К содержанию
РецензированоUZ2024

SINONIMAYZER IMKONIYATLARI VA UNING AHAMIYATI

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · Mahkamova Dilafruz Shavkat qizi

Современная наука и исследования · 2 · 177- 181 · 2024

Аннотация

Maqolada matnni betakror qilishga, kopirayter va tarjimonlar ishini yengillashtirishga, antiplagiat dasturini mukammallashtirishga, plagiatga qarshi antiplagiat yaratishga yordam beradigan sinonimizatorning imkoniyatlari bir necha yaratilgan dasturlar misolida ko‘rsatib berilgan. https://www.articlerewriter.net/, OnlineGPT, http://kopirajter.by/kopirajteru/sinonimayzer-teksta/ algoritmlarida sinonimayzerlarning ishlash funksiyalari va ahamiyati sanab o‘tilgan. O‘zbek tili uchun sinonimayzer yaratish masalasi va uning muhimligi misollarda keltirilgan. Kalit so‘zlar: Sinonimayzer, antiplagiat, leksikografiya, sinonimlar bazasi, matn generatori Annotation. The article shows the capabilities of the synonymizer, which helps to make the text unique, ease the work of copywriters and translators, perfect the anti-plagiarism program, and create an anti-plagiarism anti-plagiarism program on the example of several created programs. https://www.articlerewriter.net/, Online GPT, http://kopirajter.by/kopirajteru/sinonimayzer-teksta/ algorithms list the functions and importance of synonymizers. The issue of creating a synonymizer for the Uzbek language and its importance are presented in examples. Keywords: Synonymizer, anti-plagiarism, lexicography, synonym base, text generator Tobora rivojlanayotgan axborot zamonida o‘zbek tilidagi axborotlarni raqamlashtirish, lug‘atlarni kompyuter uchun moslashtirish bilan birga ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettira oladigan dasturlar yaratish tabiiy tilni qayta ishlash yo‘lidagi ilg‘or qadamlardan biri bo‘la oladi[1]. Tilning xususiyatlarini komyuter dasturlari, veb-sayt, veb-ilova ko‘rinishida ochib berish tildan unumli va oson, keng miqyosda foydalanishga yo‘l ochadi. Bu borada kompyuter va til integratsiyasi mahsuli bo‘lmish sinonimayzerning o‘zbek tili va uning xususiyatidan kelib chiqib yaratish va matnlarning avtomatik tarjima, tahrir va tahlil qilishga erishish ko‘plab sohalarning rivojiga, istiqboliga keng yo‘l ochadi. Sinonimayzer – bu matndagi so‘z birikmalari va so‘zlarni sinonimlar (dastur bazasida joylashgan) bilan almashtiradigan dastur. Ayrim manbalarda 184 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI sinonimizator, sinomizator nomlari bilan yuritiladi [2]. Sinonimayzerlar aksariyat hollarda veb-sayt ko‘rinishida yoki veb-ilova ko‘rinishida yasaladi. Sinomayzerlar bugungi kunda dunyoning aksariyat ommalashgan tillarida yaratilgan. Ular orasida ingliz, rus, ukrain, qozoq, turk va boshqa tillarni ko‘rish mumkin [3]. Sinonimayzer katta hajmdagi matnlar, so‘z birikmalari, tarjimalarda foydali hisoblanib, u orqali til birliklarini boshqa matnga muvofiq va muqobil variantiga almashtirish imkoniga ega bo‘lamiz[4]. Bu almashtiruv plagiatga yordam berishi mumkin degan gumon ham mavjud. Ammo bu jarayon plagiatning oldini oladi va antiplagiatga qarshi antiplagiat vazifasini bajaradi. Sinonimayzerlarning amalda ishlab turgan versiyalarining xususiyatlari bilan tanishib chiqamiz: 1. https://www.articlerewriter.net/ sayti 10 ta tilda matnlardagi so‘zlarni ma’no g‘alizligi yuzaga kelmagan holatda sinonimlariga o‘girib bera oladi [5]. Bu algoritm maqolalarni mazmunini yoki umumiy g‘oyasini o‘zgartirmasdan qayta yozadi. Bu dasturdan foydalanish va matnni bir necha marta tahlil qilish orqali plagiatsiz kontentni taqdim qilish mumkin. Bu veb-sayt kimningdir maqolasini qayta yozuvchi shaxs tomonidan berilgan natijalarni 100% tekshiradi va ko‘chirish jarayonida qaysi so‘zlar o‘zgasiga qay tartibda o‘zgartirilganini ko‘rsatadi. Bu bevosita plagiatning oldini oladi. Bu algoritm kontent yozayotganda so‘z boyligini izlovchilar, ilmiy izlanuvchilar, tarjimonlar, til o‘rganuvchilar, leksikograflar, parameologlar uchun foydali hisoblanadi. Dasturning afzallik xususiyatlaridan yana biri dastur analiz qilingan matnning grammatik tahlilini o‘tkaza oladi va o‘rnatilgan grammatik me’yorlar bo‘yicha umumiy va xususiy kamchiliklarni ko‘rsata oladi. Dastur matndagi so‘zlarni iboralar, tasviriy ifodalar bilan boyitish, plagiarizmni tekshirish, maqolani tamoman boshqa so‘z uslubida yozish, oxirida umumiy xulosa berish funksiyalariga ega. 2. Online GPT – neyrotarmoq orqali matnlarni qayta ishlash algoritmi [6]. Bu algoritm matnlarni orfografik, morfologik, fonetik, sintaktik, punktuatsion tahlil qilib beradi, urg‘usini aniqlaydi, shu bilan birga matndagi so‘zlarni sinonimayzerlay oladi. Bu jarayonlar faqat rus tili va uning grammatikasi uchun ishlaydi. Sinonimator Online GPT uchun nima va u qanday ishlaydi? Sinonimator neyron tarmoqlardan foydalangan holda matnni tarjima qilishga yordam beradigan vositadir. Bu shunday ishlaydi: 1. Avval sinonimizator matnni alohida so‘z va iboralarga bo‘lib tahlil qiladi. 2. Keyin matndagi har bir so‘z va ibora uchun sinonim va o‘xshash so‘zlarni topish uchun katta hajmdagi matn ustida barcha ma’lumotlar avvaldan kiritilgan neyron tarmoqdan foydalanadi. 3. Shundan so‘ng sinonimizator matndagi asl so‘z va iboralar

Доказательный фрагмент

«Maqolada matnni betakror qilishga, kopirayter va tarjimonlar ishini yengillashtirishga, antiplagiat dasturini mukammallashtirishga, plagiatga qarshi antiplagiat yaratishga yordam beradigan sinonimizatorning imkoniyatl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada matnni betakror qilishga, kopirayter va tarjimonlar ishini yengillashtirishga, antiplagiat dasturini mukammallashtirishga, plagiatga qarshi antiplagiat yaratishga yordam beradigan sinonimizatorning imkoniyatl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Synonymizer, anti-plagiarism, lexicography, synonym base, text, sinonimlar bazasi, Sinonimayzer, text generator, leksikografiya, antiplagiat, matn generatori
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники