Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KUL TIGIN BITIGTIGIDA QO‘LLANGAN BA’ZI SO‘ZLARNING MA’NO KO‘LAMI
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · MA’NO KO‘LAMI · Baxtiyor Abdushukurov
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
Ushbu maqolada Kul tigin bitigtoshida qo‘llangan ayrim leksik birliklar semantikasiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, yodnomada ifodalangan so‘zlar qadimgi turkiy til, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili manbalari hamda hozirgi o‘zbek adabiy tili bilan qiyosiy o‘rganilgan. Natijada bu atamalarning davrlar o‘tishi bilan rivojlanishi, o‘zgarishi va zamonaviy adabiy tilga ko‘chishi, faol qo‘llangan leksema turli omillar bois arxaiklashib qolishi, u o‘rnini boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga bo‘shatib berishi singari masalalarga oydinlik kiritilgan. Kalit soʻzlar: turkiy tillar, run bitiklari, leksik qatlam, Kul tigin, arxaik unsurlar, yozma manbalar, ichki omil, ekstralingvistik omil, eski turkiy til, eski o‘zbek adabiy tili. Turkiy tillar leksik qatlamini tadqiq etishda run bitiklari eng qadimiy obidalardan hisoblanadi. Ammo ayrim turkologlar bu yodgorliklarning turkiy tillar uchun “bobo til” sifatida qaralishini ma’qullamaydilar va hozirgi turkiy tillardagi arxaik elementlarning bitiktoshlarda uchramasligini asos sifatida keltiradilar. Bu yodnomalar tilining umumturkiy til emas, balki shu tilning kichik bo‘lagi ekanligini o‘rinli ta’kidlaydilar. Darhaqiqat, yozma manbalar davr tili xususiyatlarini imkon qadar to‘liq aks ettiradi, ammo yodgorliklar tili davr tilining ayni o‘zi emas. Bunda muallifning so‘z qo‘llash mahorati, fikrini to‘liq aks ettira olish qobiliyati, nutqiy imkoniyati ham o‘ziga xos o‘rin tutadi. O‘rxun-Yenasoy yozma yodgorliklari turkiy tillarning qadimiy xususiyatlarini mukammal aks ettira olmasa-da, turkiy tillarning tarixiy taraqqiyot bosqichiga oid muhim manba sifatida ahamiyatlidir. Qadimgi turkiy tilning run yozuvida bitilgan namunalaridan biri Kul tigin bitigidir. Bu bitiktosh ikkinchi turk xoqonligi asoschisi Eltarish xoqonning kichik o‘g‘li Kul tigin sharafiga qo‘yilgan. U 731-yilda 47 yoshida vafot etgan. Yodgorlik uning akasi Bilga xoqon tomonidan 732-yilda o‘rnatilgan. Matn muallifi esa Bilga xoqonning o‘g‘li Yo‘llug‘ tegin. Bitiktosh Mo‘g‘ulistonning Kosho-Saydam vodiysida Oʻrxun daryosining qirg‘og‘ida topilgan. Hozir ham o‘rnatilgan joyida turibdi. Yodgorlikdagi asosiy matn turkiy tilda. Ters yuzida xitoycha matn ham bor. Turkiysi o‘rxun-yenisey xatida yozilgan. 295 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Yozma manbalar tilini o‘rganish leksikologiyaning nazariy qoidalarini asoslashga yordam beradi, mazkur tilda so‘zlashuvchi xalqning boshqa xalqlar bilan o‘zaro aloqa, munosabatlarini belgilash va baholashda muhim vositalardan biri sanaladi. Leksika tilning boshqa sohalariga nisbatan turli ichki va tashqi ta’sirlarni o‘zida mujassam etgani bois, xalqning madaniy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o‘zgarish va o‘sishni aniqlashga ko‘maklashadi. [Бафоев Б., 1983] Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostonida “xudo, tangri”ni bildirib kelgan idi (quluŋ men idim sen; DTS,203) so‘zi ilk bor Kul tigin yodgorligida “sohib, ega”, “hokim” ma’nolarida voqelangan: …yär sub idisiz bolmazun täyin – yer-suv egasiz bo‘lmasun deb (KTb,19); Ötükän yïšda yeg idi yoq ermiš – O‘tikan vodiysida yaxshi xo‘jayin yo‘q ekan (KTb,4). Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida teonimning izi varianti “tangri” ma’nosida ishlatilgan (DTS,203). Nosiruddin Rabg‘uziy mazkur fonetik shaklni «ega», «xudo» semalarida qayd etgan: Qamuğ uqalā iδiläri allïnda muqarrar va ma’lum turur… (QR,218r15); Jabrāul iδi yarlïğï birlä yelgä erklik bolğan farištagä aydï… (QR,30v4). Bugungi kunda idi→izi→ezi→egä shaklida “sohib” ma’nosida qo‘llanib kelmoqda. “Tangri” ma’nosi esa Idiyev, Idimechev singari ruscha familiyalar, Idiqul, Ezidyor, Eziddin, Egam, Egamoy, Egamqul, Egamberdi, Egamnazar, Egamshukur (O‘I,161,508,509), yaratgan egam, qodir egam, parvardigor egam, yolg‘iz egam kabi antroponim va birikmalar tarkibida uchraydi. So‘zning dastlabki Idi shakli Bilga hoqon bitigtoshida ïduqut (BXb,25) qo‘shma so‘zi tarkibida unvonga nisbatan qo‘llanib, XII-XIV asrlarga mansub uyg‘ur yuridik hujjatlarida Idi qurt (DTS,203) tarzida kishi ismini ifodalagan bo‘lsa-da, eski o‘zbek tilida istifoda etilmaydi. Qadimgi turkiy tilda, xususan, Kul tigin bitigtoshida täŋri so‘zi ikki ma’noda ishlatilgan: “ulug‘ tangri, xudo”; “falak, osmon”: Täŋri-täg täŋridä bolmïš türük bilgä qaǧan – Tangri(osmon)day, tangridan bo‘lmish turk bilga (dono) xoqon (KTb,1). Bu so‘zning “xudo, iloh” ma’nosi turli dinlarda turlicha tushunilgan. Ko‘k tangri diniy tushunchasidagi Kök täŋri “ko‘kdagi tangri”ni bildirgan. Moniylik dinida esa quyidagi tasavvurlar amal qilgan: Kün Täŋri – Quyosh tangri, Ay Täŋri– Oy tangri, Yašïn Täŋri - Yashin tangri, Yel Täŋri – Yel tangri. Turk buddistlar tushunchasida Täŋri täŋrisi – Oliy tangri Buddadir. Musulmon turklarda Täŋri – Haq taolo(Alloh)dir. [Содиқов Қ.,2006] Bundan tashqari, “Oltun (tusli) yorug‘” yodgorligi va Yenisey bitigtoshlarida leksemaning “hukmdor, janob”, “diniy” semalari kuzatiladi: Bu sabïğ ešitip, men ötrü olarqa inča tep tedim
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Kul tigin bitigtoshida qo‘llangan ayrim leksik birliklar semantikasiga e’tibor qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Kul tigin bitigtoshida qo‘llangan ayrim leksik birliklar semantikasiga e’tibor qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ekstralingvistik omil, turkiy tillar, eski o‘zbek adabiy tili., eski turkiy til, leksik qatlam, Kul tigin, arxaik unsurlar, ichki omil, run bitiklari, yozma manbalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024