К содержанию
РецензированоUZ2021

Lalmikor tuproqlar va ulardan samarali foydalanish

Hayitaliyeva Madina Xudoyor qizi (6. Бешко Н.Ю. Флора Нуратинского заповедника: дисс.канд.биол.наук. Ташкент, 1999.)

Новый Узбекистан: наука, образование и инновации · 2021

Аннотация

Ushbu maqolada , lalmi tuproqlardan samarali foydalanish ,ularni unumdorligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Lalmi tuproqlar unumdorligini oshirishda dukkakli ekinlar yordamida yaxshilash bo’yicha tavsiyalar ko’rsatib o’tilgan. Kalit sozlar: Lalmikor tuproqlar, fizik-mexanik xossalar, suv-fizik xossalar, unumdorlik, mineral va organik o’g’itlar. Markaziy Osiyoning lalmikor mintaqalarida tarqalgan tuproqlarni o’rganish to’g’risidagi ma’lumotlar, XIX asrning 50-60 yillarida boshlangan. Respublikamizda keng tarqalgan lalmikor tuproqlarning xossa-xususiyatlari, unumdorligini belgilovchi asosiy ko’rsatgich, ya’ni gumus miqdorini saqlash va oshirish bo’yicha ko’plab olimlar A.M Rasulov, M.B Baxodirov, G.A. Lavranov, X.M. Maxsudov, M.Yu. Yunusov, I. Boboxo’jayev, P.Uzoqov, P.I.Fedotov va boshqalar turli yillarda tadqiqotlar olib borganlar [5]. Hozirgi kunda O’zbekiston lalmi mintaqasi tuproqlarining xossa va xususiyatlarini mukammal o’rganish, ularni unumdorligini saqlash va oshirish hozirgi kungi dolzarb muammolardan biridir. So’nggi yillarda tog’oldi lalmi tuproqlarning namlik bilan ta’minlanganligi, gumus va boshqa organik moddalarga kambag’alligi hamda mikrobiologik faolligi past ekanligi aniqlangan. Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, lalmi och tusli bo’z va tipik bo’z tuproqlarning biogenligi yuqori ekanligi aniqlandi. O’zbekiston lalmi mintaqasi tuproqlarining agrokimyoviy va agrofizikaviy xossa va xususiyatlarini mukammal o’rganish, ularni unumdorligini saqlash, hosildorligini oshirish va himoyalash muammolarini bir qator olimlarimiz L.A G’afurova ,I.T Turopov , P.K. Qo’ziyev, M.M.Toshqo’ziyev, N.I SHadiyeva, A.Adilov, A.J. Ismanov, G.Mirhaydarova, N.Yu. Abdurahmonov, X.Yusupov, S.Rustamov va bosqalar tatqiq etishgan [1]. BMT ma’lumoti bo’yicha keyingi 100 yillikda sodir bo’layotgan iqlim o’zgarishlari, qurg’oqchilik, sahrolanish jarayonlari natijasida tuproq qatlami salbiy kuchlar bosimida qolayotganini, dunyoning 110 dan ortiq mamlakatlarida tuproqlar tanazzulga uchrab unumdorligi yo’qotilayotganligi qayd etilgan. Tuproqda to’planadigan gumus miqdori, bir qator omillar va sharoitlarga bog’liq bo’ladi, biomassa miqdori va sifati, kimyoviy tarkib, muhit, suv-havo, issiqlik rejimi hamda fizik-mexanik xususiyatlari bilan bog’liq bo’ladi. Gumus tuproq unumdorligi, g’ovakligi, donadorligi, namligi va havo rejimini yaxshilaydi [2]. Murakkab kimyoviy tarkibida azot saqlovchi yuqori molekular moddalar majmuasi bu- tuproq gumusidir. So’nngi 15-20 yilda ko’chma chorvachilikda yaylovlardan me’yorda foydalanmaslik, yirik va mayda shohli chorva mollarini ang’izda ortiqcha boqish va antropogen ta’sirlar natijasida ozuqa hajmining yo’qolishi-depressiyasi sodir bo’ldi. Yaylovlar depressiyasi asosan Jizzax, Samarqand , Navoiy, Buxoro viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasi hududlarida kuzatilmoqda G .A. Lavronov ma’lumotlariga ko’ra, lalmikor maydonlarda gumus miqdori qo’riq yerlarda 2,5 foiz atrifida bo’lgan bo’lsa yangidan o’zlashtirilgandan so’ng uch yil o’tgach, bu ko’rsatgich 1,49 foizni tashkil etishi, tuproqqa har yili ishlov berilishi natijasida suv va shamol eroziyasining kuchayishi hamda o’simliklar o’zlashtira oladigan oziqa moddalarning kamayib borishi tendensiyasi kuzatilgan [2,3]. M .M Toshqo’ziyev, N.I Shadiyevalar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Turkiston tog’ tizmasining tog’ va tog’ oldi xududlarida 1000 dan ortiq o’simlik turlari uchrashi qayd etilgan, Jizzax viloyatida tarqalgan lalmi jigarrang tuproqlarining gumus miqdori 1,58-1,49%, 25 to’q tusli bo’z tuproqlarda 1,33-1,86%, jigarrang tuproqlarda esa 2.41-3,04% ni tashkil etishi aniqlangan[4]. Lalmikor mintaqalar 5 ta yirik geografik okrugga bo’linadi. O’rta Sirdaryo, Zarafshon ,Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg’ona. Har bir geografik okrugda rel’ef bog’liq ravishda vertikal tuproq-iqlim mintaqalari bo’yicha quyidagicha joylashgan: Tekislik, tekislik qir-adirlik, tog’ oldi va tog’li mintaqa. Ushbu mintaqalar bir-biridan dengiz sathidan ko’tarilgan sayin nisbiy namlikning yuqori bo’lishi, havo haroratining pasayishi, sovuqsiz kunlar sonining qisqarib borishi, tuproq va o’simlik qoplamining o’zgarishi, tuproq unumdorligining oshib borishi va o’simliklar qoplamining ko’proq bo’lishi bilan farq qiladi [3]. Tuproqdagi oziq moddalar zaxirasi mineral va organik o’g’itlar solish bilan boshqarilib turiladi. Tuproq gumus va organik moddalarga boy bo’lsa, unumdor yerlardan yaxshi hosil olinadi. Tuproq unumdorligini saqlash uchun tuproqqa eroziyaga yo’l qo’ymaydigan usullarda ishlov beriladi, dala ihota o’rmonzorlari barpo qilinadi, daryo va kanallar qirg’oqi mustahkamlanadi [7]. Foydalanilgan adabiyotlar : 1. Bahodirov M, Rasulov A. Tuproqshunoslik. Darslik. O’qituvchi. 1975-b 327-336. 2. Lavronov G.A. Основные итоги научно-исследовательской работы отдела агротехники // 50 лет научно-исследовательской работы по богарному земледелию. -Ташкент, 1965. – С.16-30. 3. Lavronov G.A. Пшеница в Узбекистане. Тошкент, изд-во «Узбекистан». 1969. –С. 178- 1

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada , lalmi tuproqlardan samarali foydalanish ,ularni unumdorligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada , lalmi tuproqlardan samarali foydalanish ,ularni unumdorligini oshirish haqida ma’lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fizik-mexanik xossalar, physical-mechanical properties, water-physical properties, suv-fizik xossalar, unumdorlik, mineral and organic substances, Красные почвы, физико-механические свойства, mineral va organik o’g’itlar, Lalmikor tuproqlar, Red soils, fertility, плодородие, гидрофизические свойства, минеральные и органические вещества.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники