К содержанию
РецензированоRU2024

ВОЗРОЖДЕНИЕ ОБРАЗОВ ИЗ ПРОИЗВЕДЕНИЙ НАВА В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ФИГУР ДЖАДИДА

QAYTA JONLANISHI · Axrorova Mahina Avazovna · JADID FIGURES

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

The scholars of Jadid ethics pay special attention to the theoretical and practical analysis of such qualities as discipline, economy, understanding and intellect, which were not yet studied by many ears in those times, and present to the reader as short and succinct as possible. strives to do. Key words: "bad manners", ethics, pedagogical approach, intellectual education, moral education, "lion battle". ВОЗРОЖДЕНИЕ ОБРАЗОВ ИЗ ПРОИЗВЕДЕНИЙ НАВА В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ ФИГУР ДЖАДИДА Аннотация. Ученый античной этики проводит теоретико-практический анализ, уделяя особое внимание таким качествам, как дисциплинированность, экономность, восприятие и интеллект, которые еще не были изучены многими ушами в те времена, и дает читателю как можно более краткое и сжатое описание. . стремится представить. Ключевые слова: «плохие манеры», этика, педагогический подход, интеллектуальное воспитание, нравственное воспитание, «львиная битва». Abdulla Avloniy « Turkiy guliston...»da «yomon xulqlar»ga – illatlar tahliliga katta o‘rin ajratadi. Millat taraqqiyotiga eng kuchli to‘siq bo‘ladigan illatlardan biri sifatida alloma jaholatni keltiradi: «Jaholat insoniyatning eng zo‘r dushmani va yomon xulqlarning boshlig‘idir». Navoiy esa jaholat tunini yoritmoq uchun ilm quyoshi zarur deydi: “Ilm sipehrining baland axtarilg‘idakim, jahl tunini yorutmoq uchun “ayn”i quyoshdin va “lom”i oydin va “mim”i kunduzdin nishona aytur”1. Avloniy g‘azab, shahvat, hasad, kizb, tama’ singari illatlarga ham atroflicha ta’rif beradi. Abdulla Avloniy bola tarbiyasining roli haqida fikr yuritib «Agar bir kishi yoshligida nafsi buzulib, tarbiyasiz, axloqsiz bo‘lib o‘sdimi, allohu akbar, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq yerdan turub yulduzlarga qo‘l uzatmak kabidur», - deydi. Uning fikricha, bolalarda axloqiy 1 Алишер Навоий. МАТ, 20 жилдлик. 7-жилд. –Т.: “Фан”, 2017. 183-б. 1 33 9 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va bolaning atrofidagi kishilar g‘oyat katta ahamiyatga ega. Shunisi diqqatga sazovorki, Abdulla Avloniy axloqshunoslik tushunchalarining ham falsafiy, ham badiiy jihatdan talqinini beradi. Chunonchi, u muayyan axloqshunoslik tushunchasi yoki axloqiy me’yorning sodda, lo‘nda tarifini taqdim etar ekan, ba’zi hollarda Suqrot, Aflotun, Arastu, Ibn Sino singari hakimlarning fikrlarini isbot tarzida keltirsa, goho ularni nazmiy tizmalar bilan o’quvchiga yetkazishga harakat qiladi. Umuman olganda, Abdulla Avloniyning «Turkiy guliston yohud axloq» risolasi XX asr Turkiston axloqiy tafakkurida eng salmoqli o‘rinni egallaydigan, ham nazariy, ham amaliy axloq muammoalirini falsafiy va pedagogik yondashuv orqali hal etishga bag‘ishlangan yirik asardir. Turkiston jadidlari axloqshunosligida tom ma’nodagi milliy qahramonimiz Abdurauf Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» (1914) kitobi ham alohida o‘rin tutadi. Avvalo, shuni aytish kerakki, «Oila» o‘zgacha bir shiddatli uslub bilan yozilgan. Unda ham tanqidiy ruh, ham da’vat ruhi kuchli Fitrat ona Turkistonni ozod ko‘rishni istaydi, buning uchun har bir turkistonlik oila bilim, axloq va erk o‘chog’i bo‘lmog‘i lozimligini uqtiradi. Mutafakkir yoshlarga yangi oilani mana shu tartibda qurishga da’vat etadi. Har jihatdan sog‘lom bo‘lgan oilada ulg‘aygan farzandlargina millatni yuksakka ko‘tara olishini, uni qullikdan qutqarishini aytadi: «Bu dunyo kurash maydonidir. Bu maydonning quroli sog‘lom jismu tan, aql va axloqdir. Lekin ana shu qurol - aslahamiz sinib, zang bosib, chirib ketgan. Shunday qurollar bilan bu dunyoda bizga na saodat va na rohat bor...» – deydi alam bilan Fitrat. Vatanparvarlik, millatparvarlik tamoyillaridan kelib chiqib, muallif kitobning birinchi qismini, ma’lum ma’noda me’yoriy dasturilamal tarzida tartib beradi. Undan har bir yangi oila qurmoqchi bo‘lgan turkistonlik kichik hajmdagi axloqiy - maishiy, gigiyenik - salomatlik qomusi sifatida foydalanishi mumkin. Bundan tashqari, asarda oilaning moddiy tomonlari, tashkil topgandan boshlab, oilaning buzilishigacha bo’lgan holatlarning axloqiy asoslari to‘g‘risida ham to‘xtalib o‘tadi. Kitobning ikkinchi qismi farzand tarbiyasiga bag‘ishlangan. Fitrat ham Avloniy kabi tarbiyani an’anaviy yo‘nalishda talqin etadi: jismoniy tarbiya, aqliy tarbiya va axloqiy tarbiya. Ana shu uch tarbiya uyg‘unligida haqiqiy inson kamol topadi deb hisoblaydi. Kitobning bu qismida Fitrat, ma’lum ma’noda, o‘ziga xos axloqiy tarbiya nazariyasini taqdim qiladi. U ixtiyor erkinligi muammosini mayl tushunchasi orqali aytadi: baxt mayli, faoliyat mayli, aloqa mayli, boshqalarga mehr-muhabbat mayli va h. k. Bularning hammasida insonni bosh ob’yektdek ham jamiyat a’zosi sifatida, ham ijtimoiy mavjudot sifatida olib qaraydi. Shuningdek, u izzat-nafs, ayniqsa, iroda masalasiga alohida to‘xtalib o’tadi. «Iroda va ixtiyor» sarlavhasi ostidagi kichik bobda Fitrat farzandni irodali qilib tarbiyalashga da’vat etadi,

Доказательный фрагмент

«The scholars of Jadid ethics pay special attention to the theoretical and practical analysis of such qualities as discipline, economy, understanding and intellect, which were not yet studied by many ears in those time…»

Образец извлечения

Демо-превью

The scholars of Jadid ethics pay special attention to the theoretical and practical analysis of such qualities as discipline, economy, understanding and intellect, which were not yet studied by many ears in those time… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
«yomon xulqlar», axloqshunoslik, pedagogik yondashuv, aqliy tarbiya, нравственное воспитание, «плохие манеры», axloqiy tarbiya, этика, “sheri jangi”., интеллектуальное воспитание, педагогический подход, «львиная битва».
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники