Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Toshpolatov Mansur Ismoil o‘g‘li
NEW RENAISSANCE · Zaripova Sayohat Zafarovna · Quvvataliyev Artur Azamatovich (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti) · Toshpolatov Mansur Ismoil o‘g‘li (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi) · СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi)
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
This article is devoted to a comparative analysis of the specifics between international accounting standards (IAS) and national accounting standards. The article highlights the importance of IAS in ensuring transparency of financial statements and compliance with international requirements. The main differences between national standards and IAS, their important aspects and practical application are studied, and proposals for improvement based on international experience are developed. The article also considers the issues of harmonization of accounting standards taking into account economic conditions. Keywords; International accounting standards, national accounting standards, comparative analysis, financial reporting, transparency, compliance, economic experience. Tadqiqot metodologiyasi. Mazkur tadqiqotda xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilish, ularning amaliy ahamiyatini aniqlash hamda moliyaviy hisobotlarning shaffofligi va xalqaro talablarga muvofiqligini ta'minlash yo‘llarini belgilash asosiy maqsad sifatida belgilandi. Shuningdek mazkur tadqiqotda xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, ularning moliyaviy hisobotlar shaffofligini ta’minlashdagi rolini baholash hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo‘llarini ishlab chiqish maqsad qilingan edi. Tadqiqot davomida xalqaro standartlarning shaffoflik va hisob-kitoblar ishonchliligini oshirishdagi ahamiyati hamda milliy amaliyotning ularni tatbiq etishda duch kelayotgan muammolari tahlil qilindi. O‘tkazilgan tahlillar asosida quyidagi xulosalar va takliflar ishlab chiqildi: 1. Xalqaro standartlarni joriy etishning zaruriyati: Moliyaviy hisobotlarning xalqaro talablarga mos kelishini ta’minlash uchun milliy standartlarni XBS asosida qayta ko‘rib chiqish lozim. 2. Mutaxassislarni tayyorlash: XBSni amaliyotga joriy qilish jarayonida buxgalteriya sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish muhim ahamiyatga ega. 3. Bosqichma-bosqich integratsiya: Milliy iqtisodiy sharoitlarni hisobga olib, xalqaro standartlarni bosqichma-bosqich moslashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish lozim. Tadqiqot natijalari moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlar asosida yuritilishi bo‘yicha qo‘shimcha tadqiqotlar va amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ilmiy va amaliy asos bo‘lib xizmat qiladi. Kelajakda XBSning iqtisodiy samaradorlikka ta’sirini chuqurroq o‘rganish lozim. 160 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 1 Mazkur tadqiqotda xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi farqlarni aniqlash hamda ularning moliyaviy hisobotlarga ta’sirini tahlil qilish uchun quyidagi metodlar qo‘llanildi: 1. Adabiyotlarni o‘rganish usuli: Tadqiqotning dastlabki bosqichida xalqaro va milliy buxgalteriya standartlariga oid ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar va xalqaro tashkilotlarning hisobotlari o‘rganildi. Bu usul yordamida standartlarning nazariy asoslari, ta’riflari va ularning amaliyotdagi qo‘llanilishi tahlil qilindi. 2. Qiyosiy tahlil usuli: Xalqaro va milliy buxgalteriya standartlarining asosiy farqlari va o‘xshashliklarini aniqlash uchun qiyosiy tahlil usuli qo‘llanildi. Ushbu metod yordamida standartlarning tuzilmasi, amaliy qo‘llanilishi va ularning moliyaviy hisobotlarga ta’siri solishtirildi. 3. Amaliy tajriba tahlili: XBSni tatbiq etgan davlatlarning muvaffaqiyatli tajribalari o‘rganilib, ularning milliy iqtisodiyotga ta’siri va shaffoflikni oshirishdagi roli baholandi. Bu usul tadqiqotning amaliy qiymatini oshiradi va xalqaro tajribalardan foydalanishning ahamiyatini ko‘rsatadi. 4. Intervyu va ekspert bahosi: Sohada faoliyat yurituvchi buxgalterlar, moliyaviy tahlilchilar va ekspertlar bilan intervyular tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari tahlil qilindi. Bu metod XBSning milliy tizimlarga qanday ta’sir ko‘rsatishini va amaliy muammolarni aniqlashda yordam berdi. Ushbu metodologik yondashuvlar tadqiqotning chuqur va izchil tahlil qilishiga imkon yaratdi hamda xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi farqlarni yanada yaxshiroq tushunishga xizmat qildi. Tahlil va Natijalar Tadqiqot davomida xalqaro va milliy buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi farqlarni tahlil qilishda bir qancha muhim jihatlar aniqlanib, ularning moliyaviy hisobotlarga ta’siri o‘rganildi. Tadqiqotda quyidagi natijalar chiqdi: 1. Farqlarning aniqlanishi: Xalqaro buxgalteriya standartlari va milliy buxgalteriya standartlari o‘rtasidagi asosiy farqlar, asosan, hisob-kitob metodologiyasi, xujjatlar shakli va hisobotlarning taqdimoti bo‘yicha mavjud. XBSda yanada chuqurroq va xalqaro miqyosda qabul qilingan metodologiyalar, masalan, aktivlar va passivlarni baholashda ko‘proq erkinlik berilishi kuzatildi. Milliy standartlarda esa ko‘pincha mahalliy iqtisodiy sharoitlar va soliq tizimiga asoslangan yondashuvlar qo‘llaniladi. 2. Moliyaviy hisobotlarning shaffofligi: 161 NEW RENAISSANCE 2025 JANUARY INTERNATIONAL SCIENTIFI
Доказательный фрагмент
«This article is devoted to a comparative analysis of the specifics between international accounting standards (IAS) and national accounting standards.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article is devoted to a comparative analysis of the specifics between international accounting standards (IAS) and national accounting standards. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- International accounting standards, national accounting standards, shaffoflik, moliyaviy hisobot, muvofiqlik, milliy buxgalteriya standartlari, Xalqaro buxgalteriya standartlari, qiyosiy tahlil, iqtisodiy tajriba.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026