Interpretation and researchesШ. Саттаров2026
“BOBURNOMA”NING QOZOQCHA TARJIMASI BILAN BOG‘LIQ MUAMMOLAR
Laylo HAYITOVA (Тошкент.)
Современная наука и исследования · 2019
Аннотация
Ruhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o‘zbek adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda. Mazkur maqolada bu tushunchaning o‘zbek adabiyotshunosligida kasb etgan mohiyati, xususan, badiiy psixologizm muammosining o‘zbek adabiyoti va adabiyotshunosligida tutgan o‘rni va tadqiqi masalasi o‘rganildi. Kalit so‘zlar. badiiy psixologizm, obraz, ruhiy tasvir, adabiyotshunoslik, tamoyil, psixologik tahlil. Ruhiy tasvir badiiy asar mag’zini hosil qiladigan tushuncha. Qahramonlar ruhiyati to‘la yoritilmagan asar har qancha qiziqarli syujetga ega bo‘lmasin, kitobxon qalbidan o‘rin ololmaydi. Chunki ichki dunyosi, kechinmalari puxta ifodalanmagan obrazlar badiiy obraz darajasiga ko‘tarilmaydi. Bunday obraz ta’sirchanlik, tabiiylik kabi o‘quvchini rom etadigan xislatlardan mahrum bo‘ladi. Shu bois XX asrdan boshlab o‘zbek adabiyotshunosligida ham badiiy psixologizm muammosini o‘rganishga alohida e’tibor berila boshlandi. XX asrning turli yillarida yaratilgan ilmiy ishlar, xususan, H. Umurovning “Badiiy psixologizm va hozirgi o‘zbek romanchiligi”, N. Shodiyevning “Abdulla Qahhorning psixologik tasvir mahorati”(“Sarob” va “Sinchalak” asarlari misolida), M. Abdurahmonovaning “Abdulla Qodiriyning psixologik tasvir mahorati”, A. Xolmurodovning “Odil Yoqubov romanlarida psixologizm” kabi dissertatsion ishlarda badiiy psixologizm masalasining turli qirralari tadqiq etildi. S. Matyoqubovning “Badiiy psixologizm qirralari”, A. Alimuhamedovning “Abdulla Qahhor hikoyalarida ruhiy tasvir”, I. Rahimovning “Ruhiy tahlil va ijod”, Jabbor Eshonqulning “Ruhiy tahlil metodi xususida”, O. Avazovaning “Psixologik tahlil qirralari”, M. Rustamovaning “Hozirgi hikoyachilikda ruhiyat talqini” singari maqolalarida qahramon ruhiyati va uning badiiy asardagi ifodasiga xos ayrim muhim masalalar o‘rganildi. Bundan tashqari o‘zbek olimlaridan A. Rasulov, B.Nazarov, U. Normatov, H. Boltaboyev, B. Karimov, Q. Yo‘ldoshev, D. Quronov, I. Yoqubov, A. Erkinov, Q. Qahramonovlarning doktorlik va nomzodlik dissertatsiyalarida, monografiya va maqolalarida, adabiyotshunoslik va adabiy tanqidga oid darslik hamda o‘quv qo‘llanmalarida badiiy psixologizm masalasiga doir muhim fikr-mulohazalar bildirilgan. 343 Bu tadqiqot ishlarining har birida muammo mohiyatini yorituvchi muhim fikrlar va xulosalar berildi, ma’lum bir yozuvchi ijodi misolida tahlillar, talqinlar amalga oshirildi. Ammo bir nechta ilmiy ish va tadqiqotlar qilinganiga qaramay badiiy psixologizm muammosi jahon adabiyotshunosligida hali to‘la o‘ragilmagan, yechimini kutayotgan muhim masalalardan biri bo‘lib qolmoqda. Binobarin, badiiy psixologizm muammosinining aniq tavsifi va yaxlit konsepsiyasi ishlab chiqilgani yo‘q. Shuning uchun ham so‘nggi yillarda bu masala tadqiqiga doir ishlar yana ko‘paydi. O‘zbek adabiyotshunosligida ruhiy tasvir masalasini maxsus o‘rgangan olimlardan biri Hotam Umurov badiiy psixologizmning tur va vositalari to‘g‘risida to‘xtalar ekan, shunday yozadi: “Adabiyotshunoslikka oid manbalarda badiiy psixologizmning dinamik, tipologik va analitik prinsiplari farqlab ko‘rsatiladi. Dinamik prinsipda personaj ruhiyati uning muayyan hayotiy situatsiyalarda o‘zini tutishi, xatti-haralkatlari va gap-so‘zlari orqali ochiladi. Badiiy psixologizmning tipologik prinsipi personaj ruhiyatini u shakllangan va harakatlanayotgan muhit shart-sharoitlari bilan bog’lagan, shulardan kelib chiqqan holda tasvirlashni nazarda tutadi. Analitik prinsip esa personaj dilidagi his-tuyg’ular, ongidagi o‘y-fikrlarning ildizlari, tadrijini jarayon tarziday izchil va atroflicha tasvirlashni taqozo etadi.”[2;49] Ma’lumki, sho‘ro adabiyotida yozuvchi fokusi asosan insonning ichki dunyosi va o‘y- kechinmalariga emas, uning jamiyatdagi roli, mehnati va hayot tarzi siyosiy tuzum g’oyalariga qanchalik muvofiqligiga qaratildi. Tabiiyki, bu adabiyotning tadqiqi ham xuddi shu yo‘sinda kechadi. Ammo mustaqillik davriga kelib ijodkorlar inson ruhiy dunyosi, og‘riqlari-yu iztiroblari, kechinmalari tasviriga birlamchi ahamiyat qaratdilar. Xususan, P. Kenjayevaning “Hozirgi o‘zbek hikoylarida qahramon ruhiyati” mavzusida (2005)gi nomzodlik dissertatsiyasida “Siyosiy tuzumning o‘zgarishi ijtimoiy munosabatlarning yangilanishiga, jamiyat a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarning yangilanishi ularning ruhiyati, ma’naviy olamidagi o‘zgarishlarga sabab bo‘lganligi va millat ahli ma’naviy olamidagi bu holat keyingi davrda yaratilgan hikoyalarning qahramonlari ruhiyatidagi evrilishlarni keltirib chiqarganligi hozirgi o‘zbek hikoyanavislarining asarlari misolida ko‘rsatib berildi.”[4:9] Mazkur tadqiqot ishida Erkin A’zam, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo, Jamila Ergasheva, Zulfiya Qurolboy qizi kabi bir nechta yozuvchilarning hikoyalari psixologik tahlilga tortilishi barobarida davr adabiyoti va adabiyotshunosligida badiiy psixologizmning o‘rni, ruhiy tasvirning yetakchi tamoyillari va o‘ziga xosligi aniqlanadi. Ruhiy tasvir tadqiqi xususida adabiyotshunos M. Boboxonning quyidagi fikrlari ahamiyatlidir: “Badii
Доказательный фрагмент
«Ruhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o‘zbek adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюRuhiy tasvir nafaqat dunyo adabiyotshunosligida, balki o‘zbek adabiyotshunosligida ham atroflicha o‘rganilmoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy moslashuv, 5-6 sinf o'quvchilari, moslashish xususiyatlari, “Boburnoma”, memoir, nusxa, tarjimon, asliyat, kazakh, copy, “Babыrnama”, research, translator, “Vekayi”, qo‘lyozma, tarjima, memuar, tadqiqot, maqol., original version, proverb., translation, ibora, qozoqcha, idiom, sharqshunos, manuscript
Смежные источники
Interpretation and researchesЗокиржонова Ф. Р., Туленова К. Ж2026
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025