sovuq havoda qaynoq suvning sepilishi Issiq suvni muzlashi Doʻl hosil boʻlishi Sovuqda tilni metallga yopishib qolishi 1-rasm. Mpemba effekti oqibatlari 1.1. Muammoni shakllantirish. Muzxonaga bir xil vaqtda sovuq va issiq suv solingan bir xil idishlar qoʻyilsa issiq suv tezroq muz holatiga oʻtganligini kuzatish mumkin (sovuq havoda qaynoq suv sepilganda ham). Issiq suvni tezroq muzlashi sabablarini aniqlash. Bu hodisani oʻrganish suvning sanoat, maishiy xizmat, ilm-fan, tabiat muvozanatini saqlash, turli inson ehtiyojlari yoʻnalishlarida foydalanilishi bilan bogʻliq holatda katta ahamiyat kasb etadi. 1.2. Tadqiqot obyekti issiq suvni sovuq suvga nisbatan tezroq muzlashi va uning sabablarini tadqiq etish jarayoni. 1.3. Tadqiqot predmetini issiq suvni sovuq suvga nisbatan tezroq muzlashi va uning sabablarini tadqiq etish mazmuni, shakl, metod va vositalari tashkil etadi. 1.4. Vazifalarni belgilab olish. Tadqiqot vazifalar: issiq va sovuq suvning muzlash tezligini nazariy va eksperimental yoʻl bilan aniqlash; suv isiti
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada kimyo fanini oʻqitishda oʻquv tadqiqotlaridan samarali foydalanishning oʻrni borasida fikr yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada kimyo fanini oʻqitishda oʻquv tadqiqotlaridan samarali foydalanishning oʻrni borasida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kristall panjara, oʻquv tadqiqoti, energy transformation, Исследование обучения, natural-scientific experimentation, Mpemba effekti, energiya zahiralash, hydrogen bonds, оптимальная гипотеза, модель деятельности., творческое мышление, vodorod bog’lar, эффект Мпембы, Mpemba effect, энергетический обмен, водородные связи, crystal lattice, естественно-научное исследование, кристаллическая решетка, innovative thinking, креативное мышление, Study research, tabiiy-ilmiy savodxonlik, kriativ fikrlash, optimal hypothesis, activity model., ijodiy fikrlash, creative thinking, optimal gipoteza, faoliyat modeli
Смежные источники
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026