К содержанию
РецензированоRU2024

KOREYS TILI VA UNING OLTOYSHUNOSLIKDA O‘RGANILISHI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Ashirbayeva Diloram Ravshanovna · Kalit so‘zlar: koreys tili · Key words: Korean language

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Mazkur maqola koreys tilining tarixiy ildizlariga, uning oltoyshunoslikda o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, jahon tilshunoslari va koreys tilshunoslari tomonidan keltirilgan nazariy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Kalit so‘zlar: koreys tili, Xunminchonim, Hangil, Ural-Oltoy, Tungus- Manchjur. Аннатоция. Данная статья посвящена историческим корням корейского языка, его изучению в алтаистике, а также высказаны теоретические взгляды, представленные мировыми и корейскими лингвистами. Ключевые слова: корейский язык, Хунминчоным, Хангыль, Урало- Алтайский, Тунгусо-Манчжурский. Annotation. This article is devoted to the historical roots of the Korean language, its study in Altaic studies, and also expresses theoretical views presented by world and Korean linguists. Key words: Korean language, Xunminchonim, Hangil, Ural-Altai, Tungus- Manchu. Til jamiyatda paydo bo‘lganidan boshlab hamisha ijtimoiy harakterga ega bo‘lib, kishilarning ijtimoiy mehnat jarayonida yuzaga kelgan o‘zaro aloqa bog‘lash, fikr almashishga xizmat qiluvchi vositadir. Shu bilan bir qatorda u ham millatning ma’naviy qiyofasini ham o‘zligini ifoda etuvchi muhim ramzlardan biri, insoniyat tafakkurining bebaxo ko‘zgusi hamdir. Har bir tilning dunyoga kelish sabablari, shakllanish hamda taraqqiy etish tarixi bo‘lgani kabi, koreys tilining ham o‘ziga xos kelib chiqish tarixi va dialektikasi bor. Koreys tili boshqa tillarga nisbatan ancha keyingi davrlarda o‘rganila boshlandi. Koreys tilining tarixiy negizlarini o‘rganishga xususan keyingi omillar sabab bo‘lgan. Ma’lumki, Koreya ko‘p asrlar davomida Xitoyning mustamlakasi bo‘lgan. Bu koreys tilining tarixiy negizlarini o‘rganishga bo‘lgan birinchi sabab bo‘lsa, ikkinchi muammo esa, XV asrgacha, 453 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ya’ni, to qirol Sedjon alifboni ixtiro qilgunga qadar, koreyslarning o‘z shaxsiy yozuvlari bo‘lmaganligidadir. [Алпатов, 1992:119-125] Koreya Xitoyning 1,5 ming yildan ortiq mustamlakasi bo‘lgani bois ba’zi tadqiqotchilar, xususan, Edkins koreys tilini xitoy tilining bir ko‘rinishi deya ta’kidlagan. Ammo bunday fikrlash haqiqatga bir muncha to‘g‘ri kelmaydi. Koreys tili leksikasining 75% xitoy tilidan kirib kelgan so‘zlar tashkil qilsada, bu koreys tili o‘zining mavqeini yo‘qotgan degani emas. Bu yerda ikki variantni ko‘rishimiz mumkin: 1) koreys tili asosini sof koreys so‘zlari tashkil qiladi; 2) koreys tili o‘zining gap tuzilishi va grammatikasida o‘ziga xoslikni saqlab qolgan bo‘lib, unda sof koreys so‘zlari va o‘zlashgan so‘zlar qo‘llanilishi mumkin. [Джарылгасинова, 1962] Biron tilning so‘z tarkibi hali u tilning to‘liq tarkibini belgilab bermaydi. O‘zlashgan so‘zlar mazkur tilda qurilish ashyosi singari namoyon bo‘ladi. Koreyslar bir etnik guruhga mansub bo‘lib, bir tilda ya’ni, koreys tilida so‘zlashadilar. Ular mo‘g‘ul qabilalarining davomchilari hisoblananib, Koreya yarim oroliga bronza asrining neolit davrida ko‘chib borishgan va shu tariqa o‘troqlashishgan. Koreys tili Koreya Respublikasining davlat tili hisoblanib, Janubiy Koreyada “한국말” – [Hangukmal], Shimoliy Koreyada esa “조선말” – [Cho‘sonmal]-deb yuritiladi. Koreya aholisi 49 mln.dan ziyod bo‘lib, ulardan taxminan 530 ming nafari MDH davlatlarida istiqomat qiladi. Bu ko‘rsatkich esa chet elda istiqomat qiladigan koreyslarning 7,6% tashkil etadi. Koreys tili eng qadimgi tillardan biridir. Lingvistik va etnografik tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, koreys tili Ural-oltoy tillari oilasiga mansubdir. Bu oilaga turk, mo‘g‘ul, tibet, venger, o‘zbek, fin va boshqa tillar kiradi. Koreys yozma tili (alifbosi) Xangil (한글) 1443-yilda koreys olimlari guruhi tomonidan ixtiro qilingan. Bu guruhga Choson sulolasining to‘rtinchi qiroli - buyuk Sedjong rahbarlik qilgan. [고삭주,2004:406] U ziyoli qirol bo‘lib, zamondoshlari uni “Sharqiy mamlakatning Yao va Shuni” deb atashgan. Bu hukmdor davrida mamlakatning ko‘plab siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalari rivojlanishining yuqori cho‘qqisiga erishdi. Alohida e’tibor ta’limga berilar edi. Xangil (birinchi nomi Xunmin Chonim - Xalqni o‘qitish uchun to‘g‘ri tovushlar) paydo bo‘lguncha venyan- xitoy tilining adabiy yozma turlaridan bo‘lgan Xanmun (한문) rasmiy yozma davlat tili vazifasini o‘tagan. Xitoy ierogliflarining katta miqdorini bilishni talab qilgani uchun bu tildan jamiyatning faqatgina oliy va o‘rta qatlamlari foydalanar edi. Bundan tashqari xitoy ierogliflarining koreyscha o‘qilishi xitoychaga muvofiq bo‘lmagan, ularni ishlatishda tartibsizlik mavjud bo‘lgan: yagona talaffuz me’yorlari mavjud 454 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI bo‘lmaganligi sabab xitoy ierogliflari tartibsiz qo‘llangan va ularning talqini turlicha bo‘lgan. Koreys tilining o‘zi esa xalq og‘zaki tili maqomiga ega bo‘lib, muloqotning asosiy vazifasini bajargan. Ammo, bu tilda sodda va oson yozma shakl bo‘lmagan. O‘rta qatlam vakillari idu (koreys tili so‘zlari va gram

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqola koreys tilining tarixiy ildizlariga, uning oltoyshunoslikda o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, jahon tilshunoslari va koreys tilshunoslari tomonidan keltirilgan nazariy qarashlari o‘z ifodasini topgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqola koreys tilining tarixiy ildizlariga, uning oltoyshunoslikda o‘rganilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, jahon tilshunoslari va koreys tilshunoslari tomonidan keltirilgan nazariy qarashlari o‘z ifodasini topgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Korean language, Xunminchonim, Hangil, Ural-Altai, Tungus-, Tungus-Manchjur., Хангыль, Хунминчоным, Урало-Алтайский, Tungus-Manchu., koreys tili, Ural-Oltoy, Тунгусо-Манчжурский., корейский язык
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники