Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
МАХТУМКУЛИ – ПЕВЕЦ ДРУЖБЫ
MAHTUMQULI-DO'STLIK KUYCHISI · Jo'rayeva Nargiza Tilovmurodovna
Современная наука и исследования · 3 · 2024
Аннотация
This article describes the work and work of the Turkmen poet Mahtumquli. The socio-philosophical views and poems of the poet are analyzed in the article. At the end of the article, it was noted that it is important to study the creative legacy of the poet Mahtumkuli, who is considered a singer of friendship. Key words: creative heritage, singer of friendship, socio-philosophical views of the poet, Azodi. МАХТУМКУЛИ – ПЕВЕЦ ДРУЖБЫ Аннотация. В данной статье рассказывается о творчестве и творчестве туркменского поэта Махтумкули. В статье анализируются общественно-философские взгляды и стихи поэта. В конце статьи отмечалась важность изучения творческого наследия поэта Махтумкули, считающегося певцом дружбы. Ключевые слова: творческое наследие, певец дружбы, социально-философские взгляды поэта, Азоди. Ulug’ turkman shoiri va mutafakkiri Mahtumquli 1733-yili Atrek daryosi bo’yidagi Hojigovshan ovulida tug’ilgan. Uning ilk ustozi Ozodiy taxallusi bilan she’rlar yozgan otasi Davlatmamad edi. Oilada xat-savodini chiqargan bo’lajak shoir taxminan olti yoshidan ovul maktabida - Niyozsolih mulla qo’lida o’qiy boshlaydi. O’tkir zehni va tirishqoqligi bilan o’quvchilar orasida alohida ajralib turgan Mahtumquli keyin Qiziloyoq (hozirgi Chorjuy viloyati, Xalach tumani) dagi Idris bobo madrasasida tahsilini davom ettiradi. So’ng Xivaning Sherg’ozixon madrasasida ilmini kamolga yetkazadi. Shuningdek, bir muddat Buxorodagi Ko’kaldosh madrasasida ham o’qigani haqida rivoyatlar mavjud. Mahtumquli badiiy so’zni yuksak qadrlagan va ijodiy qobiliyatga ega ma’rifatli oilaga mansub. Atrek janubidagi viloyatda tug’ilgan bobosi (voqean, uning ismi ham Mahtumquli bo’lgan - shoirga bobosining otini berishgan) tirikchilik vajidan turkmanlarning gurkuz qabilasiga ish izlab keladi va urug’ boshliqlaridan birining qo’lida yollanib ishlaydi. Ma’lum muddat o’tib, xo’jayin uni o’z jiyaniga uylantirib qo’yadi va u alohida xo’jalikning boshlig’iga aylanadi. Dehqonchilik qilish bilan birga, otga to’qim tikish, qamchi to’qish, yugan va ayil yasash orqali daromadini muttasil oshira borib, Mahtumquli Yonachi (to’qimduz) nomi bilan dovrug’ taratadi. Bo’sh qolgan vaqtlarida u qo’shiqlar to’qigan va ulardan biri bizgacha yetib kelgan. 1 36 6 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Otasi Davlatmamad ham alohida qobiliyati bilan ajralib turar edi. U boshlang’ich ma’lumotini ovulda olib, so’ng Xiva madrasalarida o’qishini davom ettiradi. Ovulga qaytgach, bolalarni o’qitish bilan birga, qishloq xo’jaligi bilan shug’ullanadi. Agar bobosi uchun she’r to’qish shunchaki havas bo’lgan bo’lsa, otasi haqiqiy shoir bo’lib yetishadi. U Ozodiy taxallusi bilan ko’plab qo’shiq va g’azallar yaratadi. Uning kariyb 6 ming misradan iborat pand-nasihat mazmunidagi «Vaz’i Ozod» («Ozod vaz’i») nomli dostoni saqlanib qolgan. Bu asarlar Ozodiyning forsiy va turkiy adabiyotdan, xususan, Alisher Navoiy ijodidan yetarli darajada xabardorligini ko’rsatadi. Davlatmamadniig oilasi katta bo’lib, Mahtumquli uning uchinchi o’g’li hisoblanadi. Bo’sh vaqtlarida poda boqib, otasiga ko’maklashgan Mahtumquli 9 yoshidan she’r mashq qila boshlaydi. Mahtumquli boshlang‘ich ma’lumotni otasidan oladi. Bu haqda shoirning o‘zi shunday yozadi: Ranju zahmat chekib, agar qilsam yod, Qiblagohim—otam o‘qitgan ustod. Keyingi ta’limni Bekturdi eshondan, Xivadagi SHerg‘ozi va Buxorodagi Ko‘kaldosh madrasalarida olgan. Mahtumquli Sharq adabiyotini chuqur o‘zlashtirgan. Shoir «San bo‘lsam» she’rida Abusaid Abulxayr, Umar Xayyom, Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Hofiz SHeroziylarni katta hurmat bilan tilga oladi. Shoir she’rlarining davrlar o‘tib, zamonlar almashsa-da, o‘z ahamiyatini yo‘qotmay, aksincha, qadr-qimmati tobora ortib borishi ulardagi pand-nasihatlarning yuraklarga malham bo‘lib singganligidandir, ko‘ngillarni ilhomlantirib, qanot baxsh etishidandir, kishilarni hayajonga solishidandir. Uning she’rlari jarohatli yuraklarga malham, horg‘in vujudlarga quvvat, tushkun ruhga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi. Xuddi shuning uchun turkman xalqi qiynalgan, ozor chekkan, nochor qolgan, g‘ussaga botgan paytlarda Mahtumqulini dardlaridan forig‘ etadigan ma’naviy bir hakimi Luqmon deb biladi. Shoirning malham yanglig‘ she’rlari, da’vatkor so‘zlari barcha davrlarda katta-yu kichikning ruhini poklab, bu go‘zal dunyoga, insonga, hayotga muhabbat uyg‘otadigan, xalq ko‘nglini yuksakka ko‘tarib, butun turkman jamiyatining ruhiy sog‘lomligiga xizmat qilib kelgan. Haqiqatdan ham Mahtumquli she’rlari tog‘ bag‘ridan qaynab chiqqan zilol chashmaning suvi kabi musaffodir. Ular lola-rayhonli, gul-lolali bog‘-bo‘stonning muattar hidi kabi barq urib, ko‘ngilni zavq-u shavqqa to‘ldiradi. Bo‘g‘in-bo‘g‘inlarni bo‘shashtirib, yuraklarni yayratgan dutorning mayin va dil o‘rtar nolasi kabi hayajonga soladi. Mahtumquli yashagan zamon nihoyatda og‘ir va murakkab bir davr edi. Shu davrning ma’naviy havosidan nafas olgan shoir kuchli larzalarn
Доказательный фрагмент
«This article describes the work and work of the Turkmen poet Mahtumquli.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article describes the work and work of the Turkmen poet Mahtumquli. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creative heritage, singer of friendship, socio-philosophical views of the poet, социально-философские взгляды поэта, shoirning ijtimoiy-falsafiy qarashlari, певец дружбы, Azodi., Ozodiy., do’stlik kuychisi, ijodiy me’ros, Азоди., творческое наследие
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024