Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SO‘Z QUDRATI NAVOIY NAZDIDA Olim Jo‘rayev Buxoro davlat universiteti bitiruvchisi.
NEW RENAISSANCE · Olim Jo‘rayev
Современная наука и исследования · 2 · 2025
Аннотация
For Alisher Navoi, the word is not a simple tool, but a spiritual force that expresses truth and leads to perfection. This article discusses Alisher Navoi's views on the word and its power. Keywords: word, Navoi's work, “Hayrat-ul abror”, couplet, epic, simile, metaphor. Quuvai hofizamizda kengroq tafakkur qilsak, bizni qurshagan borliq, atrof–olam Yaratganning lutfu inoyati, mo‘jizasidir. Erta tong ko‘zimizni ochishimizdan tortib, tunda g‘aflat uyqusiga ketishimizgacha bo‘lgan oddiy bir kunning har daqiqasi takrorlanmas sehrga, mo‘jizaga kon! Bu yaratiqlar orasida shunday bebaho xazina ham borki, uning qiyosi yo‘q, ta’rifi–tavsifi tuganmas: bu–So‘z ! Ha, So‘z qudratini tan olmagan, tavsifu tasnif etmagan ijodkor bo‘lmasa kerak. Ammo so‘zning o‘ziga xos va bebaho qadr-qimmatga egaligini, takrorlanmas tashbehlari, mubolag‘a va istioralarini buyuk mutafakkir, so‘z zargari hazrat Alisher Navoiy ijodida yaqqol uchratamiz. “Hayrat ul-abror” – “Xamsa”ning birinchi dostoni. Unda so‘z haqidagi hikmatlarga to‘la alohida bob mavjud. Har baytida so‘z ta’rif etilgan mazkur bobda so‘z insonga berilgan bebaho boylik, “imtiyoz” ekanligi ta’kidlanadi: Tengriki, insonni qilib ganji roz, So‘z bila hayvondin anga imtiyoz. Tangri yaratgan mo‘jizalar ichida eng buyugi ham, tubani ham (o‘rni kelganda) odamzotdir. Ammo tildan, bir og‘iz so‘zdan ko‘p hollarda inson boshiga kulfat yog‘ilishi mumkin. Demakki, insonni ko‘kka ko‘taradigan ham, ko‘kdan tushiradigan ham uning amallari, tilidan chiqadigan so‘z-gaplaridir: O‘z vujudingga tafakkur aylagil, Har ne istarsen, o‘zungdin istagil. Navoiy asarlariini o‘qir ekanmiz, uning qalamidan to‘kilgan satrlar o‘lmas durdonalar ekanligini his etamiz. Asrlar silsilasi sindirolmagan bu g‘oyalar, umrboqiy hikmatlar doimo insonni yaxshilikka, to‘g‘rilikka undaydi: Bordur inson zotida oncha sharaf, – Kim yamon axloqin etsa bartaraf. 90 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 Shoir so‘zning qudrati va buyukligini qayta–qayta takrorlaydi. Zero, so‘zimiz bizning ichki dunyoimiz ko‘zgusidir. O‘rinsiz qo‘llangan so‘z bizni xijolatga qo‘yishi, muvozanatdan chiqarishi mumkin: Nazmki ma’ni anga marg‘ub emas, Ahli maoniy qoshida xo‘b emas. Navoiy tafakkur bilan so‘zlayotgan har kimsa, ayniqsa so‘zni qurol qilgan har bir shoir so‘z injularini tizishda ehtiyot bo‘lmog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha, Navoiy yosh ijodkorlardan birini qattiq tanqid qiladi. Ko‘proq kitob o‘qishi, o‘z ustida ishlashi kerakligini uqtirganda, Osafiy degan yosh shoir: “Hozirgi kunda ko‘proq she’r aytish bilan mashg‘ul bo‘layotirman. Masalan, o‘tgan kecha ikki pullik sham yonib bitgunicha ikki yuz bayt aytdim”, – deydi. Shunda Navoiy: “Demak u tizmalaringizning har yuz bayti bir pul ekanda”, – deb javob qilgan ekan. Ko‘rinib turibdiki, Navoiy iste’dodsiz qalamkashlarni qattiq tanqid ostiga olgan, she’r hajman katta bo‘lsa-da, ma’nisiz bo‘lsa, u baribir o‘z o‘rnini topolmasligini shoirlarga uqtirib kelgan. Alisher Navoiy ijod dengizida Ollohning ikki buyuk mo‘jizasi yonma-yon turadi: bular inson va uning so‘zi, tilidan to‘kilgan gavharlaridir. So‘ziga ehtiyot bo‘lish, o‘z so‘zini taftish qilib borish insonning komilligi belgisidir! Adabiyotlar ro‘yxati 1. Alisher Navoiy. Xamsa. – 2 jildlik. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2000. 2. Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. 3. Alisher Navoiy. Lison ut-tayr. – Toshkent: Fan nashriyoti, 1991. 4. Saitova B. Alisher Navoiy ijodida so‘z sehri va til jozibasi.// O‘zbekistonda Fanlararo Innovatsiyalar va Ilmiy Tadqiqotlar Jurnali, Vol 2 No 15, 2023. bestpublication.org 5. Bozorova Gulchekhra & Akhmedova Khurshida. Alisher Navoi’s contribution to linguistics and literary studies –Multidisciplinary Journal of Science and Technology, 5(4), 2025. mjstjournal.com 91
Доказательный фрагмент
«For Alisher Navoi, the word is not a simple tool, but a spiritual force that expresses truth and leads to perfection.»
Образец извлечения
Демо-превьюFor Alisher Navoi, the word is not a simple tool, but a spiritual force that expresses truth and leads to perfection. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- word, Navoi's work, “Hayrat-ul abror”, couplet, epic, simile, metaphor, o’xshatish, doston, so‘z, bayt, Navoiy ijodi, ko’chim.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024