К содержанию
РецензированоUZ2024

TIL VA IDENTIKLIK MUNOSABATI TADQIQIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVNING AHAMIYATI XUSUSIDA

TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · YONDASHUVNING AHAMIYATI XUSUSIDA · Ibraximova Iroda Bobir qizi

Современная наука и исследования · 1 · 2024

Аннотация

This article discusses why the psychological approach is essential in studying the link between language and identity. Scientists’ opinions and reasoning highlight this importance, leading to the examination of how psychoanalysis can be used in linguistic identity research. Key words: identity, language identity, sociolingustics, psycholinguistics, psychological approach. Garchi til va identiklik o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va aloqalar so‘nggi yillarda faol ravishda o‘rganila boshlagan bo‘lsa-da, sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalar, muammolar va javob topilmagan savollar bisyor. Turfa nazariyalar ishlab chiqildi, ko‘plab amaliy tadqiqotlar olib borildi, lisoniy identiklik tadqiqotlarini tashkil etish bo‘yicha tavsiya va ishlanmalar chop etildi. Biroq qo‘lga kiritilgan natijalar, lisoniy identiklik tadqiqotlari sohasini yaxshi shakllangan deya baholash uchun hali yetarli emas. Soha mutaxassislari lisoniy identiklik tadqiqidagi ilmiy bo‘shliqlar haqida bot-bot fikr-mulohaza va tahlillarini keng jamoatchilik bilan bo‘lishib kelayotgan bo‘lsa-da, ularni to‘ldirish uchun katta hajmdagi mehnat, izlanish, ma’lumot va natijalarga ehtiyoj bor. Lisoniy identiklik tadqiqotlari tahlilida psixologik yondashuvning yetishmasligi, tadqiqot ishtirokchilari soni kamligi, kuzatuvlar yetarlicha uzoq muddatli davom etmagani, intervyular doim ham ona tilida, yoki qatnashchi 99 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI tanloviga ko‘ra istalgan tilda olinmagani, identiklikning o‘zi bir nechta bo‘lishi va doimiy o‘zgarishda ekanligi, ishlarning asosiy qismi ingliz tili bilan bog‘liq bo‘lib, boshqa tillarda so‘zlashuvchilar lisoniy identikligi nisbatan kam tadqiq etilgani kabi masalalar shunday kamchiliklardan ba’zilari bo‘lib, ushbu maqolada shu va boshqa muammolar xususidagi olimlarning ilmiy mushohadalari tahlil qilinadi va ehtimoliy yechimlar ko‘rib chiqiladi. Til va identiklik tadqiqlarida psixologik yondashuvning ahamiyati, va mavjud ishlarda ushbu aspektning yetarlicha yoritilmaganligi xususidagi tanqidiy tahlillar bir qator olimlar, xususan, Block, Norton, Layder, Bendle, va Grangerlar tomonidan ta’kidlangan. Jumladan, David Block til va identiklik tadqiqotlarida 3 masalani muhim sanaydi: 1. Til va identiklik bilan bog‘liq ishlarning ko‘pchilik qismi asosan ijtimoiy yondashuv asosida olib borilayotgan bir sharoitda psixologik yondashuvning potensial foydalari; 2. Til va identiklik tadqiqotlarida mustaqil tanlov (individual agency) va ijtimoiy strukturalar orasidagi aloqadorlikni oydinlashtirish; hamda 3. Hayotning moddiy sharoitlaridan identiklik siyosatini ustun qo‘yuvchi (irq, etnik kelib chiqish, jins, jinsiylik, millat va til kabi identiklik ko‘rinishlari bilan bog‘liq) tadqiqotlarda ijtimoiy-iqtisodiy tabaqalanish va ijtimoiy sinf nuqtayi nazarini qo‘shishning potensial foydalari [Block, 2013:11]. Block til va identiklik bilan bog‘liq tadqiqotlarda tadqiqotchilar asosan identiklikning ijtimoiy jihatlariga va uning kundalik ijtimoiy faoliyatdagi o‘zaro ta’sirlar orqali qanday paydo bo‘lishiga e’tibor qaratishlari, identiklik qanday tuzilganligini tushunish uchun odamlardan odatda o‘z hayotlari haqida gapirib berishlarini so‘rash bilan cheklanganligini yozib, unga Layderning quyidagi fikrlarini asos qilib keltirgan: ‘O‘zlikni (self) faqat tashqi ijtimoiy kuchlar ta’sirida shakllangan tashqi tuzilishgagina ega bo‘lgan oddiy ijtimoiy tuzilma deb o‘ylash xato bo‘ladi’. Bunday xato yondashuvning oldini olish uchun Layder insonning shaxs sifatida rivojlanishi bo‘lmish ‘hayot kariyerasi’ni, boshqacha aytganda ‘psixobiografiyasi’ni o‘rganish kerak, deb hisoblaydi [Layder, 1997:39]. Layder identiklikka ko‘proq psixologik yondashish kerakligini ta’kidlagani bilan, u psixologik nazariyasining aniq tabiatini tushuntirmagan. U ishida Schefning uyat va hijolatlik emotsiyalari xususidagi ishiga tayanadi va Laingning ‘ontologik xavfsizlik/xavfsiz emaslik’ qarashlariga murojaat qiladi. Shunday qilib, identiklik tadqiqotlarida psixobiografik yondashuv masalasi qo‘shimcha izoh va tushuntirishlarga muhtojligicha qolmoqda. Bendle ham identiklikka ko‘proq psixologik yondashish kerakligi tarafdori bo‘lib, identiklikni muhim tuzilma sifatida qarashning ko‘payishini identiklik 100 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI inqirozi bilan bog‘liq holatlar orta boshlagani bilan izohlaydi. Olim soha mutaxassislari ego psixologiyasi va identiklikning psixoanalitik nazariyalarini chuqurroq tadqiq etishlari kerak, deb hisoblaydi. Tahlilning ‘yuzaki’ modellarida nisbatan ‘chuqur’ modellariga o‘tish ehtiyoji borligini ta’kidlaydi [Bendle, 2002:1]. Wetherell diskurs tahliliga psixoanalitik yondashuvni kiritish borasidagi harakatlari sabab Bendle hamfikrlaridan biriga aylandi va bu yonashuv amaliyotini o‘zining intervyular hamda tabiiy suhbat jarayonlarini tahlil etish orqali ko‘rsatib berishga harakat qildi [Wetherell, 2007]. Grangerning

Доказательный фрагмент

«This article discusses why the psychological approach is essential in studying the link between language and identity.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses why the psychological approach is essential in studying the link between language and identity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
identity, language identity, sociolingustics, psycholinguistics, identiklik, lisoniy identiklik, psixolingvistika, psychological approach., psixologik yondashuv., sotsiolingvistika
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники