К содержанию
РецензированоUZ2026

Qoraqalpoq Davlat universiteti Yuridika Fakulteti Inson huquqlari, davlat huquqi va boshqarish kafedrasi assistent o’qituvchisi. Tursunaliyev Davlatshoh Qodirjon o‘g‘li Qoraqalpoq Davlat Universtiteti Yuridika Fakulteti 4-bosqich talabasi.

Kalimbetov Ernazar Qurbanbaevich · Tursunaliyev Davlatshoh Qodirjon o‘g‘li

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

In this article, the author spoke about the state policy and management in the field of labor protection in the Republic of Uzbekistan, the main directions of state policy, the bodies authorized to implement them, and their competencies. Key concepts: occupational safety, state control and inspection, public policy, public administration, safe equipment, specially authorized state body, accident, occupational diseases, occupational safety service. Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga ko‘ra mehnatni muhofaza qilish deganda, biz mehnat jarayonida insonning xavfsizligini, hayoti va sog‘lig‘i, ish qobiliyati saqlanishini taʼminlashga doir huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena, davolash-profilaktika, reabilitatsiya tadbirlari hamda vositalari tizimini 886 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 tushunamiz va bu tushuncha aynan Mehnat kodeksi1 hamda O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni2 da ham o‘z ifodasini topgan. Jamiyat hayotining barcha yo‘nalishlarida bo‘lgani kabi mamlakatimizda insonlar uchun adolatli, qulay va munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning mehnat huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan huquq va erkinliklarni qo‘llab-quvvatlash hamda eng asosiysi ularning mehnatini muhofaza qilish borasida ham olib borilayotgan davlat siyosati va boshqaruvida amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Jamiyatdagi barcha ijtimoiy munosabatni tartibga solishda davlat va uning masʼul organlarining vazifalari muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, ushbu vazifa va funksiyalarni bajarish uchun qonun hujjatlari asosida davlat organlariga muayyan vakolatlar beriladi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasi3da mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilangan. Yaʼni, xodimning hayoti va sog‘lig‘i ustuvorligini taʼminlash; mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish; davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; barcha tashkilotlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi talablarni belgilash; mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshirish; xodimlarni himoya qiluvchi xavfsiz texnika, texnologiya va vositalarning ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag‘batlantirish; fan, texnika yutuqlaridan hamda mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ilg‘or milliy va xorijiy tajribadan foydalanish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga chalingan xodimlarni ijtimoiy himoya qilish; xalqaro hamkorlikni amalga oshirish kabi masalalar mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sifatida eʼtirof etildi. O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 6- moddasiga asosan mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi, shuningdek mehnatni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlariga muvofiq ayrim vakolatlarga ega bo‘lgan boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lib, Qonunining 7-moddasi4da bevosita o‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari berilgan. 1 O‘zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T., “Yuridik adabiyotlar publish”, 2023-y. 2 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512. 3 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512. 4 O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami. –2016. –№ 38. 441-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi. – 2018. – 5 yanvar. – № 03/18/456/0512. 887 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Valume 2 Issue 1 Demak, ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: -mehnatni muhofaza qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi; -mehnatni muhofaza qilish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va amalga oshiradi; -davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi faoliyati muvofiqlashtirilishini taʼminlaydi; -mehnat sharoitlarining davlat ekspertizasini o‘tkazish tartibini belgilaydi; -ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va kasb kasalliklarini tekshirish hamda hisobga olish tartibini belgilaydi; -tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish tartibini belgilaydi; -mehnatni muhofaza qilish uchun ish beruvchi tomonidan mablag‘lar ajratish, shuningdek mehnatni muhofaza qilish jamg‘armalarini tuzish va ularning ma

Доказательный фрагмент

«In this article, the author spoke about the state policy and management in the field of labor protection in the Republic of Uzbekistan, the main directions of state policy, the bodies authorized to implement them, and…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the author spoke about the state policy and management in the field of labor protection in the Republic of Uzbekistan, the main directions of state policy, the bodies authorized to implement them, and… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davlat nazorati va tekshiruvi, kasb kasallaklari, xavfsiz texnika, davlat siyosati, maxsus vakolatli davlat organi, davlat boshqaruvi, mehnatni muhofaza qilish xizmati., baxtsiz hodisa, mehnatini muhofaza qilish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники