К содержанию
РецензированоRU2023

ВОПРОСЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ БЕЗОПАСНОСТИ БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ СТРАНЫ

ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА · TA'MINLASH MASALALARI · Turopova Nigora Xolmurod qizi · Jumaqulov Baxtiyor Abror o'g'li · БАНКОВСКОЙ СИСТЕМЫ СТРАНЫ · COUNTRY'S BANKING SYSTEM

Журнал универсальных научных исследований · 2 · 2023

Аннотация

In this article, the author's opinion on the possibilities of development of the national economy in our country is presented. In addition, proposals and recommendations on the directions of economic development have been developed. Key words: national economy, currency relations, fiscal policy, automobile industry, agriculture. 335 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел Mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha soha va tarmoqlarini tubdan rivojlantirish, iqtisodiyotning lokomativ tarmoqlarini aniq belgilab olgan holda milliy iqtisodiyotimizni rivojlantirish imkoniyatlari yaratib kelinmoqda. Prezident taqdim etgan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yo'nalishdan iborat bo'lib, u 5 yil avval qabul qilingan Harakatlar strategiyasi va uning doirasida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli islohotlarning uzviy davomi ekanligi bilan ahamiyatlidir. Xususan, Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi - milliy iqtisodiyotni, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish yo'nalishi bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarni Harakatlar strategiyasining iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo'nalishlari doirasida boshlangan islohotlarning davomi sifatida baholash mumkinligini aks ettiradi. Aynan shu Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning meyoriy-huquqiy asosi sifatida gavdalanadi. O'z o'rnida shuni ham aytish joizki, samarali amalga oshirilgan islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat debochasiga garovdir. 2022-2026-yillardagi ustuvor vazifa sifatida, aynan iqtisodiyotning real sektorini rivojlantirish orqali aholi jon boshiga YalM hajmini oshirish ko'zda tutilganligida ham o'ziga xos ma'no bor. O'tgan besh yil, ya'ni 2017-2021-yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida sanoatning yetakchi tarmoqlari (to'qimachilik, elektrotexnika, avtomobil sanoati, qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq xo'jaligi mashinasozligi, energetika kabi tarmoqlar)ni rivojlantirish strategiyalari qabul qilindi. Bu ham milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning bir imkoniyati ekanligini ko'ramiz. Shuningdek, qishloq xo'jaligida erkin raqobatni ta'minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish, xususan paxta va g'alla yetishtirishda davlat buyurtmasini bekor qilish orqali ishlab chiqarishda iqtisodiy samaradorlik va mahsulot ishlab chiqaruvchilar manfaatdorligi oshirildi. O'z navbatida, hududlarning iqtisodiy potentsialini oshirish maqsadida erkin iqtisodiy zonalar tashkil etildi, mazkur zonalarga xorijiy investorlarni jalb qilish uchun tegishli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etildi. Yetakchi tarmoqlarga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilib, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur infratuzilmalar barpo etildi. Yirik ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan innovatsion texnoparklar tashkil etilib, ularda 336 https://universalpublishings.com МЕДИЦИНА, ПЕДАГОГИКА И ТЕХНОЛОГИЯ: ТЕОРИЯ И ПРАКТИКА Researchbib Impact factor: 11.79/2023 SJIF 2024 = 5.444 Том 2, Выпуск 4, 30 Апрел zamonaviy ilm-fan yutuqlari orqali yaratilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga, O'zbekistonda turizm sohasini tubdan isloh qilish orqali sayyohlik infratuzilmasi rivojlantirildi, sayyohlik xizmatlari tarkibining (ziyorat turizmi, tibbiy turizm, kino turizmi va hokazolar) yana ham kengaytirilishi natijasida mamlakatning sayyohlik potensiali yildan yilga oshib bormoqda. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasiga muvofiq, 2022-2026-yillarda yuqorida ta'kidlab o'tilgan yo'nalishlarda amalga oshirilgan islohotlarni samarali davom ettirish, mavjud resurs va imkoniyatlarni safarbar etgan holda, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan yalpi ichki mahsulot hajmini yanada oshirish, 2030 yilga borib esa, O'zbekiston jon boshiga hisoblaganda, aholi daromadlari o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lgan davlatlar qatoriga kirish maqsad qilingan. Bunga esa, o'z navbatida, xususiy sektorni rag'batlantirish va uning ulushini oshirish, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va drayver sohalarda klaster tizimini rivojlantirish orqali erishish ko'zda tutilgan. O'z o'rnida aytish lozimki, iqtisodiyotdagi yetakchi tarmoqlarning samarali va jadal rivojlanishi mamlakatdagi YaIM hajmining ortishi va shu orqali aholi jon boshiga YaIM hajmining oshishiga ham olib keladi. Qayd etish muhimki, 2017-yilda boshlangan iqtisodiyotni liberallashtirish va bozor mexanizmlari rolini oshirishga qaratilgan eng muhim iqtisodiy islohotlardan biri, bu milliy valyuta almashuv kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanish tamoyillarini joriy etish orqali ichki valyuta bozorini bosqichma-bosqich liberallashtirilishi bilan bog'liq amaliy qadamlar bo'ldi. Shu bilan birga, pul-kredit (monetar) siyosati sohasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirildi, jumladan to'lov tizimlari rivojlantirildi, chet e

Доказательный фрагмент

«In this article, the author's opinion on the possibilities of development of the national economy in our country is presented.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this article, the author's opinion on the possibilities of development of the national economy in our country is presented. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
national economy, currency relations, fiscal policy, automobile, автомобильная промышленность, valyuta munosbatlari, automobile industry, национальная экономика, agriculture, фискальная политика, milliy iqtisodiyot, avtomobilsozlik, сельское хозяйство, fiskal siyosat, валютные отношения, qishloq xo'jaligi
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники