Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel TALABALARDA IJODIY FAOLIYATNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI Ergasheva Muxtaramxon Mashrabjon qizi
Ergasheva Muxtaramxon Mashrabjon qizi
Современная наука и исследования · 2025
Аннотация
This article discusses ways, pedagogical conditions, and methods for developing students' creative activity. Keywords: creative activity, students, methods, critical thinking, motivation O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim To’g’risida”gi qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillariga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg’un kamol topgan o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikasining jahon hamjamiyatiga yanada yo‘naltirilgan tizim yaratildi. [2]“Xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha kelajak uchun mustahkam poydevor bo’ladigan yangi tizimni yo‘lga qo‘yish vaqt-soati keldi.” - deydi o‘zlarining ma’ruzalarida hurmatli prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev.[1] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora- tadbirlari to‘g’risida 2021-yil 19 - maydagi PQ-5117-SON qaroriga muvofiq shuningdek xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi. Davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat ta’lim muassasalarining xorijiy tillarni o‘qitishni takomillashtirish borasidagi faoliyatini yuritadi. Xorijiy tajribalar asosida mahaliy o‘qitish tizimini rivojlantirib boriladi. Xalqaro hamkorliklar o‘rnatib, ularning moddiy-ma’naviy tashkiliy va uslubiy ko‘magini mamlakatda xorijiy tillarni o‘qitilishining rivojlantirilishiga amaliy ishlar tashkil etadi. XX asrda chet tillarini o‘qitish metodi. Shu yuzasida hozirgi tadqiqotlarda dars sifatini yaxshilash, xalqaro standartlarga mos keladigan, raqobatbardosh, yuqori intelektual fikli kadrlarni yuzaga keltirishda xorijiy tillarni samarali metodlar orqali oqitish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Talabalarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish- bugungi ta’lim jarayonining ustuvor yo‘nalishiridan biridir. Ular orasida aqliy hujum muammoli savol javoblar, ijodiy yozuvlar, loyiha asosida ta’lim kabi metodlar yetakchi o‘rin tutadi. 1) ma'ruzalar; 2) namoyish qilish; 3) aqliy hujum; 4) munozara/muhokama qilish; 5) sorovnoma 6)testlar 7) hikoyalar, she’rlar aytish 8) qoshiqlar kuylash va tarjima qilish 70 “YANGI O‘ZBEKISTONDA ZAMONAVIY PSIXOLOGIYA VA PEDAGOGIKAGA DOIR MUAMMOLARNI TADQIQ ETISHNING TRANSFORMATSION IMKONIYATLARI” Xalqaro ilmiy - amaliy konferensiyasi, 2025-yil 24-aprel Ijodiy muhitni shakllantirish, talabalarni o‘z fikrini erkin ifodalashga rag’batlantirish, ularning shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish ta’lim samaradorligini oshiradi. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalar- video taqdimotlar, infografikalar, virtual platformalar orqali dars jarayonini boyitish ham talabalarning kreaktiv fikrlash salohiyatini oshiradi. Binobarin, tadqiqotning aksariyat qismi asosan ijodiy amaliyotlar, ijodiy jarayonlar, ijodkorlik tushunchasi va texnologiyalardan foydalanishning ijodiy pedagogikasiga qaratilgan. Aksincha, o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun resurslarga e'tibor qaratadigan tadqiqotlar kam. Ushbu bo'shliqni to‘ldirish uchun ushbu tadqiqot mo'ljallangan Ijodkorlik yangi mahsulot yoki xizmatlarni ishlab chiqish, yangi muammolarni hal qilish shaxsiy muvaffaqiyatlarni oshirish va nizolarni ijobiy hal qilish uchun kuchli haydovchi sifatida ko‘riladi. Natijada, so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda o‘quvchilar va o‘qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun o‘quv dasturiga ijodkorlikni kiritish bo‘yicha siyosat bayonotlari soni ortib bormoqda. Biroq, ta’lim sharoitida ijodkorlikning ta’rifi u ko'rib chiqilayotgan kontekstga qarab farq qiladi.Ijodkorlik o‘qituvchilar fikr yuritish, aloqalarni yaratish va yangi g'oyalarni ishlab chiqarish uchun yetarli bilimlarni o‘zlashtirganda yuzaga keladi[3]. Ijodkorlik umumiy tushuncha xolos, oqitish jarayoni qiziqarli, samarador qilish esa har bir pedagogning individual xususiyatiga bog‘liq jarayondir. Referances: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-maydagi PQ-5117-SON qarori. 2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 29-avgustdagi 465-1-sonli "Ta'lim tòg'risida"gi qonunini. 3. Craft, A. (2005). Creativity in schools: Tension and dilemmas. Routledge. Cropley, A. J. (1999). Creativity and cognition: Producing effective novelty. Roeper Review, 21(4), 253-260. https://doi.org/10.1080/02783199909553972 71
Доказательный фрагмент
«This article discusses ways, pedagogical conditions, and methods for developing students' creative activity.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses ways, pedagogical conditions, and methods for developing students' creative activity. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- creative activity, students, methods, critical thinking, motivation, talabalar, motivatsiya, ijodiy faoliyat, metodlar, tanqidiy fikrlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024