К содержанию
РецензированоUZ2025

MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR NASRIDA NAZMNING O‘RNI Tozagul Dusanova

Tozagul Dusanova

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

The article describes the history of the writing of poems in the work “Boburnoma” by Zahiriddin Muhammad Babur, as well as the reaction to poetic passages in prose texts. Attention is focused on the harmony of prose and poetic texts in “Boburnoma”. Key words and phrases: Zahiriddin Muhammad Babur, “Boburnoma”, prose and poetry, poem, rubai, gazelle, bayt, memoirs. Dunyo tamadduni va adabiyotiga beqiyos hissa qo‘shgan benazir siymo Zahiriddin Muhammad Bobur davlat arbobi, shoir va nosir, sinchkov adabiyotshunos olim. U Jahon adabiyotining nodir namunasi “Boburnoma” asari bilan o‘zbek nasri rivojiga katta ulush qo‘shdi. Bu betakror asardagi nasriy matnlar mumtoz sharq darg‘alarining durdonalariga monand nazmiy parchalar bilan ziynatlangan. Turkiy adabiyotda adabiy-tarixiy asarlarda nasr va nazm uyg‘unligi an’analari Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va hukamo”, “Tarixi muluki Ajam”, “Vaqfiya”; Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma”, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarayi turk”, “Shajarayi tarokima”; Ogahiyning “Shohid ul-iqbol” asarlarida ancha takomillashdi. “XV asrga oid nasriy asarlarda she’riy parchalar keltirish o‘ziga xos uslub va an’ana sifatida davom etgan…tarixiy, tarixiy-sarguzasht, manoqib va boshqa risolalarni emas, balki barcha nasriy asarlarni she’riy parchalar bilan bezash, nasrning mantiq kuchi, estetik qudrati kamlik qilganda nazm “yordam”ga kelgan hollar ko‘p uchraydi. She’riy parchalar nasrga ko‘pincha ko‘makdosh vazifasini bajargan. Ehtimol, shu jihat bu an’ananing asosini ham tashkil etgan. Biroq adiblar she’riy parchalarni ishlatganda nasr va nazmdagi mantiq yaxlitligini saqlashga mas’uliyat bilan yondashganlar, keltirilgan har bir she’riy parcha imkon boricha nasr bilan uyg‘unlikda qo‘llanib, fikr rivojiga hissa qo‘shishga qaratilgan. Aslida, nasrda nazm ishlatilishi faqat forsiy va turkiy adabiyotga emas, umuman, Sharq adabiyotiga xos an’ana bo‘lgan” [3,345]. 28 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Ma’lumki, tarixiy voqelik va memuar asarlar ifodasida tasviriylik, obrazlilik va hikoyanavislik asosiy o‘rin tutadi. Boburning “Boburnoma”sida voqea-hodisalar va shaxs kechinmalarining bayonida nazmiy ifodalarning berilishi asarning hayotiyligi, badiiyati va ta’sirchanligini yanada oshirishga xizmat qilgan. “Boburnoma”dagi nasriy matnlar tarkibida kelgan she’riy parchalar poetikasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi, ya’ni ularning ko‘pi hasbi hol ruhida yozilgan bo‘lib, ma’rifiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Yoshligidan hayoti qiyinchiliklar bilan boshlangan Bobur og‘ir damlarda tog‘asi Sulton Mahmudxon huzuriga borganda o‘z holati va ruhiyatini ifodalovchi quyidagi ruboiyni aytganligini shunday bayon etadi: “Bizga qurbon iydi Shohruxiyada bo‘ldi. Betavaqquf o‘tub, xon qoshig‘a, Toshkandga bordim. Bu ruboiyni aytib edim, ma’mul qofiyasida taraddudim bor edi, ul mahalda she’r mustalaqotig‘a muncha tatabbu’ qilmaydur edim, xon xushtab’ kishi edi, she’r aytur edi, agarchi sar-u somonliq g‘azali kamroq edi, bu ruboiyni xong‘a o‘tkarib, taraddudimni arz qildim. Ko‘ngul ting‘udek shofiy javob topmadim. G‘olibo she’r mustalahotig‘a kamroq tatabbu’ qilg‘ondurlar. Ruboiy budur: Yod etmas emish kishini mehnatta kishi, Shod etmas emish ko‘ngulni g‘urbatta kishi. Ko‘nglum bu g‘aribliqta shod o‘lmadi hech, G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi. So‘ngra ma’lum bo‘ldikim, turki lafzida mahal iqtizosi bila to(ط )va dol(د )yana g‘ayn(غ ) va qof( ق )va kof(ك ) bir-birlari bila mubaddal bo‘lurlar emish” [1,164]. Ma’lumki, ruboiy Sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan biridir, u ikki baytdan iborat bo‘lib, a-a-b-a, a-a-a-a tarzida qofiyalanadi va ularda shoirning hayot haqidagi teran mushohadalari, ichki kechinmalari, ibratli xulosalari ifodalanadi. Yuqoridagi ruboiy hasbi hol xususiyatiga ega bo‘lib, unda muallifning shaxsiy kechinmalari bilan bog‘liq holat qalamga olingan. Tazod, tanosib va qaytarish san’atlari mohirona qo‘llangan. Ruboiyda “mehnatta”, “g‘urbatta”, “albatta” so‘zlari o‘zaro qofiyadosh bo‘lib, “t” undoshi raviy bo‘lib kelgan, raviydan keyingi qo‘shimchalar ham o‘zaro ohangdosh bo‘lganligi uchun mutlaq qofiya hisoblanadi. Ruboiyda “kishi” so‘zi radif bo‘lib kelganligi sababli muraddaf qofiyadir. Shuningdek, birinchi misradagi “Yod etmas emish”, “kishini”, “mehnatta”, ikkinchi misradagi “Shod etmas emish”, “ko‘ngulni”, “g‘urbatta” so‘zlari yonma-yon kelib misralar aro qofiyadoshlik zulqavofi’ va tarsi’ san’atini yuzaga keltirgan. Asarda keltirilgan she’riy matnlarning aksariyati Bobur qalamiga mansub bo‘lib, muallif devonlaridan ham o‘rin olgan, ba’zilari esa faqat “Boburnoma”dagina uchraydi. “Boburnoma” mutolaasi davomida bu mumtoz shaxsning shoir sifatida shakllanishi va ilk she’rlarining yozilish jarayonini kuzatamiz: “Shayboqxon Samarqandni olg‘onda, Mullo Binoiyni mulozim qilib edi. Shayboqxon bila edi. Samarqand fathidin necha kund

Доказательный фрагмент

«The article describes the history of the writing of poems in the work “Boburnoma” by Zahiriddin Muhammad Babur, as well as the reaction to poetic passages in prose texts.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the history of the writing of poems in the work “Boburnoma” by Zahiriddin Muhammad Babur, as well as the reaction to poetic passages in prose texts. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
and phrases: Zahiriddin Muhammad Babur, “Boburnoma”, prose and poetry, g‘azal, bayt, memuar., Zahiriddin Muhammad Bobur, she’r, nasr va nazm, ruboiy
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники