Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ILK O’RTA ASRLARGA OID MUG’ ARXIVINING TOPILISHI VA O’RGANILISHI Muyiddinov Bekali Buxoro viloyati Osiyo xalqaro universiteti Tarix fani o’qituvchisi.
Muyiddinov Bekali
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In this article, the discovery of one of the earliest archival documents found in the territory of our country in the early Middle Ages, The Mug archive, has given broader views on the documents contained in it. Key words: Sugd, Central Asia, Mug, A.A. Freiman, I.Yu. Krachkovky, O.I. Smirnova, M.M. Ishakov, soil, Samarkand, Khwarezm, farm, document, Arabs, paper. O’lkamiz madaniyati tarixida muhim rol o’ynagan sug’d yozuvi mil. av. III-II asrlarda shakllangan. Buyuk Ipak yo’li va uning shaxobchalari bo’ylab sug’d tili va yozuvi ham keng tarqala borgan. Ettisuv, Xo’tan, Mo’g’iliston hududlarida sug’d yozuvlarining topilishi buning isbotidir. Sug’diylar uch turdagi: bevosita sug’d, manixey va suriya yozuvlaridan foydalanganlar. Sug’d yozuvi orqali bizgacha eramizning boshlaridan to X-XI asrlarga qadar yozilgan ko’plab noyob yodgorliklar yetib kelgan. Ular orasida ko’plab numizmatik materiallar (tanga yozuvlari), metall, sopol, yog’och, charm, qog’oz va boshqa buyumlarga bitilgan tekstlar, shaxsiy maktublar, diniy, axloqiy-falsafiy tekstlarning parchalari, xo’jalik, huquqiy va diplomatik hujjatlar bor. Ana shunday yodgorliklarning katta guruhi 1932-1933 yillarda Tojikistonning Panjikent shahri yaqinidagi Mug’ tog’i tepasidagi qadimgi qasr xarobasidan topilgan sug’d hujjatlaridir. 608 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Oradan 87 yil vaqt o’tishiga qaramay bu hujjatlar hali hanuz o’zining lingvistik, matnnavislik va tarixiy ahamiyatini yo’qotgan emas. Qolaversa, keyinchalik “Mug’ arxivi hujjatlari” deb atalgan bu manbaning topilishi VII asr oxiri – VIII asr birinchi choragi Markaziy Osiyo mintaqasida ro’y bergan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va etnomadaniy jarayonlar masalasiga bir qadar oydinlik kiritdi. Yillar davomida o’rganilib kelinayotgan mazkur arxiv hujjatlari sobiq sovet va hozirgi o’zbek sug’dshunosligi taraqqiyoti uchun muhim rol o’ynadi. Xususan, XX asr ikkinchi choragidan boshlab sobiq Ittifoqda sug’dshunoslikning fan sohasi sifatida rivojlanishida Mug’ arxivi hujjatlarini katta o’rni bor. E’tirof etish kerakki, sovet davri tadqiqotchilari hujjatlarni o’rganish ishiga salmoqli ulush qo’shdilar. Dastlab hujjatlar ekspeditsiya rahbari A.A. Freyman tomonidan moddiy ashyo sifatida izchil o’rganildi. Aniqlanishicha, bu hujjatlar teri, qog’oz va yog’och parchalariga yozilgan bo’lib, shaxsiy va diplomatik xatlar, bitimlar, taqvimlar, xo’jalik va hisob qaytlaridan iborat bo’lgan. Ulardan ikkitasi arabcha, uchtasi xitoycha va bittasi runiy yozuvida bitilgan. Qolganlari esa sug’diy til va yozuvida bo’lib, barcha hujjatlar Sug’d konfederatsiyasining Panch viloyati va uning markazi Panjikent shahri hokimi Devashtich saroyida saqlangan, ya’ni saroy devonxonasining arxivi hisoblangan. A.A. Freyman o’z ekspeditsiyasi aniqlagan 74 ta hujjatning barchasini tavsifladi, yirik va ahamiyatlilarini esa tarjima qilib, ularning ayrimlariga sharhlar berdi. Avvaliga, ya’ni 1934 yildan “Согдийский сборник” da nashr etila boshlangan ma’lumotlar, so’ngra 1962- yilda yaxlit to’plam holida nashrdan chiqdi. Ayni vaqtda arabshunos mutaxassis I.Yu. Krachkovkiy Mug’ arxividagi ayrim arab tilli hujjatlarning tarjimasini va talqinini e’lon qildi. Mug’ arxivi hujjatlarining katta kompleksi – yuridik hujjatlar va maktublar yirik sug’dshunos olim V.A. Livshits tomonidan ilmiy jihatdan chuqur o’rganilib, lingvistik va tarixiy izohlari bilan nashr etildi. Mazkur nashrda ilk o’rta asrlarda nafaqat Sug’dda, balki Markaziy Osiyo mintaqasida kechgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, madaniy va mafkuraviy jarayonlar chuqur tahlil etildi. Xususan, hujjatlarda aks etgan voqealar markazi bo’lgan Panch viloyati va Panjikent shahrining arab istilosi chog’idagi holati misolida butun mintaqadagi jarayonlar tizimini ko’rsatib berishga harakat qilindi. Ayrim yevrotsentrizm qarashlaridan farqli ravishda istiloga qarshi kurashdagi turk-sug’d ittifoqi masalasiga xolis yondashildi. Mug’ arxivi hujjatlarini o’rganish borasida O.I. Smirnovaning munosib o’rni bor. U 1962- yilda eronshunos olim M.N. Bogolyubov bilan hamkorlikda Mug’ arxividan aynan xo’jalik mazmunidagi hujjatlarni ajratib olib, ularni tahlil etdi va nashrdan chiqardi. Bundan tashqari O. I. Smirnova Mug’ arxivida keltirilgan ilk o’rta asrlardagi Sug’dning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixini tadqiq etish bilan birga Sug’d numizmatikasini ham izchil o’rgandi. Manba va numizmatik materiallarni qiyosiy o’rganib, ular o’zaro to’ldirildi. 609 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Bu kabi tadqiqotlar natijasida ilk o’rta asrlarda mintaqamizda ro’y bergan tarixiy jarayonlar ancha oydinlashdi. O’zbekistonda Mug’ arxivini o’rganish jarayoni V.A. Livshitsning izdoshi M.M. Ishoqov nomi bilan bog’liq. Tadqiqotchi sug’diy tili va mintaqada yozuv madaniyati tarixi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib bordi. Bu borada Mug’ arxivi hujjatlaridan ham samarali foydalanildi. Sug’dshunoslik, avestoshunoslik va xorazmshunoslik sohalarining aynan O’zbekistonda rivoj topishi uchu
Доказательный фрагмент
«In this article, the discovery of one of the earliest archival documents found in the territory of our country in the early Middle Ages, The Mug archive, has given broader views on the documents contained in it.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the discovery of one of the earliest archival documents found in the territory of our country in the early Middle Ages, The Mug archive, has given broader views on the documents contained in it. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Sugd, Central Asia, Mug, A.A. Freiman, I.Yu. Krachkovky, O.I. Smirnova, A.A. Freyman, Samarqand, I.Yu. Krachkovkiy, Sug’d, M.M. Ishoqov, arablar, xo’jalik, Tuproqqal’a, Mug’, Markaziy Osiyo, hujjat, qog’oz., Xorazm
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014