РефератыXoliyorova K. (Ilmiy rah. Baxriyeva D)2015
MAHMUD IBN ALI AS-SAROYINING “NAHJUL FARODIS” ASARINING O‘RGANILISHI
GLOBAL TRANSFORMATSIYALAR SHAROITIDA · IJTIMOIY TADQIQOTLAR VA ZAMONAVIY · FILOLOGIYANING DOLZARB MUAMMOLARI · (PhD), dots. Jo‘rayev Murodulla Alishboyevich
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
Maqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan. Kalit so‘zlar: Komediya, ijtimoiy muhit, shaxs, talqin, komik obraz, xarakter, qahramon. “Temir xotin” komediyasida XX asrning 60-70-yillaridagi sobiq sho‘rolarning nopok siyosati natijasida ayanchli holga kelib qolgan o‘zbek xalqi hayoti, o‘zbek ayollarining achinarli qismati komik tarzda o‘z aksini topgan. Muallif ta’kidlaganidek: “Qiziq, nega jiddiy, agar u komediya bo‘lsa? Yoki nega “komediya”, agar u jiddiy bo‘lsa? Umuman, inson fojeasi haqida komediya yozish shakkoklik emasmikin? O‘ylaymanki, qimmatli o‘quvchi bu savollarga asarning o‘zidan javob topa oladi.” Hech shubhasiz aytish mumkinki, Qo‘chqor obrazi-o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos badiiy kashfiyotdir. Qo‘chqor sovet davri adabiyotida zavq bilan qalamga olingan mehnat qahramonlariga parodiya tariqasida yaratilgan. U-qizil imperiya, totalitar tuzum tarbiyalab etishtirgan “yangi davr farzandi”, mustabid hokimiyat munofiqona mafkurasining tirik qurboni. Sharof Boshbekov ushbu asarida hajviy iboralarni xalq tilidan olib o‘z personajlarida mohirona qo‘llay olgan. Komediyada muallif ayniqsa, personajlar nutqini individuallashtirish jarayonida har bir so‘z va iboraning mazmundor, ko‘p qirrali, xususan, komik mohiyatli bo‘lishiga erishgan. Personajlar nutqining individualligi ularni aniq shaxs timsolida gavdalantiradi. Misol uchun, asar qahramonlaridan biri Olimjonning “progress”, “mikrosxema”, “kompleks” kabi so‘zlarni ishlatishi uning ziyoli shaxs ekanligidan dalolat beradi va bu o‘z navbatida personajning o‘ziga xosligini ham ta’minlagan. Komediyaning bosh qahramonlaridan biri Qo‘chqor hisoblanadi. U asar voqealarini harakatga keltirishda etakchi kuch vazifasini o‘tagan. Asar voqealari bevosita Qo‘chqor bilan bog‘liq tarzda kechadi hamda o‘sha davr voqeligi uning hayoti bilan chambarchas bog‘langan holda gavdalantirib berilgan. Ayniqsa, Qo‘chqorning o‘sha davr qishloq mehnatkashlarida uchrovchi xususiyatlarni o‘zida umumlashtirib, aniq shaxs timsolida tasivr etilganligi va janr talabiga muvofiq ozgina bo‘rttirib talqin qilinganligi asarning komikligini yanada oshirgan. 595 Endi bevosita asar voqealariga murojaat qiladigan bo‘lsak, asar qahramoni Qo‘chqor oddiy qishloq traktorchisi, ertadan to qora kechgacha tinmay ishlasada, hech biri ikki bo‘lmaydi. O‘zi azamat paxtakor bo‘lsada na kiyinishi, na ko‘rpa-yostig‘ini tayini bor, hovli-joyini, turmush tarziniku gapirmasa ham bo‘ladi. Lekin Qo‘chqorning o‘zi bunday hayot tarzidan hech ham nolimaydi, aksincha, uning o‘zi “Nasibangiz menday odam bilan qo‘shilgan ekanmi, omadning kelgani shu-da. Qo‘chqor aka, desangiz, qishloqning etti yoshidan etmish yoshigacha “ho‘-o‘ ana hovlisi” deydi. Kolxozda obro‘ yomonmas. Suratimiz necha yildan beri “Hurmat taxtasi”dan tushmaydi. Anavi kuni qarasam, sarg‘ayib ham ketibdi. Kelayotganingizda ko‘zingiz tushgandir, shundoq idoraning oldida.... . Ha-ya.... Xullas, idoraning oldida. Esimni tanibmanki, traktor haydayman. Yomon bo‘lganimiz yo‘q, birovdan oldin, birovdan keyin deganday.... (hijolat bo‘lib). Bir marta, deng, rayondagi bayram namoyishida minbardayam turganman, kattalar bilan. G‘alati bo‘lar ekan.... Xo‘sh deganingizdan bilsak, ikki marta Toshkentgayam borganman. Shaharmisan-shaharda lekin! E, ko‘raman degan odamga dunyo keng ekan, Alomatxon! Ana, bitta kolxozchiga bundan ortiq yana nima kerak?....” Deb maqtanib ham qo‘yadi. U bundan boshqacha yashashni orzu qila olmaydi, hatto tasavvuriga ham sig‘dirmaydi. Chunki Qo‘chqor xuddi shunday ruhda tarbiya topgan, shu tarzda yashashga uni o‘sha tuzum, o‘sha davr mafkurasi majbur qilar edi. Komediyadagi yana bir diqqatga sazovor obrazlardan biri bu Alomatxondir. Alomatxon insonga xos to‘liq xarakter xususiyatlarga ega emas, chunki u temirdan yasalgan, Olimjonning bir necha yillik mehnatining mahsuli hisoblanadi. Aynan Alomatxon Qo‘chqorning asl turmush tarzi qay ahvolda ekanligini uning yuziga aytadi. Va bu bilan muallif o‘zbek xalqining iqtisodiy jihatdan qashshoqligini ta’kidlashi barobarida, uning ma’naviy qiyofasi, tafakkuri ham zaiflashib borayotganligini ko‘rsatib berishga harakat qiladi. Darhaqiqat, o‘sha sobiq sho‘rolarning eng gullagan 60-70-yillarida xalq hayoti juda yuqori darajada, deb ommaviy axborot vositalarida, turli minbarlarda turib baralla jar solinsada, lekin aslida mahalliy xalqlarning turmush tarzi o‘sha minbarlarda maqtaladigan darajada emas edi. Asl haqiqatni aytish uchun esa bir azamat topilmas, topilsada unga yana o‘sha siyosiy tuzum, mafkura yalovbardorlari hech qachon yo‘l berishmas edi. Bunday mafkuraning temir qoliplarini yorib chiqish uchun esa inson tanasi kamida Alomatxonniki kabi temirdan, balki undan ham mustahkamroq bo‘lishi lozim edi. Paxta yakka hokimligi shu qadar yuqori darajaga ko‘tarilgan ediki, etti yashardan to etmish yashargacha, erta bahordan kech kuzgacha paxta dalalarida yurt farovonligi uchun mehnat qilishar, lekin buning natijasida yurt farovonligi oshishi
Доказательный фрагмент
«Maqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada ijtimoiy muhit va shaxs talqini Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyasi misolida tahlilga tortilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Istanbul nusxasi, turkiy tillar, Sankt-Peterburg nusxasi, Turkic languages, O‘zbek tili tarixi, “Nahjul farodis”, Mahmud ibn Ali al-Saroy, turkologiya., Qozon nusxasi, Mahmud ibn Ali as-Saroyi, Xorazm, eski o‘zbek adabiy tili, History of the Uzbek language, Oltin O‘rda, Old Uzbek literary language
Смежные источники
The American Journal of Social Science and Education InnovationsPragmatic Aspect, + Yugay Nadejda Yurevna +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsScientific Project For Humanities Students, Rakhimov Adham Barat Oglu +12021
The American Journal of Social Science and Education InnovationsTorayeva Sayyora Sattorovna2020