Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
“BOBURNOMA” LUG‘AT TARKIBIDA ARXAIZMLARNING O‘RNI
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Dadabayev Hamidulla Aripovich · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent
Современная наука и исследования · 2024
Аннотация
In the development of the old Uzbek literary language, along with Alisher Navoi and his predecessors such as Lutfi, Otoi, Sakkoki, Yaqini, his follower Babur also has a great place. Babur's works written in prose and verse are characterized by the fact that in these works materials related to all aspects of the Uzbek literary language of the 15th-16th centuries are reflected. "Boburnoma", which is considered the pinnacle of Babur's creativity, is not only rich in meaning and content, but also includes the basic layer of the ancient Turkic language (VII-X) and the first old Turkic language of the Karakhanid period (X-XII). Babur's use of old words used in the daily life of his ancestors should be considered as a sign of his boundless love and sincere respect for his mother tongue. The fact that certain archaisms used in "Boburnoma" are not recorded in other sources of the period indicates the greatness of Babur's phenomenon. 287 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Key words: archaism, affix, statistics, vocabulary, historicism, own layer, derivative, Turkish language. XVI yuzyillik o‘zbek adabiy tili so‘z boyligining yuqori bosqichga ko‘tarilishida Alisher Navoiy asarlari kabi Zahiruddin Muhammad Bobur bitgan obidalar, ayniqsa, “Boburnoma”ning muhim o‘ringa egaligi allaqachon ilm ahli tomonidan e’tirof etilgan. 1494-1529-yillar mobaynida Movarounnahr, Xuroson, Afg‘oniston, Bangola, Hindiston singari yurtlarda yuz bergan turfa tarixiy, ijtimoy, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, diniy, madaniy, maishiy voqea-hodisalar tasviri haqqoniy ravishda bayon etilgan. Asarni yozishda, olib borilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 14728 ta so‘z qo‘llangan [Холманова, 2021:73] . Ushbu sonning 8967 (61%) tasini turkiy qatlam tashkil qilishi, uning 7901 (53,64%) tasi eski o‘zbek adabiy tilida keng ishlatilgan, 700 (4,75%) tasi arxaik, 195 (1,31%) tasi esa Bobur tomonidangina iste’molga kiritilgan-okkozional leksik birliklar tashkil qilgani aniqlangan [Холманова, 2021:74]. Har qanday tilning nisbatan keyingi bosqichga doir so‘z boyligi oldingi davrlarda qo‘llanishda bo‘lgan, millatning azaldan shakllangan ruhi, o‘zligi, urf- odati, rasm-rusumlari, qolaversa, mentalitetini ifodalashga qodir o‘z qatlam zaminida rivojlanadi va takomillashadi. Tabiiy, kishilik jamiyatida sodir bo‘luvchi turli-tuman voqea-hodisalar, ya’ni tildan tashqarida kechuvchi omillarga o‘ta sergaklik va o‘z vaqtida munosabat bildiruvchi tilning leksik-semantik sathi qolgan sathlarga nisbatan tez o‘zgaruvchanligi, yangilikka haddan tashqari intiluvchanligi bilan ajralib turadi. Sir emaski, jamiyatning rivojlanishi, taraqqiy etishida falsafa kategoriyalaridan qarama-qarshilik va ziddiyat qonuniyatining roli juda muhim. Ya’ni insoniyat bosib o‘tgan tuzum-formatsiyalarning almashinishida qayd etilgan qonuniyatning o‘rni salmoqli. Ayni holat jamiyat-sotsiumsiz yuzaga kelishi mumkin bo‘lmagan til hamda uning sathlari tabiatida ham yaqqol voqelanadi. Dialektika qonunlariga muvofiq nafaqat kishilik jamiyati, shuningdek, borliqda ham doim eski va yangi o‘rtasida kurash ketadi. Yangi dunyoqarash, narsa- buyum, texnologiyaning paydo bo‘lishi eskining tarixga aylanishi, qo‘llanishdan chiqib ketishiga olib keladi. Modomiki, muayyan dunyoqarash, g‘oya, tushuncha, narsa-buyum nazardan chetda qolar ekan, ularni ifodalovchi so‘zlar, istilohlar ham umrini yakunlaydi, tarixiy so‘zlar-istorizmlar qatoridan o‘rin olishga majbur bo‘ladi. Tarixiy so‘zlar-istorizmlarga berilgan ta’riflarga nisbiylik nuqtai nazaridan munosabatda bo‘lish maqsadga muvofiq. Zotan, insoniyatning keyingi zamonlarida 288 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI ijod qilingan har qanday olim-u ulamo, fozil-u fuzalo, shoir-u yozuvchi millati o‘tmishini yoritishga bag‘ishlagan asarlarida o‘tmishda ajdodlari tafakkurida shakllangan olam manzarasini tasvirlashda o‘sha zamonning tiliga, ayniqsa, so‘z boyligiga murojaat qilmasdan iloji yo‘q. Zero, ajdodlarning qadim turmush tarziga taalluqli bo‘yoq-koloritni bugungi o‘quvchiga to‘laqonli yetkazishda xohlaydimi, xohlamaydimi eskirgan so‘zlarni ishlatishga majbur. Aks holda, kitobxon asarni chetga surib qo‘yishi aniq. U yoki bu tilning so‘z boyligini biror shaxs tomonidan har kuni yoxud onda- sonda kiyiladigan kiyim-kechaklar solingan sandiq yoki javonga o‘xshatish mumkin. Til sandig‘idan joy olgan so‘zlarning bir qismi qo‘llanishda o‘ta faolligi, boshqacha aytganda, chastotasi yuqoriligi, boshqa qismi esa “mudroqligi”- ishlatilish navbatini kutishi bilan xarakterlanadi. Qaysidir so‘zning “mudroqligi”, ya’ni oz qo‘llanishi u ifodalaydigan ma’noni anglatishda “raqibi” – ma’nodoshining faollashuvi bilan chambarchas bog‘liq. “Boburnoma” matnida arxaik birlik sifatida qayd etilgan 700 ta so‘zning qanchasi istorizm, qanchasi arxaizm ekanligini keyingi izlanishlarda aniqlash o‘zini oqlaydi, degan fikrdamiz. Ushbu ma’ruza sarlavhasidagi arxaizm termini ostida
Доказательный фрагмент
«In the development of the old Uzbek literary language, along with Alisher Navoi and his predecessors such as Lutfi, Otoi, Sakkoki, Yaqini, his follower Babur also has a great place.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the development of the old Uzbek literary language, along with Alisher Navoi and his predecessors such as Lutfi, Otoi, Sakkoki, Yaqini, his follower Babur also has a great place. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- archaism, affix, statistics, vocabulary, historicism, own layer, o‘z qatlam, affiks, arxaizm, so‘z boylik, derivative, istorizm, derivat, turkiy til., statistika, Turkish language.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024