Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻZBEK VA INGLIZ TILI IZOHLI LUGʻATLARIDA FE’LLARNING BERILISHI
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Maxmudova Zuhra Maqsud qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent · xossalari I.K.Qо‘chqortoyev · M.K.Abuzalovalarning doktorlik
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tillari izohli lugʻatlarining tarixi va taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, har ikkala til izohli lugʻatlarida aynan fe’l soʻz turkumining berilish tartibi misollar bilan koʻrsatilgan va ularning oʻzaro oʻxshash va farqli tomonlari tipologik jihatdan tahlil qilingan. Kalit soʻzlar: fe’l, izohli lugʻat, bosh ma’no, sinonim, talaffuz Annotation. This article provides information about the history and the stages of development of the explanatory dictionaries of Uzbek and English languages. Also in this type of dictionaries of both languages, the order of giving the verb phrase is shown with examples. Their similarities and differences are analyzed typologically Key words: verb, explanatory dictionary, main meaning, synonym, pronunciation Kirish. Fe’l soʻz turkumi koʻp bora murojaat qilingan va ustida ancha tadqiqot va tahlillar olib borilgan soʻz turkumi hisoblanadi. Jumladan soʻngi yillarda fe’llarning ba’zi semantik guruhlari, valentlik koʻrinishlari hamda semantik xossalari I.K.Qо‘chqortoyev, R.Rasulov, S.H.Muhamedova, M.K.Abuzalovalarning doktorlik va О‘.Sharipova, D.Abdullayeva, Z.U.Siddiqov, T.T.Musayev, G.A.Narimova, V.A.Karimjonova va boshqalarning nomzodlik ishlarida о‘rganib chiqilgan. [Кучкартаев, 1977:168] Ingliz va о‘zbek tillaridagi fe’l va uning turlariga qiyosiy aspekt nuqtai nazaridan о‘zbek tilshunoslari J.B.Bо‘ronov, О‘.Q.Yusupov, A.S.Sodiqov, M.T.Irisqulov, R.Z.Muryasov, S.A.Xamzayev, G‘.K.Mirsanov, T.Ergashev, N.R.Karimova, A.Q.Pо‘latovlar tomonidan munosabat kо‘rsatilgan. J.B.Bо‘ronov [Вuranоv, 1986:308] va boshqalarning izlanishlarida fe’l turlari о‘rtasidagi о‘xshashlik va tafovutlarning aksariyati yoritib berilgan. S.A.Xamzayev ikkilamchi 461 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI predikativli qurilmalar (IPQ) tarkibidagi ayrim fe’llarning funksional semantik jihatlariga e’tibor qaratgan va ularning о‘xshash hamda farqli jihatlarini qiyosiy aspektda nazariy asoslab bergan. T.Ergashevning tadqiqotida kauzativlik kategoriyasining farqli tizimli tillarda ifodalanishi borasidagi fikr-mulohazalar keltirilgan. Ingliz tilidagi bog‘lovchi fe’llarning о‘zbek tilidagi ekvivalentlarini aniqlash N.R.Karimova tomonidan, о‘zbek tilidagi fe’l shakllarining ingliz va rus tillardagi adekvat muqobillarini belgilash esa A.Q.Pо‘latov tomonidan amalga oshirilgan.[ Пўлатов, 2003: 404] Zero, leksikografik jihatdan fe’l soʻz turkumlari ingliz va oʻzbek tillarida doirasida tipologik aspektda yetarlicha oʻrganilmagan. Bugungi kunda ingliz va oʻzbek tillarida fe’llarni tipologik aspektda oʻrganish va ekvivalentlarini topishda izohli lugatlarning oʻrni beqiyos. Oʻzbek tilining ilgarigilaridan koʻra mukammalroq boʻlgan ilk izohli lugʻati Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutida S.Akobirov, T.Aliqulov, A.Rustamov va boshq. tomonidan tayorlanib, M.Ma’rufov tahriri ostida nashr etilgan. Ushbu lugʻat oʻzida 60000 soʻz va soʻz birikmalarini qamrab olgan. Undan soʻng bir necha marotaba toʻldirilgan va qayta ishlangan koʻrinishlari ham nashrdan chiqarildi. Ushbu yagona izohli lugʻat tarkibidan bir nechta sohalar doirasidagi izohli lugʻatlar ajratilgan. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” [ til.gov.uz], “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati” [ til.gov.uz], “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati” [ til.gov.uz] va boshqalar shular jumlasidandir. Ingliz tilidagi izohli lugʻatlarning tarixi esa bir necha yillar oldinga borib taqaladi. Jumladan, Noah Webster izohli lugʻati 1872-yilda nashr etilgan, Kembrij lugʻati esa 1584-yildan beri toʻldirishlar bilan turli xildagi lugʻatlar chop etib kelmoqda. Ushbu lugʻatda korpus lugʻatdagi soʻzlar bilan birga 1,5 million soʻz mavjud. Shuningde, ingliz tili izohli lugʻatlarining oʻzbek tilidagi lugʻatlar kabi ma’lum soʻzlarning izohi, kelib chiqish tarixi, sinonimlari bilan birga, talaffuz koʻrinishi ham berib boriladi. Albatta bu oʻquvchi yoki xorijlik til oʻrganuvchilar uchun qulaylik yaratadi. Dastavval, oʻzbek tili izohli lugʻatida fe’llarni koʻrib chiqadigan boʻlsak, ular quyidagi holatda beriladi: BOTIRMOQ Botmoq fl. ort. n. Gulnor chelakni loyqaroq suvga botirdi va ariq bо‘yiga olib qо‘ydi. Oybek, Tanlangan asarlar. Yuvosh bir burda nonni oldin choyga, keyin shakarga botirdi. E. Raimov, Ajab qishloq. Rо‘zimat ketmonni zо‘g‘atasigacha botirib urdi-yu, Sidiqjonga qaradi. A. Qahhor, Qо‘shchinor chiroqlari. Payg‘omov piyoladagi konyakni qoldirmay simirdi, kо‘kpiyozni 462 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI qatiqqa botirib, chaynadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi. Chо‘li bobo katta qoziq uchlarini yerga botirib, qо‘lini fotihaga ochdi. Mirmuhsin, Me’mor. Chiroyiga (yoki husniga) non botirib yermidim Chiroyidan nima foyda; faqat chiroyiga uchamanmi? Chiroyga non botirib yeb bо‘lmas. Maqol. Husniga non botirib yermidim, demoqchisanda? O. Yoqubov, Uchrashuv. Qonga botirmo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada oʻzbek va ingliz tillari izohli lugʻatlarining tarixi va taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot keltirilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada oʻzbek va ingliz tillari izohli lugʻatlarining tarixi va taraqqiyot bosqichlari haqida ma’lumot keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- verb, explanatory dictionary, main meaning, synonym, pronunciation, izohli lugʻat, bosh ma’no, talaffuz, fe’l, sinonim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025