К содержанию
РецензированоRU2017

УЗБЕКИСТАН – ЦЕНТРАЛЬНАЯ АЗИЯ: ДРУЖЕСТВЕННОЕ СОТРУДНИЧЕСТВО И ОТКРЫТОСТЬ

Axmedov Jalol Tursunmuratovich · Tolliboev Ma’ruf Ilxom o‘g‘li (Jizzax politexnika institute “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi) · O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev (Jizzax politexnika instituti 410-23 guruh talabasi)

Журнал универсальных научных исследований · 2 · 32-34 · 2017

Аннотация

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so‘z boradi. Bugun mintaqa xalqlari oldida umumiy sa’i-harakatlar bilan Markaziy Osiyoni barqaror iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdek bosh maqsad turibdi. SHu nuqtai nazardan mintaqa mamlakatlarining o‘zaro hamkorligi ko‘plab ekspertlar tomonidan tahlil qilib borilmoqda va o‘zining dolzarbligini ko‘rsatmoqda. Kalit so‘zlar: Markaziy Osiyo, BMT, MDH, SHHT, TDT, Maslahat uchrashuvi, konstruktiv tashqi siyosat, tinchlik, barqarorlik, xavfsizlik, strategik sheriklik, “xalq diplomatiyasi”. «Biz Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash, barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi murakkab vazifalarni izchil hal etib kelmoqdamiz. Bu yo‘lda ko‘plab to‘siqlar olib tashlandi, fuqarolarimizning erkin harakatlanishi, faol madaniy va sayyohlik almashinuvi uchun sharoitlar yaratildi». O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Bugungi tezkor davrda dunyo shaddat bilan o‘zgarib bormoqda. Bunday davrda Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Bugun mintaqa xalqlari oldida umumiy sa’i- harakatlar bilan Markaziy Osiyoni barqaror iqtisodiy rivojlangan va yuksak taraqqiy etgan mintaqaga aylantirishdek bosh maqsad turibdi. Mintaqa salohiyatini to‘la ruyobga chiqarish, o‘zaro ishonch va qo‘shnichilik va hamkorlikni mustahkamlash maqsadida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yilning sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotining 72-assambleyasida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvini doimiy o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgan edi. 391 Bu hayotiy tashabbus qardosh xalklarimiz tomonidan qo‘llab quvvatlandi va bir yil ichida amalga oshdi, hamda Maslahat uchrashuvlari muntazam o‘tkazilib kelinmoqda. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ochiqlik va yangilanishlar, mamlakatning tashqi siyosatida ham yangi bosqichga ko‘tarildi. O‘zbekiston xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatida, mintaqa va global darajada faol tashqi siyosatni yo‘lga qo‘yib, xorijiy hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirmoqda. Bunday izchil, aniq va konstruktiv tashqi siyosatni xalqaro ekspertlar va kuzatuvchilar ham e’tirof etmoqda. O‘zbekiston hukumati mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlabgina qolmasdan, mintaqa davlatlari va jahon hamjamiyati bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirishga alohida etibor qaratib kelmoqda. Ma’lumki, O‘zbekiston tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri – o‘z hududi atrofida tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish hisoblanadi. SHu nuqtai nazardan, Prezident SHavkat Mirziyoev qo‘shnilarimiz – Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona, yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashni asosiy ustuvor tashqi siyosiy yo‘nalish sifatida belgilab berdi. 2023 yil – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili” Davlat dasturi doirasida O‘zbekiston ochiq va pragmatik tashqi siyosiy faoliyatini, jumladan, Marziy Osiyo yo‘nalishida ham izchil davom ettirdi. Xususan, Markaziy Osiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan barcha sohalarda o‘zaro do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik ruhidagi munosabatlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga olib chiqish borasida tashqi siyosiy va iqtisodiy faoliyat bo‘yicha davlat idoralari tomonidan bir qancha yuqori darajadagi tashriflar va turli tadbirlar amalga oshirildi. Bu jarayonda “xalq diplomatiyasi” amalda juda faol bo‘lgani kuzatildi. Xususan, xalq vakillari – olimlar va rassomlar, madaniyat va din arboblari, ishbilarmonlar va yoshlar, turizm va sport tashkilotlari, jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlar ishtirokida ko‘plab turli uchrashuvlar, anjumanlar, videokonfrensiyalar va boshqa shu kabi tadbirlar o‘tkazildi. 392 YUkorida ta’kidlaganimizdek, Prezident SH. Mirziyoev tashabbusi bilan muntazam o‘tkazib kelinayotgan Markaziy Osiyodavlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari muhim o‘rin tutmoqda. Natijada mintaqadagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik darajasi yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, so‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan savdo aylanmasi yillik o‘rtacha 50 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan savdo aylanmasining umumiy hajmi 6,6 mlrd. dollarni tashkil etdi. Jumladan, O‘zbekistonning umumiy tashqi savdo aylanmasida Markaziy Osiyo davlatlarining ulushi yildan yilga oshib bormoqda hamda yangi yo‘nalishlarda savdo- iqtisodiy munosabatlar yo‘lga qo‘yilmokda, bu esa o‘z navbatida mintaqaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga yordam bermoqda. SHuningdek, 2020-2023 yillar davomida O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan ochiq, konstruktiv, puxta o‘ylangan va pragmatik siyosati natijasida suvdan foydalanish, O‘zbekiston va qo‘shni dav

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so‘z boradi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Markaziy Osiyoda barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
xavfsizlik, Центральная Азия, стабильность, BMT, «народная дипломатия»., strategik sheriklik, peace, ООН, Markaziy Osiyo, TDT, Maslahat uchrashuvi, Central Asia, ШОС, CIS, SCO, Consultative meeting, security, UN, СНГ, мир, tinchlik, konstruktiv tashqi siyosat, ТДТ, constructive foreign policy, Консультативная встреча, MDH, конструктивная внешняя политика, “xalq diplomatiyasi”., стратегическое партнерство, barqarorlik, strategic partnership, безопасность, SHHT, stability
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники