К содержанию
РецензированоUZ2025

SAROY MULK XONIM (BIBIXONIM) Xayrullayev Umidjon Osiyo xalqaro universiteti Tarix va filologiya kafedrasi o’qituvchi Hamroyeva Sevinch Obid qizi 1-T-24 guruh talabasi

Xayrullayev Umidjon · Hamroyeva Sevinch Obid qizi

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

Temuriylar davri o’zbek davlatchiligida o’zining salmoqli hissasini qo’shgan. Temuriylar davlatining asoschisi hisoblangan Amir Temur Amir Husayn ustidan Mutlaq g’alabaga erishganidan so’ng Amir Husayn xaramidagi malikalardan biri Saroy Mulki xonimga uylanadi. Saroy Mulki xonim Amir Temurning eng suyukli rafiqasi bo’lib bir qancha xayrli tadbirlarni amalga oshirgan. Kalit so’zlar: Ko’ragon, idda, Saroy Mulk xonim, Dilkusho, Klavixo, Genrix III. Saroy Mulk xonim chig‘atoy ulusiga mansub mo‘g‘ul xonlaridan Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tug‘ilgan. Qozonxon taxtdan azl etilib, qatl qilingan chog‘da Saroy Mulk xonim hali besh yoshda edi. Saroy Mulk xonim balog‘atga yetgach, 1355 yilda Movarounnahr hukmdori amir Qozog‘onning nabirasi amir Husayn uni nikohiga kiritdi. 1370 yilda sohibqiron Amir Temur jangda amir Husaynni yengib, uni qatl qildirgach, Movarounnahr hukmronligini o‘z qo‘liga oladi. Tabiiyki, amir Husaynning bir necha xotinlari bo‘lib, haramning ulug‘ bekasi — Tarmashirinxonning qizi Suyunch Qutlug‘ Og‘o edi. Sohibqiron Amir Temur maqtulning haramidagi malikalar orasidan Qozonxonning qizi—Saroy Mulk xonimni, Bayon Sulduzning qizi — Ulus Og‘oni, Xizr Yasuriyning qizi—Islom Og‘oni hamda Tag‘oy Turkon Xotunni tanlab olib, idda muddati uch oy o‘tgach, o‘z nikohiga kiritadi. Sohibqiron Amir Temur Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgach, «ko‘ragon» unvoniga musharraf bo‘ldi. Ko‘ragon iborasi mo‘g‘ulcha so‘z bo‘lib, «kuyov» degan ma’noni ifodalaydi. Zero, Saroy Mulk xonim mo‘g‘ul xonlaridan birining qizi bo‘lgani tufayli sohibqiron Amir Temur mo‘g‘ul xonining kuyovi, ya’ni «Amir Temur Ko‘ragon» nomini olgan edi. Sohibqiron Amir Temur malika Saroy Mulk xonimni o‘z nikohiga kiritgunga qadar, haramida boshqa xotinlari ham bor edi. Lekin xon avlodiga mansub Saroy Mulk xonim haramdagi barcha malikalardan ulug‘rog‘i hisoblanib, «katta xonim» yoxud «Bibixonim» degan unvonga noil bo‘ladi. Albatta, bunday e’zozga musharraf bo‘lish uchun aql-zakovat, did- farosat, fikrlash doirasining ulkanligi bosh omil bo‘lgan. Zotan, tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Saroy Mulk xonim zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor va aql-zakovat sohibasi, husn-latofat bobida ham benaziri edi. Saroy Mulk xonim insonparvar, vatanni sevguvchi, 388 Mart, 2025-Yil mamlakatning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor bo‘lgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa, ilm-ma’rifatga alohida e’tibor ila qarar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida Saroy Mulk xonim ko‘pincha birga yurgan. Tarixiy manbalarning yakdillik bilan bergan ma’lumotlariga ko‘ra, o‘ta ziyrak, tadbirkor Saroy Mulkxonim saltanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda o‘zining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir Temur Saroy Mulk xonimga oshkora bo‘ysunmasa-da, biroq uning oqilona maslahatlariga o‘zida qandaydir ehtiyoj sezib turgan. Naql qilishlaricha, Amir Temur Eronga qarshi yurish boshlaganda, Isfaxonning qamali ko‘pga cho‘zilib, qo‘shinni ozuqa bilan ta’minlashga mablag‘ yetishmay qoladi. Nihoyat, Amir Temur Samarqandga chopar yo‘llab, Saroy Mulk xonimga maktub jo‘natadi. Maktub qisqa bo‘lib, «Qo‘shinning zahirasi tugadi, xazinadan zar yuboring», deyilgandi. Saroy Mulk xonim maktub mazmunidan ogoh bo‘lgach, maktubning orqa tomoniga «Ulug‘ amir, zaringiz tugagan bo‘lsa, siyosatingiz ham tugadimu?»— deb yozadi va uni choparga tutqazadi. Amir Temur maktubni olgach, Saroy Mulk xonimning kinoyali zamzamasini o‘ylab-o‘ylab, nihoyat bir qarorga keladi: lashkargohda so‘yib yeyilgan qo‘y, qoramol, ot va tuya suyaklarini o‘sha kuniyoq yig‘dirib, turli hajmlarda qirqtirib, katta hajmdagisiga katta qiymat, kichigiga kichik qiymat belgilab, unga po‘lat muhrni qizdirib tamg‘a bostiradi hamda muvaqqat pul o‘rnida muomalaga kiritishga farmon beradi. Natijada, qo‘shni shahar va qishloqlarda suyak pulga qo‘shin uchun oziq-ovqat sotib olinadi. Tez kunda Isfaxon shahari taslim bo‘lgach, suyak pullar zar bilan almashtiriladi. Amir Temur saroyida joriy qilingan tartibga ko‘ra, chet ellik elchilarni qabul qilish marosimlarida hukmdor yonida xotiilari ham ishtirok etishgan. Ispaniya qiroli Genrix III ning Samarqand hukmdori Amir Temur huzuriga yuborgan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning yozishicha, 1404 yil 8-sentyabr dushanba kuni Amir Temur Samarqand chetidagi «Dilkusho» bog‘ida elchilarni qabul qiladi. Qabul marosimi katta ziyofat va tantana bilan boshlangan. Klavixoning hikoya qilishicha, qabul marosimida hukmdor Temurning yonida Saroy Mulk xokim boshliq boshqa xotinlari ham yuzlariga parda tashlab o‘tirganlar. Ispan qiroli yuborgan hadyalar orasida hukmdorga ko‘proq qizil movut ma’qul bo‘lgan. Bu haqda u o‘z xotinlari, avvalo Saroy Mulk xonim bilan fikrlashadi. 1404 yil 17-oktyabr juma kuni Saroy Mulk xonim ham katta ziyofat beradi. Ziyofatda boshqa elchilar qatorida ispan elchisi Ryui Gonzales de Qlavixo ham qatnashadi. Kla

Доказательный фрагмент

«Temuriylar davri o’zbek davlatchiligida o’zining salmoqli hissasini qo’shgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Temuriylar davri o’zbek davlatchiligida o’zining salmoqli hissasini qo’shgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Klavixo, idda, Genrix III, Ko’ragon, Saroy Mulk xonim, Dilkusho
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники