К содержанию
РецензированоRU2026

BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA KOMMUNIKATIV KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH MEZONLARI VA KO'RSATKICHLARI М.X.Nishanova TDPU, o‘qituvchi.

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article deeply analyzes the criteria and indicators of development of communicative competence of future teachers and provides detailed information about them. Keywords: communicative competence, communication, cognitive, emotional and behavioral components, communicative abilities. Bugungi kunda pedagogik oliy ta’lim muassaslarida talabalarni ijtimoiy-gumanitar nuqtai nazardan tayyorlash jarayonini takomillashtirish, bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ kompetentlilik shakllanganligining maxsus mezonlari, ko‘rsatkichlari hamda darajalarini aniqlash o‘ta zarur ekanligini koʻrsatdi. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kommunikativ kompetentliligini shakllantirish samarali muloqotda shaxsning o‘ziga xos xususiyatlaridan hisoblanadi. Muloqot samaradorligini oshirish uchun muloqot uchun ahamiyatli bo‘lgan shaxs xususiyatlaridan tashqari turli vaziyatlarda samarali hamkorlik faoliyati usullarini egallash ham muhim hisoblanadi. Muloqotdagi sheriklarning bir-birini tushunishlari va empatiyasini to‘liq ta’minlovchi muloqot usullari, uslublari va vositalari samarali muloqot texnologiyalari deb ataladi. 35 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Masalan, “faol tinglash” texnologiyasi asosida muloqot samaradorligini ta’minlovchi alohida kommunikativ ko‘nikmalar qatoriga quyidagilar kiradi: - diqqatini notiqqa qarata jamlay olishi; - ma’lumotning umumiy mazmuni hamda ayrim qismlarini to‘g‘ri tushunayotganligini aniqlash; - olingan ma’lumotni suhbatdoshlariga boshqacha so‘zlar bilan yetkaza olish; - tinglash davomida so‘zlovchi nutqini bo‘lmaslik, maslahat berishga, tanqid qilishga urinmaslik, xulosa chiqarmaslik, javob tayyorlashga chalg‘imaslik. Bu faoliyatni keyinroq siz diqqat markazida bo‘lganingizda qilish mumkin, bunda sizni tinglashlari va tushunushlari uchun harakat qilish lozim; - ma’lumotlarni ma’lum ketma-ketlikda bayon etish va siz tomondan uzatilayotgan ma’lumotlarni tinglovchilar to‘g‘ri qabul qilganliklariga ishonch hosil bo‘lmaguncha yangi ma’lumotlarga o‘tmaslik; - muloqot davomida o‘zaro ishonch, o‘zaro hurmat muhiti barqaror bo‘lishini ta’minlash, suhbatdoshga nisbatan empatiya namoyish qilish; - muloqotning noverbal vositalaridan foydalanish. Samarali bahs olib borish, nizo davomida o‘zini to‘g‘ri tutish, o‘z hissiyotlarini nazorat qilish, g‘azabni boshqarish kabi texnologiyalar mavjud. Shaxs xususiyatlarini rivojlantirish va korreksiya qilish, kommunikativ qobiliyat va ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun nizo davomida o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rganishda autotrening va ijtimoiy-psixologik treninglarning o‘rni katta. Mazkur texnologiyalar ham auditoriya, ham auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ulardan ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish, to‘garak mashg‘ulotlari, turli seminar treninglarni tashkil etish jarayonida, volontyorlik guruhlari faoliyatida samarali foydalanish mumkin. Tadqiqotda pedagogik OTM talabalarida kommunikativ kompetentlilikni shakllanganligi mezonlari alohida sifat ko‘rsatkichlar, uning darajalari esa mazkur mezonlarni tanlashga bog‘liq bo‘lgan miqdoriy tavsif sifatida belgilanadi. Kommunikativ kompetentlilikni tadqiq qilish uchun yuqori ahamiyat kasb etuvchi mezonlar (yohud komponentlar) sifatida “ifoda” deb ataluvchi insonning anglash jarayoni, uning hissiy tomonini – “munosabat”, shuningdek, “murojaat”ni vujudga keltiruvchi xulq mezonlari taklif etiladi. Shuning uchun “kommunikativ kompetentlik (yoki muloqotdagi kompetentlik), o‘z ichiga kognitiv, hissiy va xulqiy komponentlarni qamrab oluvchi murakkab tuzilma hisoblanadi”. 36 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Demak, bo‘lajak o‘qituvchi nafaqat qator kasbiy vazifalarni bajarishga tayyor bo‘lishi kerak, balki tashkiliy-boshqaruvchilik faoliyatini olib borishga ham alohida e’tibor qaratishi lozim. Masalan: - ta’lim oluvchilar jamoasining ishini tashkillashtirishi; - ta’lim oluvchilarni boshqarish usullarini egallagan bo‘lishi; - boshqaruvga oid harakatlarni ishlab chiqish hamda qaror qabul qilish tartibini egallagan bo‘lishi; - ta’lim jarayonini tashkillashtirishda xavfsizlik talablaridan kelib chiqib o‘quvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish. Yuqorida keltirilgan talablar bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ kompetentlik darajasining shakllanganlik mezonlarini aniqlashda muhim asos bo‘lgan o‘lchovlar hisoblanadi. Bu o‘lchovlarga asoslangan holda bo‘lajak o‘qituvchilarda kommunikativ kompetentlilikning umumiy mezonlarini aniqlangan (1-jadvalga qarang). Bunda kasbiy muloqotning barcha jarayonlarida, aynan tashkiliy va boshqaruvga oid qarorlar og‘zaki shaklda qabul qilinishi e’tiborga olingan. 1 jadval Kommunikativ kompetentlik tarkibiy qismlarining umumiy mezonlari Tarkibiy Мezon va uning xususiyatlari qismlari Axborotli-kommunikativ mеzon – bu o‘rinda ma’lumot almashinishidagi Kognitiv kompеtеnsiya tizimini egallash, shuningdek, kasbiy muloqot jarayonida insonlarning bir-birlarini anglashi nazarda tutiladi Muvofiqlashtiruvchi-kommunikativ mezon - nafaq

Доказательный фрагмент

«This article deeply analyzes the criteria and indicators of development of communicative competence of future teachers and provides detailed information about them.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article deeply analyzes the criteria and indicators of development of communicative competence of future teachers and provides detailed information about them. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
communicative competence, communication, cognitive, emotional and, hissiy va xulqiy komponentlar, muloqot, kognitiv, kommunikativ kompetentli, kommunikativ qobiliyat.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники