К содержанию
РецензированоRU2024

L.BUDAGOVNING “СРАВНИТЕЛЬНЫЙ СЛОВАРЬ ТУРЕЦКО-ТАТАРСКИХ НАРЕЧИЙ” LUG‘ATIDA CHIG‘ATOYCHA NARSA-BUYUM NOMLARI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · BUYUM NOMLARI · Mahliyoxon Tuxtasinova Shavkatjon qizi · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent · ORCID ID: ---

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The article presents examples of household lexemes in Djagatai from the dictionary "Sravnitelnyy slovar turetsko-tatarskikh narechiy" by Lazar Zaharovich Budagov. The etymology of lexemes is analyzed in comparison with their meanings recorded in historical sources, in particular, in historical dictionaries. Also, in order to make the meaning of lexemes more understandable, excerpts related to lexemes from the works of Alisher Navoi are presented. Keywords: Djagatai lexemes, dictionary, bork, büräk, bürkamäk, irnäk. L.Z.Budagovning asosiy ilmiy asarlari ro‘yxatida ikki jilddan iborat “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий, со включением употребительнейших слов арабских и персидских и с переводом на русский язык” alohida o‘rin tutadi. XIX asrning ulkan turkiy lug‘atlaridan biri bo‘lgan ushbu asarni tuzish uchun boy tilga oid va ekstrolingvistik materiallar muallif tomonidan bir qancha manbalardan misqollab yig‘ib chiqilgan. Lug‘atga ko‘plab sharqiy xalqlar tilidagi faol so‘zlar kiritilgan. Shu bois ularni qiyoslash jarayonida xalqlarning yozma yodgorliklari, turkiy tillardagi so‘zlashuv va tarjima lug‘atlari 325 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI hamda adabiy merosiga oid asarlar matnlaridan foydalanilgan [Tuxtasinova, 2023:402]. Tarixdan ma’lumki, qadimgi davrlarda ustki kiyim, asosan, daraxt yaproqlaridan, oyoq kiyim esa yog‘och materiallardan tayyorlanib, kiyilgan. M. Asomiddinovaning keltirishicha, kishining tanasi va boshini to‘la yoki qisman berkitib turuvchi ust-boshdir. U yumshoq, badanga qattiq botmaydigan, teri yoki o‘simlikning ishlangan yoki ishlanmagan materialidan tayyorlanadi. Uning shakli kishining tana tuzilishiga muvofiq bo‘ladi. O‘z vazifasiga ko‘ra, kiyim-odamning tanasini atrof muhitning ko‘ngilsiz ta’siridan himoya qilish zaruriyati natijasida kelib chiqqan. Uning boshqa narsalardan prinsipial farqi shakl va materialidan emas, balki doimo biror ijtimoiy faoliyat bilan bog‘liq holda qo‘llanish xarakteridadir [Асомиддинова, 1981:9]. Lug‘atda mavjud chig‘atoy tiliga oid leksemalar mavzu guruhlariga ajratilgan holda tadqiq etilgan [Tuxtasinova, 2022: 65-88]. Kiyim asosan mato va teridan tayyorlanib, inson badani va tana a’zolarini yopish, tashqi muhit ta’siridan saqlashga xizmat qiladi. Inson kundalik hayotida har xil narsa-buyumga ehtiyoji katta. Tilshunoslikda maishiy leksika sohasiga oid bir qancha tadqiqot ishlar olib borilgan [11-15]. L. Budagovning “Сравнительный словарь турецко-татарских наречий” lug‘atida ham ayni guruhga oid bir qancha chig‘atoycha leksemalar qayd etilgan: )قمْتري ،قمترِا ( غامترْ ِا irtmäγ (irtmäq, yirtmäq - fe’llaridan) – “eski ko‘ylak (kiyilaverib eskirib ketgan kiyim, ko‘ylak)”, قامْترْ َا ärtmäq – “to‘rva, hurjun”, وٌ اقرْ آ ärqav – “arqoq - matoning moki yordamida ko‘ndalang to‘qiladigan ipi”, ىْ ادوُ ب büdäy – “o‘zbeklar zodagonlari kiyimi”, كماگروب ,كرَ وُب ، كرْ وُ ب bork, büräk, bürkamäk – “shapka, xamirli yegulik (perashki)”, رْ زَ وُب )زيب(büzär (biz) – “bigiz”, چنوغزوب büzγunč – “qizil rang olish uchun ishlatiladigan siyoh yong‘og‘ining turi”, هَلكَ َت = هلگد täkalä , هلگد- dägalä – “ustki kalta kiyim turi (nimchaga o‘xshash), unga tillado‘zlik asosida tilla ip bilan tikilgan”, هَنكَ َت täkanä – “ayollarning boshidagi ro‘moli”, كاغلْت tälγak – ko‘ylak turi”, وقپُْد düpqu – “1) tikuvchilar oyog‘ini qo‘yib oladigan taxta bo‘lagi; 2) lochinlarni burgalardan xalos etish uchun davolovchi bo‘yoq”, هاگد degelä – “ba’zan tillo bilan bezatiladigan kalta ustki ko‘ylak”, كچل leček – “ayollarning yelkaga tushiriladigan bosh yopinchig‘i”. L.Budagov lug‘atida “bosh kiyim” ma’noli leksemalar qatori “xamirli yegulik (perashki)”ni ifoda etuvchi كماگروب ,كرَ وُب ، كرْ وُ ب bork, büräk, bürkamäk (BD, I, 277) leksemasi qayd etilgan. E. V. Sevortyan lug‘atida 1) yungli shapka, qalpoq, bosh kiyim; 2) bosh uchun yopinchiq, ro‘mol; 3) burqa (ESTYA, II, 221) kabi semalari 326 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI keltirilgan, “xamirli yegulik” ma’nosi haqida fikr yuritilmagan. Yuqorida qayd etilgan ma’nolar (bosh va tana uchun) “yopqich” semasi atrofida birlashishi ko‘zga tashlanadi. Ushbu umumiy ma’nodan kelib chiqib, бɵ:рик ~ бɵ:рүк ~ бɵрик ~ бүрик hamda бɵрк ~ бүрк otlashgan fe’l affiksi -(α)қ yordamida бɵрү- ~ бүрү- fe’lidan yasalgan. M.Koshg‘ariyda bürün - “yopinmoq”, “o‘ranmoq”, eski turkiy manbalarda büri-, bürü- “qoplamoq”, “o‘ramoq”, “yopmoq” ma’nosida keladi. Masalan, “Yusuf ve Zeliha”da (XIII asr) yüzünü büri dive üzre otur “yuzingni yop va tuyaga o‘tir”tarzida ayni ma’noda qo‘llangan. L. Budagov كوروب ، كرْ وُ ب börk, börk leksemasini كمرْ وب (ӧ), كمرُب ، كميروب, (tur.) قموروب– “yopmoq”, “qoplamoq”, “egallab olmoq” (ESTYA, II, 223) fe’li bilan bog‘liqligini qayd etadi. Bo‘rk “bosh kiyimning bir turi”, “qalpoq” – Bosh omon bo‘lsa, bo‘rk topiladi (Maqol). Bu ot qadimgi turkiy tildagi “qopla-”, “yop-” ma’nosini anglatgan bӧrü- fe’lidan (D

Доказательный фрагмент

«The article presents examples of household lexemes in Djagatai from the dictionary "Sravnitelnyy slovar turetsko-tatarskikh narechiy" by Lazar Zaharovich Budagov.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article presents examples of household lexemes in Djagatai from the dictionary "Sravnitelnyy slovar turetsko-tatarskikh narechiy" by Lazar Zaharovich Budagov. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Djagatai lexemes, dictionary, bork, büräk, bürkamäk, irnäk, lug‘at, irnäk., chig‘atoycha
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники