К содержанию
РецензированоRU2024

ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ГИЖДУВАНСКОГО РАЙОНА

Narzulloyeva Dilnavoz Oybekovna · Gejli Davon.

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

This article is about the ethnology of G'izhduvan district, its location. In addition to the origin and meaning of the term Gijduvan, information about the monuments located in the Gijduvan district is covered. Key words: G'iduvan, Harkanrud or Qalkanrud, "kish tuvon" "Gijduhon", Gej, Gejzor, Gejli Davon. ИСТОРИЯ И ЭТНОЛОГИЯ ГИЖДУВАНСКОГО РАЙОНА Аннотация. В статье представлена этнология Гиждуванского района, его местонахождение. Помимо происхождения и значения термина Гиждуван, освещаются сведения о памятниках, расположенных в Гиждуванском районе. Ключевые слова: Гидуван, Харканруд или Калканруд, «киш тувон», «Гиждухон», Гей, Гейзор, Гейли Давон. Gʻijduvon tumani — Buxoro viloyatidagi tuman. Viloyatning shimoli-sharqiy chekkasida joylashgan. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Shimoli-sharq va janubi-sharqdan Navoiy viloyatining Konimex, Karmana, janubdan Vobkent, gʻarbdan Shofirkon tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 3,94 ming km. Aholisi 19 ming kishi (2017). Tumanda 1 shahar (Gʻijduvon). 14 shaharcha (Abadi, Beshtuvo, Gajdumak, Jovgari, Ko'lijabbor, Mazragan, Yuqori Rostgo'y, O'zanon, Xatcha, Chag'dari, Dodarak, Namatgaron, Yuqori Qumoq) va 14 qishloq fuqarolari yig'ini (Armechan, Taxtaxon, G'ovshun, Zarangari, Ko'kcha, Pozagari, Rayonobod, Soktari, Sarvari, Sarmijon, Ulfatbibi, Fayzulla Yunusov, Firishkent) bor. Markazi — Gʻijduvon shahri. Arxeologik ma’lumotlardan ma’lum bo’lishicha, hozirgi G’ijduvon hududida aholi turar joylari arablar bosqinidan oldin paydo bo’lgan. G’ijduvon qishlog’i tarixiy yilnomalarda X asrdan boshlab tilga olinadi va u X asr geograflari tomonidan ham eslatib o’tilgan Harkanrud yoki Qalqonrud arig’idan suv olgani aytilgan, Karmana ro’parasidagi Yuqori Harkana dan farqili o’laroq, Quyi Harkana deb atalgan. O’shanda ham mintaqadagi savdo markazlaridan biri va Somoniylar davlati tarkibida bo’lgan. Uning nomi X asrdan boshlab arab va mahalliy manbalarda tilga olinadi. Buxoro xonligida mavjud, 32 ta rustav (tuman) ning orasida eng kattasi bo’lgan. G’ijduvon XII asrda Buxorodan 6 farsax uzoqlikdagi bozor qishlog’I bo’lgan. Keyinchalik G’ijduvon joylashgan tuman G’ijduvon yoki Harkanrud deb nomlangan. Keyinchalik shaharchaga 1 33 5 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ aylangan qishloq XII asrda turkey qoraxoniylar sulolasi davrida yashagan tasavvuf vakillaridan biri Abduxoliq G’ijduvoniy vatani bo’lgani uchun ancha tanilgan. G’ijduvon toponimining kelib chiqishi haqida mahalliy aholi orasida tuli rivoyatlar mavjud. Shulardan “kish tuvon” (“kish” tojikcha ekin ekuvchi, “tuvon”-manzil), ya’ni ekin ekadigan dehqonlar manzili yoki “G’ijduhon”- ko’p qishloqlardan tashkil topgan joy ma’nosida izohlaydilar. Shahar hududi va uning atrofi qadimdan dehqonchilik rivojlangan hudud hisoblangan. So’gd tilidaa esa Gej so’zi qamish ma’nosini bergan. Zarafshon daryosi yaqinidagi hudud qamishzor va butazor bo’lgan. Bu yerda yovvoyi qushlar, quyon va kiyiklar juda ham ko’p bo’lgan. Qipchoq dashti, Farg’ona, Xorazm vohasi ovchilari bu manzilga kelib, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik bilan shug’ullanishgan va shu hududga muqim o’rnashishgan. O’sha davr olimlari bu hududni tabiati bilan bog’lab Gej dovon ya’ni qamishzor davoni deb ataganlar. Gejzor, Gejli Davon so’zlari bilan yillar o’tishi bilan G’ijduvonga aylangan degan taxminlar bor. X—XI asrlarda sayyoh olimlar ushbu tuman nomini bir necha nomlar bilan tilga olgan. Xususan, olimi va sayyohi Shamsiddin al-Muqaddasiy „Ahsan at-Taqqosim fi Maʼrifat al- Akkolim“ (tarjimasi „Iqlimlarni bilishning eng yaxshi usuli“) asarida tumanni „Gʻujdevor“ (yoki Gʻijdevor) tarzida yozib, shahar koʻrinishidagi yirik qishloq deya taʼriflagan. Tuman 1926-yil 29- sentyabrda tashkil etilgan. 1935—1938-yillarda tuman nomi „Akmal Ikromov“ boʻlgan. Tadqiqotchilarning yozishicha, ushbu tumanda oʻzbeklar urugʻining 92 dan 28 tasi yashaydi. Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, rus, qozoq, ukrain, tatar, boshqird, turkman, arman, ozarbayjon, belorus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km2 ga 60,8 kishi. Shahar aholisi 43,6 ming kishi, qishloq aholisi 195,4 ming kishi (2005). 1931-yil 17-avgustdan „Kolxoz haqiqati“ gazetasi chop etiladi Gazeta 1987-yil oktyabrdan „Oktyabr bayrogʻi“, 1991-yil 1-sentyabrdan „Gʻijduvon hayoti“ nomi bilan ataladi. 1990-yildan „Maorifchi“ gazetasi nashr qilina boshlagan. Kelasi yil sentyabrdan gazeta „ Maʼrifat va maorif“ nomi ostida chiqqan. Lekin 1994-yil 1-yanvardan gazeta faoliti toʻxtagan. 1960-yilda ushbu tumanda maxsus radioeshittirish redaksiyasi tashkil qilingan. 1968— 1970-yillar oraligʻida tuman radioeshittrish redaksiyalari viloyat televideniyasi va radiosi egaligiga oʻtdi. 1995-yilda radio faoliyat toʻxtatilgan. Diqqatga sazovor joylar: Gʻijduvon tumanida Abduxoliq Gʻijduvoniy masjidi va maqbarasi (12-asr), Ulugʻbek madrasasi (1432—1433), Toshmasjid va Dehqonobod xonaqosi (15—16-asrlar), Xoja Sok

Доказательный фрагмент

«This article is about the ethnology of G'izhduvan district, its location.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is about the ethnology of G'izhduvan district, its location. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
G'iduvan, Harkanrud or Qalkanrud, "kish tuvon" "Gijduhon", Gej, Gejzor, «киш тувон», Gejli Davon., Гейзор, Гейли Давон., Гей, Harkanrud yoki Qalqonrud, «Гиждухон», Гидуван, “kish tuvon” “G’ijduhon”, Харканруд или Калканруд, G’ijduvon
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники