К содержанию
РецензированоUZ2024

“DEVONU LUG‘OTIT TURK” VA XORAZM O‘ZBEK O‘G‘UZLARI LEKSIKASINING QIYOSIY TAHLILI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · LEKSIKASINING QIYOSIY TAHLILI · Aralova Lobar Akbar qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Xorazm shevalari leksikasining negizini asl turkiy tillarga xos bo‘lgan qatlam tashkil qiladi. Ma’lumki, qadimgi turkiy til manbasi bo‘lgan “Devonu lug‘otit turk” asaridagi leksemalar o‘g‘uz shevalarida eng ko‘p saqlanib qolgan. Shu bois, mazkur maqolada asar leksikasining Xorazm o‘g‘uz lahjasiga munosabati tadqiq etildi. O‘g‘uzcha so‘zlarning ma’nosidagi o‘zgarishlar, ularning etimologiyasi haqida fikr yuritildi. Kalit so‘zlar: o‘g‘uz, qadimgi turkiy til, sheva, fonetik o‘zgarish, semantik o‘zgarishlar, til tarixi. Annotation. The basis of the lexicon of Khorezm dialects is the layer charasterestic of the original Turkic languages. It is known that lexemes from the work “Divan Lughat al-turk” which is the source of the ancient Turkic language, have been preserved most in the dialects of the Oghuz group. Therefore, in this article, the relationship of the lexicon of the work to the Khorezm Oghuz dialect was studied. Changes in the meaning of Oghuz words and their etymology were discussed. Key words: Oghuz, ancient Turkic language, dialect, phonetic change, semantic changes, language history. Muayyan jamiyat yoki davlat hayotidagi evrilish-o‘zgarishlar, eng avvalo, tilning lug‘at zaxirasida aks etadi, ya’ni jamiyat va til, umuman xalq va til o‘rtasidagi izomorfizm aynan lug‘atda o‘zining bevosita va konkret tajassumini topadi [Маҳмудов, 2017:27]. Yillar davomida jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar uning leksik qatlamiga ham ta’sir etmay qolmaydi. Natijada tillardagi ba’zi so‘zlar eski qatlam so‘zlariga aylanishi, iste’moldan chiqishi yoki yangi leksema bilan almashinishi mumkin. “Til doim harakatda, u doim o‘zgarib turadi. Tilning barcha qatlamlari (fonetik, leksik, morfologik, sintaktik) yillar davomida kengayib, takomillashib 374 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI boradi. Jamiyat taraqqiyoti natijasida yangi tushunchalar yangi lisoniy birliklar ko‘rinishida qo‘shilishi mumkin. Yoki yillar davomida foydalanilgan birliklar vaqt o‘tib eskirishi, iste’moldan chiqishi mumkin. Bu tabiiy ko‘rsatkich, tilga xos xususiyat sifatida baholanadi” [Юсупова, 2021:55]. Bunday semantik o‘zgarishlarni tadqiq qilish til tarixi va uning rivoji to‘g‘risida muhim xulosalar berish imkonini beradi. H.Dadaboyev aytganidek, “turkiy (o‘zbek) tilining shakllanish va rivojlanish dinamikasini o‘zida ro‘y-rost aks ettirgan ko‘hna yodgorliklar til xususiyatlari, ularda in’ikosini topgan turfa fonetik-fonologik, morfem-morfologik, leksik-semantik va sintaktik jarayonlarni anglamay, ularning mohiyatini tushunmay turib, hozirgi o‘zbek adabiy tilining statik holati to‘g‘risida biror jo‘yali mulohaza yuritish amri mahol” [Дадабоев, 2019:267]. “Devonu lug‘otit turk” asarida izohlangan aksariyat so‘zlar hozirgi kunda o‘zbek tilining lahja va shevalarida asl holida yoki ayrim fonetik o‘zgarishlar bilan qo‘llanmoqda. Jumladan, Xorazm shevalari leksikasida hozirgi adabiy tilimizda uchramaydigan, lekin qadimgi yozma yodgorliklar tiliga xos bo‘lgan ayrim so‘zlar ishlatiladi: arïǧ (toza); a:siǧ (foyda); aru (chiroyli); qat – qavat (xona, bo‘lma). Shuningdek, məƞzəmək, gizləmək, yaqtu kabi ko‘pgina so‘zlar klassik adabiy tilimizda uchraydi. Ba’zi bir misollarni keltiramiz: Yaqtu – yorug‘: Iki yoqtu guhar olamga bergan, Muhabbat ganjini odamg‘a bergan (“Muhabbatnoma”). Asïǧ – foyda: Ki men dur tishlaring hajridin o‘ldim, ne asig‘ gar charx, Nujum ashkini yog‘dirsa boshimga o‘ylakim jola. Arïǧ – pok: Ko‘ngli ko‘z qonidin arïǧ gar bo‘lur ermish yuzi, Oshiqe kim ko‘zu ko‘ngli har g‘arazdin pok emish. (Alisher Navoiy. “Kulliyot”, Toshkent, Il’in tipografiyasi, 1899-yil, 65 va 123-betlar) [Абдуллаев, 1961:139]. “Devonu lug‘otit turk” asari leksikasining Xorazm o‘g‘uz lahjasiga munosabatini o‘rganar ekanmiz, tilning leksik sathida davrlar o‘tishi bilan turli xil o‘zgarishlar sodir bo‘lishini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, “Devonu lug‘otit turk” asarida quv so‘zining quǧu fonetik variantini uchratamiz. B.Abdushukurovning ko‘rsatishicha, bu termin dastlab O‘rxun-Enasoy yodgorliklarida uchragan: er quǧu qušqa soquštï – er oqqush bilan to‘qnash keldi [ДТС, 464]. XIV asrga doir turkiy manbalarda qu, qavu [ХШ,28б3], ququ [ХШ,73а20] shakllari ko‘zga tashlanadi: 375 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Havā üzrä berür šunqarǧa qunï [Мн,290б5]. Jamoliddin Turkiyning “Kitob ul- bulg‘at” risolasida quv shakli qayd etilgan [Абдушукуров, 2018:34]. Hozirda Xorazm o‘g‘uz shevasida quv [ЎХШЛ, 1971:165] o‘zining tub ma’nosida qo‘llanilib kelinmoqda. Bu termin klassik adabiy tilimizda ham xuddi shu ma’noda uchraydi: Havo uzra berur shunqorg‘a quvni, To‘lin oydek qilur bir qatra suvni (“Muhabbatnoma”) [Абдуллаев, 1961:139]. Ekinzorlarga zarar keltiruvchi, to‘g‘ri qanotlilar turkumiga mansub hasharot – chigirtka leksemasi “Devonu lug‘otit turk”da čӭgürkä tarzida kelgan va Mahmud Koshg‘ariy ushbu so‘zni o‘g‘uzcha ekanligini aytib o‘tgan. “Turklar bu so‘z

Доказательный фрагмент

«Xorazm shevalari leksikasining negizini asl turkiy tillarga xos bo‘lgan qatlam tashkil qiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Xorazm shevalari leksikasining negizini asl turkiy tillarga xos bo‘lgan qatlam tashkil qiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Oghuz, ancient Turkic language, dialect, phonetic change, o‘g‘uz, sheva, language history., semantic changes, semantik o‘zgarishlar, qadimgi turkiy til, fonetik o‘zgarish, til tarixi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники