Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK TILIDAGI BROKA AFAZIYASIDA FE’LLAR BILAN BOG‘LIQ QIYINCHILIKLARNING NAMOYON BO‘LISHI
TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY · RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI · QIYINCHILIKLARNING NAMOYON BO‘LISHI · Azimova Iroda Alisherovna
Современная наука и исследования · 69 · 2024
Аннотация
The article analyzed impaired verb production in Uzbek Broca’s aphasia through the results of three different experiments: spontaneous speech analysis, object and action naming, production of tense and aspect. In total, 11 brain- damaged individuals’ language performance analyzed. Even though results showed absence of noun-verb dissociation in Uzbek Broca’s aphasia, difficulty of verb processing is reflected in deficit in use of copula, actionality constructions, and participles. We concluded that this difficulty is mostly related to argument structure and predicativity of verbs. Keywords: Broca’s aphasia, noun, verb, participle, adverbial participle, modal verb, experiment, neurolinguistics. Afaziyaga chalingan kishilar otlarga nisbatan fe’llarni aytish, tushunishda, shuningdek, fe’llarga oid ma’lum grammatik kategoriyalar ifodasida ko‘proq qiyinchilikka duch kelishi kuzatiladi. O‘tgan asrning 70-yillaridan buyon ot va fe’l dissotsiatsiyasi qator tadqiqotlarning mavzusi bo‘lib keldi. 87 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI Xolms, Marshall va Nyukomb (1971) disleksik bemor fe'llarga qaraganda otlarni sezilarli darajada yaxshi o‘qiy olganini kuzatganlar va bu ot va fe’l masalasiga diqqat tortgan birinchi tadqiqot bo‘lgan. Undan keyin bir qator tadqiqotlar boshqa lingvokognitiv amallarda ham ot va fe’l dissotsiatsiyasini qayd etdi: diktant yozish [Rapp, Caramazza, 2002], rasmni og‘zaki nomlash [Zingeser, Berndt, 1988], rasmni yozma nomlash [Caramazza, Hillis, 1991] so‘zlarni rasmga moslashtirish [Hillis, Caramazza, 1995] spontan nutq [Bastiaanse, Jonkers, 1998]. Miyadagi jarohatlar tadqiq qilinganda fe’llar va otlar inson ongida funksional jihatdan mustaqil va alohida holda akslanadi degan xulosaga olib keldi. Shu asosda bir qancha tadqiqotlar fe’llar va otlar uchun aniq nerv substratlarini topishga harakat qilgan. Biroq bu gipotezani neyrotasvir texnikasi bilan isbotlashga urinishlar muvaffaqiyat qozonmagan. Izlanishlar ot va fe'llarni solishtirganda miyada faollashgan sohalar va faollik darajasi o‘rtasidagi farqni ko‘rsatgan bo'lsa ham, ot va fe’llar uchun alohida neyronlar tarmog‘i ishlaydi degan gipotezani isbotlay olmadi. Ba’zi tadqiqotlar fe'llar uchun miya po‘stlog‘i tepa qismining chap pastki burmachasi otlarga qaraganda ko‘proq faollashganini kuzatgan [Tyler, Russell, Fadili, Moss, 2004], boshqalari chap miya yarimshari po‘stlog‘idagi peshona qismining pastki burmachasi va tepa qismi o‘rta burmachasi otlarga qaraganda ko‘proq faollashganligini aniqlagan [Perani, Cappa, , Schnur, Tettamanti, Collina, Rosa, Fazio, 1999]. Shu bilan birga, fe’llar va otlar uchun alohida sohalarni aniqlay olmagan bir qator tadqiqotlar mavjud [Tyler, RRussell, Fadili, Moss, 2001; Li, Jin, Tan, 2004]. Crepaldi, Berlingeri, Paulesu, & Luzzatti [2011] grammatik sinfning ta’siri bo'yicha neyrokognitiv ma’lumotlarni ko‘rib chiqib, ot va fe’lni qayta ishlash asosidagi neyron tarmoqlar ko‘p jihatdan bir-biriga mos keladi degan xulosaga kelgan. Nisbatan yangi tadqiqot hisoblangan R.Alyahya, A. Xalay, P.Konroy, M.Lambonlar ot va fe'lning aytilishi va tushunilishini tadqiq qilganlar [Alyahya, Halai, Conroy, Lambon Ralph, 2018]. Bu tadqiqotda 48ta afaziyaga chalingan bemor ishtirok etgan. Tajriba uchun tanlab olingan so‘zlarning bari psixolingvistik omillar nuqtayi nazaridan nazorat qilingan. Xususan, qo‘llanish chastotasi, tasavvur qilinish darajasi, o‘zlashtiriladigan yosh, so‘z uzunligi va tasvirning vizual murakkabligi kabi jihatlarning ta’siri hisobga olingan. Tadqiqot afaziyaga chalingan kishilarning til bo‘yicha turli vazifalarni bajarishdagi natijalari hamda bu jarayonda ularning miyasida faollashgan sohalarni tahlil qilish orqali amalga oshirilgan. Tadqiqot xulosasida neyrolingvistikada shu vaqtgacha kuzatilgan ot va fe'l dissosiasiyasi psixolingvistik belgilarga yetarlicha diqqat qaratilmagani uchun 88 TILSHUNOSLIKNING ZAMONAVIY 2024-YIL, 28-MART YO‘NALISHLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI namoyon bo‘lganligi, aslida esa turkumlarning qayta ishlanishida shu vaqtgacha da'vo qilib kelingan jiddiy kognitiv farq yo‘qligi ta'kidlangan. Ammo baribir fe’llar bilan bog‘liq amallarda miyaning nisbatan ko‘proq qismlari faollashishi aniqlangan. R. Li va S.Kiran afaziyaga chalingan bilingvlarning (ingliz-mandarin tillari) ot va fe’lni ayta olishi alohida so‘z va diskurs misolida tadqiq qilganlar. Unda birinchi tilga nisbatan ikkinchi tilda so‘z turkumining ta’siri kuchliroq ekanligi aniqlangan, otlarning fe’llarga nisbatan yaxshiroq aytilishi qayd etilgan, shuningdek, afaziyaning darajasi kuchli darajasida bu farq yana ham sezilarli bo‘lgan [Lee, Kiran, 2024]. Tadqiqotlardan ko‘rish mumkinki, ot va fe’l dissotsiatsiyasi neyrolingvistika va afaziologiyaning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. O‘zbek tilidagi broka afaziyasi misolida ushbu masalaga e’tibor qaratilganda umumiy holatda ot va fe’l dissotsiatsiyasi aniqlanmagan. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi Broka afazi
Доказательный фрагмент
«The article analyzed impaired verb production in Uzbek Broca’s aphasia through the results of three different experiments: spontaneous speech analysis, object and action naming, production of tense and aspect.»
Образец извлечения
Демо-превьюThe article analyzed impaired verb production in Uzbek Broca’s aphasia through the results of three different experiments: spontaneous speech analysis, object and action naming, production of tense and aspect. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Broca’s aphasia, noun, verb, participle, adverbial participle, experiment, ravishdosh, sifatdosh, modal verb, neyrolingvistika., tajriba, neurolinguistics., ko ‘makchi fe’l, fe’l, ot, broka afaziyasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024