Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QA= UMUMTURKIY ASOSI ETIMOLOGIYASIGA DOIR MULOHAZALAR
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Kamola Rixsiyeva · Alisher Navoiy nomidagi
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Oʻzbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi hisoblanadi. Oʻzbek tilining lugʻaviy tarkibi juda uzoq davrlardan beri leksik semantik hamda shakliy tuzilishiga koʻra ma’lum oʻzgarishlarga uchrab bugungi holatga kelgan. Oʻzbek tili leksikasining tarixiy shakllanishini bilish uchun soʻzlarni tarixiy etimologik jihatdan oʻrganib, ularni etimologik qatlamlarga ajratish zarur. Ushbu maqolada qa= umumturkiy asosidan yasalgan leksemalar etimologiyasi tahlil etildi. Kalit so‘zlar: umumturkiy asos, genezis, tub so‘z, o‘z qatlam, ma’no o‘zgarishlari, etimologiya. Annotation. The lexical composition and grammatical means of the Uzbek language are the richness of this language. Since very long periods, the vocabulary of the Uzbek language has undergone certain changes due to its lexical semantic and formative structure. In order to know the historical formation of the lexicon of the Uzbek language, it is necessary to study the words historically etymologically and divide them into etymological layers. This article analyzes the etymology of lexemes made from the basis of qa= all-turkic. Keywords: universal basis, genesis, root word, own layer, changes in meaning, etymology. Turkologiyada leksemalar struktur-grammatik va ma’no oʻzgarishlari jihatidan tahlil qilingan. Qirgʻiz tilshunosi B.M.Yunusaliyev oʻzakni morfologik qismlarga boʻlinmaydigan va buyum haqidagi aniq tushunchani yoki harakat-holatni ifodalash uchun xizmat kiluvchi tovushlar kompleksi sifatida tavsiflagan [Юнусалиев, 1959]. Olim turkiy soʻzlar oʻzaklari bir tovush yoki tovushlar jamligidan iborat boʻlishi, turkiy soʻz-oʻzaklarining fonetik tarkibi necha tovushdan iborat boʻlishi uchun chegara yo‘qligini yozadi. U oʻz monografiyasida ularning bir tovushdan tortib yetti tovushgacha boʻlgan turini tahlil qiladi. Oʻzbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi hisoblanadi va bularning barchasi birdaniga paydo boʻlgan emas. Oʻzbek tilining lugʻaviy tarkibi juda uzoq davrlardan beri leksik semantik hamda shakliy tuzilishiga koʻra ma’lum oʻzgarishlarga uchrab bugungi holatga kelgan. 319 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Bizga ma’lumki, har qanday tilning lugʻat tarkibi faqat oʻz qatlam soʻzlaridan iborat boʻlmaydi. Unga boshqa tillardagi soʻz va vositalar ham oʻtishi mumkin. Qadimgi turkiy til davri leksikasi turkiy soʻzlar va qadimgi sankskrit, soʻgʻd, xitoycha oʻzlashmalardan tashkil topgan boʻlsa, keyinchalik eski oʻzbek tili lugʻat tarkibiga fors-tojik, arab, rus tillaridan soʻzlar oʻtib oʻzlashdi va oʻzbek tilining lugʻat tarkibi boyidi. Oʻzbek tili leksikasining tarixiy shakllanishini bilish uchun soʻzlarni tarixiy etimologik jihatdan oʻrganib, ularni etimologik qatlamlarga ajratish zarur. Oʻzbek tili Oʻrta Osiyodagi qadimiy xalqlarning turkiy tillar tizimidagi tillardan biri boʻlib, uning lugʻat tarkibi ham qadimiydir. Oʻzbek tili leksikologiyasining tarixiy etimologik shakllanishini tahlil qilishda dastlab oʻzbek tilining qardosh tillar bilan aloqasi, soʻngra qardosh boʻlmagan tillar bilan aloqasi aniqlanadi. Shu tartibda tillarning oʻzaro ta’siri ham koʻrib oʻtiladi. Turkiy tillar boyligining shunday qatlami ham borki, u shu turkiy xalqlar bir jamoa boʻlib yashaganligi va shu jamoa birlashuvida, oʻzaro munosabatida sabab ekanligi, qanday doirada aloqada boʻlganlarini bildiruvchi detallarni koʻrsatib beradi [Миртожиев, 2017]. Turkiy tub soʻzlar turkiy tillarga xos alohida xususiyatlarni, uning taraqqiyot yoʻlini aks ettiradi, turkiy xalqlarning turmush tarzi, yashash sharoitlari, urf-odatlari va madaniyati haqida ma’lumot beradi. Shuning uchun ham oʻz qatlamga oid birliklarni ajratish, ularni oʻrganish, etimologiyasini, semantik taraqqiyotini tadqiq qilish muhim ahamiyatga ega. Agglyutinativ til guruhiga kiruvchi turkiy tillarda oʻzak mustaqil qoʻllana oladi hamda yasama soʻz tarkibida oʻz shaklini saqlaydi, deyarli birlamchi semantik xususiyatini yoʻqotmaydi. Turkiy tub soʻzlar, deyarli, hamma vaqt K+V+K (koʻk, bor, kel, tur, qol, tosh, qop) fonetik tarkibga va kamdan-kam K+V+K+K fonetik strukturasiga ega (bu fonetik strukturada keladigan taqlid soʻzlar oʻz qatlamga xos: milt-milt, yilt-yilt, ort, yirt). K+V va V+K fonetik tarkibga ega boʻlgan oʻzak morfemalar ham diaxronik jihatdan K +V +K fonetik tarkibga ega ekanligi aniqlangan. K+V+K tarkibli soʻzlar ayrim hollarda tub soʻz sanalmay, yasama soʻz hisoblanadi. Bularning hammasi ham ma’lum qonuniyatga asoslanadi. N.A.Baskakov ta’biricha, turkiy tillardagi oʻzak morfema K+V+K fonetik tarkibiga ega boʻladi. Chunki, bu grammatik struktura turkiy tillarga xos taqlidiy- tasviriy va undov soʻzlardan verbalizasiyaga koʻra yuzaga keladi. Odatda, turkiy xalqlar taqlid-tasvir va undovlarni, aytilganiday, K+V+K holidagi uch tovush bilan tasavvur etadi. Oʻzak morfema bilan bogʻliq soʻz hosil qilinar ekan, shu uch tovush oʻz ifodasini topadi. Taqlidiy-tasviriy va undov soʻzlar verbalizasiyasi, odatda, koʻ
Доказательный фрагмент
«Oʻzbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi hisoblanadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюOʻzbek tili leksik tarkibi va grammatik vositalari shu tilning boyligi hisoblanadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- universal basis, genesis, root word, own layer, changes in, o‘z qatlam, etimologiya., tub so‘z, etymology., genezis, changes in meaning, umumturkiy asos, ma’no o‘zgarishlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026