К содержанию
РецензированоUZ2024

HAYDAR XORAZMIYNING “GULSHAN UL-ASROR” MASNAVIYSIDA O‘ZLASHMA QO‘SHIMCHALAR YORDAMIDA YASALGAN LEKSEMALAR IFODASI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Tashmatova Nilufar Choriyevna · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent

Современная наука и исследования · 2024

Аннотация

Ushbu maqolada XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimiz yetuk namoyondalaridan Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” masnaviysida ifodalangan o‘zlashma qatlamga oid affikslar tasnif va tahlil etilgan. Har bir til so‘z yasash, uni yangi ma’nolarda qo‘llash kabi ichki imkoniyatlaridan tashqari, tashqi omillar ta’sirida, ya’ni boshqa tillardan lisoniy birliklarni qabul qilish orqali ham rivojlanib, boyib boradi. Masnaviy leksikasida ham o‘zlashma affikslar orqali hosil qilingan yasama leksemalar kam miqdorda bo‘lsada ifodalangan. kalit so‘zlar: turkiy so‘z, so‘z yasash usullari, o‘zlashma so‘z, o‘zlashma affiks, leksema, masnaviy, prefiks. Annotation. In this article, the classification and analysis of affixes related to the process of conversion in the "Gulshan ul-Asror" epic poem by Haydar Khwarazmi, one of the prominent representatives of our outstanding literature who lived and created at the end of the 14th and the beginning of the 15th centuries in Khwarazm, have been presented. Each language word, besides internal possibilities such as word formation and its use in new meanings, also develops and expands under the influence of external factors, that is, by accepting linguistic elements from other languages, through lexical unity. Although the number of derived lexemes created through conversion using affixes in the epic lexicon is relatively small, it is emphasized that they exist. Keywords: turkish word, methods of word formation, derivative word, derivational affix, lexeme, poetic, prefix. Tilshunoslikda muayyan tilga xos so‘z yasash usullari bilan so‘z yasovchi vositalar yordamida yangi so‘zlar hosil qilish til leksikasining boyishidagi eng yetakchi yo‘llardan biri sifatida talqin qilinadi. Ichki resurslar asosida so‘z 355 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI yasashasosantilning o‘ziga xos so‘z yasash usullariga tayangan holda so‘z yasovchi vositalar ko‘magida amalga oshadi1. Har bir til so‘z yasashuni yangi ma’nolarda qo‘llash kabi ichki imkoniyatlaridan tashqaritashqi omillar ta’siridaya’ni boshqa tillardan lisoniy birliklarni qabul qilish orqali ham rivojlanibboyib boradi. Albattabu jarayon muayyan til qonuniyatlari asosida amalga oshadi.Jahonda hech bir til yo‘qkiuning lug‘ati faqat o‘z so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lsin. Boshqa tillardan olingan so‘zlar yo o‘sha tilda o‘z shaklini qanday bo‘lsashundayligicha saqlaydi yoki uning leksik tizimitabiatigrammatik qurilishiso‘z yasalishi va imlo qoidalariga uyg‘unlashadi2. O‘zbek adabiy tili tarkibidagi so‘zlar tarixiy shakllanishi jihatidan faqat turkiy tillarga xos bo‘lmaybalki fors-tojikarabmo‘g‘ulrus tillaridanshuningdekuyg‘ur tili orqali xitoy tilidan kirib kelgan leksemalardan iborat. O‘zbek adabiy tilining taraqqiyot bosqichiga nazar solsakmazkur so‘zlar turli davrlarda xilma-xil ijtimoiy sabablar bois o‘zlashganligiga guvoh bo‘lamiz. Masalanfors-tojikcha istilohlar o‘zbek va tojik xalqlarining qadimdan yonma-yon yashabbir-biri bilan ijtimoiy va madaniy munosabatda bo‘lib kelganligi natijasidaarab leksemalari esaasosankitobiy til va fors-tojik tilishuningdekqisman og‘zaki nutq orqali kirib kelgan. Bundan tashqarifors-tojik tilidan kirgan ba-be-na-ham-dam- kor- -goh- xoh-parast-ona-purush-gir-soz- band-pazir-vor kabi prefiks va affikslar arabcha va fors-tojikcha so‘zlardan yangi leksemalar hosil qilgan. Biroq bunday o‘zlashmalar juda kamchilikniya’ni 59 tani tashkil etadi 1) be-no- prefiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar o‘zakdan anglashilgan ma’noga ega emaslikni ifodalovchi sifatlarni hosil qiladi bejoh-“martabasiz”<joh- “martaba”bechoravor-“chorasiz holat savdoda singan” <chora-“imkon”besabr nosabr-“sabrsiz”<sabr-“chidam” beusul-“usulsiz” <usul-“usul yo‘nalish”bema’rifat-“ma’rifatsizilmsiz” <ma’rifat-“ilm savod”benazir-“naziri yo‘qtengi yo‘q”<nazir-“o‘xshash”behijob-“pardasiz”<hijob-“parda”beqaror- “qarorsiz”<qaror-“xulosa hukm” besafo-“sofemas”<safo-“yorug‘- lik ravshanlik pok sof” bevosita-“vositasiz”<vosit-“o‘rta o‘rtadagi”bemalol-“malolsiz xijolatsiz”<malol-“og‘rinishnorozi- lik” beranj-“ranjimasdan ranjsiz”<ranj- “mashaqqatqiynalish” beqiyos-“behad behisob cheksiz”<qiyos- “solishtirisho‘xshatishandozao‘lchov” bexabar-“xabarsiz ma’lumotga yega yemas”<xabar-“axborotma’lumot”besipoh-“askarsiz qo‘shinsiz”<sipoh-“qo‘shin 1 Йўлдошев И. Ўзбек китобатчилик терминологияси.-Т. Фан2004.-Б.99. 2 Турсунов У.Ўринбоев Б.Алиев А. Ўзбек адабий тили тарихи.-Т. Ўқитувчи1995.-Б.34. 356 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI askar” nomurod-“nochor noiloj<murod-“tilak istak maqsad”noumed-“umidsiz” <umed-“orzu istak”bedast-“qo‘lsiz”<dast-“qo‘l”; 2) -gohxoh- affiksi orqali hosil bo‘lgan leksemalar takyagoh- “suyanchiqko‘mak beruvchi” <takya-“ suyanchiqyostiq”uzrxoh-“uzr so‘rashafv so‘rash”<uzr-“kechirim bahona sabab”dastgoh-“uskuna ish quroli” <dast- “qo‘l”taxtgoh-“taxt qurilgan joy podsho yashaydigan

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimiz yetuk namoyondalaridan Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” masnaviysida ifodalangan o‘zlashma qatlamga oid affikslar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada XIV asr oxiri va XV asr boshlarida Xorazmda yashab ijod etgan mumtoz adabiyotimiz yetuk namoyondalaridan Haydar Xorazmiyning “Gulshan ul-asror” masnaviysida ifodalangan o‘zlashma qatlamga oid affikslar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
turkish word, methods of word formation, derivative word, o‘zlashma so‘z, lexeme, derivational affix, turkiy so‘z, o‘zlashma affiks, masnaviy, prefix., poetic, so‘z yasash usullari, prefiks., leksema
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники