К содержанию
РецензированоRU2026

ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИДЕЙ ЭТИКИ В МНЕНИЯХ АХМАДА ЯСАВИИ

PSIXOLOGIK TALQINI · Qarshiyeva Yanglish Abduvali qizi

Современная наука и исследования · 2026

Аннотация

A person who learns and understands the wisdom of Ahmed Yassavi understands how to be a real person in the true sense of the word, attains peace of mind and begins to strive for spiritual perfection. This article is devoted to information about the impact of Ahmad Yassavi's wisdom on human psychology and its role in spiritual development. Key words: Ahmad Yassavi's wisdom, views of eastern thinkers, "Devoni hikmat", psychology, human, mental peace, mental perfection. ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ ИДЕЙ ЭТИКИ В МНЕНИЯХ АХМАДА ЯСАВИИ Аннотация. Человек, познавший и постигший мудрость Ахмада Яссави, поймет, как быть настоящим человеком в истинном смысле этого слова, достигнет душевного спокойствия и начнет стремиться к духовному совершенству. Данная статья посвящена информации о влиянии мудрости Ахмада Яссави на психологию человека и ее роли в духовном развитии. Ключевые слова: мудрость Ахмада Яссави, взгляды восточных мыслителей, «Девони хикмат», психология, человек, душевный покой, душевное совершенство. Inson ma‘naviy olamining yuksalishi bilan bog‘liq turli holatlar haqida ko‘p gapirish mumkin. 530 Jamiyatimiz taraqqiyoti jarayonida Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarming hozirgi yoshlarda milliy ma‘naviy fazilatlarni shakllantirishdagi ahamiyatini o‘rganishga zaruriyat tobora ortmoqda. Ma‘lum ki, ta‘lim-tarbiyani o‘quvchilarning umumiy rivojlanishi bilan uyg‘utilashtirib amalga oshirish muhim pedagogik tamoyillardan biri hisoblanadi. Ammo bugungi kunda ta‘lim jarayoni uchun mo‘ljallangan darslik va qo‘llanmalarda Ahmad Yassaviyning hikmatlarini o‘rganishga doir materiallar zarur bo‘lganidan kam darajada o‘rin olgan. Zero, Xoja Ahmad Yassaviyning hikmatlari orqali talabalarga milliy-ma‘naviy fazilatlarni o‘zlashtirib, o‘zlaridagi salbiy sifatlarni bartaraf qilishi yo‘llarini o‘rgatish imkoniyati mavjuddir. Ma‘lumki, axloq ijtimoiy ong shakllari majmuasidan tashkil topgan bo‘lib, u insonlarning o‘zi, oilasi, do‘st-u birodarlari, jamoa a‘zolari va tabiatga berilgan munosabatlarini tartibga soluvchi xulq, odob qonun-qoidalaridan iboratdir. Axloqiy, ma‘naviy tarbiya esa ana shu qoidalarning yoshlar ongi, hayoti, turmush tarziga singdirish uchun ko‘rsatiladigan ta‘sirlar tizimini hosil qiladi. Demak. ma‘naviy tarbiya maqsadining negizi hisoblangan axloq kishining oila, mehnat va jamiyatga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lib turadi.[66; 98] Bugungi kungacha asrlar davomida shakllanib va rivojlanlb kelayotgan musulmon ma‘naviy ati va axloqi turmush tarzimizda mazmunan boy, rang-barang ko‘rinishlarda aks etib kelmoqda. Markaziy Osiyo xalqlari axloq tarbiyasi borasida boy tajribaga egadirlar. Muqaddas Qur‘oni Karim va Hadisi sharif kitoblarida axloqiy tarbiyaga oid ibratli maslahatlar, hikmatlar, rivoyatlar hamda asrlar davomida ota-bobolarimiz hayotida tarkib topgan milliy urf-odatlarimiz, an‘analarimizning durdona asoslari hisoblangan Muhammad ibn Muso al-Xorazmiyning «Vasiyatlar kitobi», Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriynmg «Al-Jome‘ as-sahih», Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Tcrmiziyning «Sunan», «Kitob shamoil», Abu Nasr Muhammad Forobiyning «Risola fi fusus al-hikma» («Hikmat gavharlari haqida risola»), «Risola fi tanbch alo ashobi-s-saodat» («Baxt saodatga erishish yo‘llari haqida risola»), «Kitob mabodi-u orom ahli madinat al-fazila» («Fozil shahar aholisining boshlang‘ich qarashlari), Abu Rayhon Beruniyning «Mineralogiya» (Qimmatbaho toshlarni bilish), Ibn Sinoning «Hikmatlar»i, Abu Bakr Muhammad ibn al-Abbos Xorazmiyning o‘gitlari va Ahmad Yassaviyning «Devoni hikmat», «Faqrnoma» asarlari bugungi kun yoshlarida milliy-ma‘naviy fazilatlarni psixologik jihatdan tarkib toptirishda juda muhim manba vazifasini o‘tamoqda. Demak, ma‘naviy at va axloq me‘yorlari barkamol insonni tarbiyalashda, unda insoniy sifatlarni shakllantiruvchi hamda uni mukammallikka erishtiruvchi vosita bo‘lib xizmal qiladi. 531 Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida ham aynan odob-axloq masalasiga alohida urg‘u berilganligini ko‘rishimiz mumkin. Ahmad Yassaviy hikmatlarida bayon etilgan fikrlaridan shuni anglashimiz mumkinki, agar kishi o‘zgalarni hurmat qilsa, yaqinlari va muhtojlar holidan xabar olib tursa, bu uning insoniy sifatlaridan darak beradi. «Qattig‘lanib qul Xoja Ahmad, yo‘lg‘a kirg‘il. Qulni ко’rsang, quli bo‘lib ma‘no so‘rgil. Yo ilohim, ro‘zi qilsa, ma ‘no olg‘il, Ma‘no so‘rab, ma‘no olgan chin qul bo‘lur.» [15; 151] Ahmad Yassaviy bu satrdagi «qullik tushunchasi, aslida, «kamtarin»lik sifati o‘rnida berilmoqda. Shu orqali, shoir odamlarni kamtarinlikka, bag‘rikenglikka da‘vat qilgan. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlarida oila va farzandlar to‘g‘risida, oiladagi o‘zaro mehribonlik, g‘amxo‘rlik, halol yashash, mehnat qilish va to‘g‘ri turmush tarzi har bir farzandning kelajakda jamiyatda tutadigan o‘rnini bclgilashida muhim ahamiyatga ega ekanligini ta‘kidlagan. Farzand o‘g‘il-qiz bo‘lishidan qat‘iy nazar bu ota-onaning umidi, orzusi, keksaygandagi suyanchig‘i, naslining davomchisi hisoblanadi. Shoirning fikricha, barcha insoniy faz

Доказательный фрагмент

«A person who learns and understands the wisdom of Ahmed Yassavi understands how to be a real person in the true sense of the word, attains peace of mind and begins to strive for spiritual perfection.»

Образец извлечения

Демо-превью

A person who learns and understands the wisdom of Ahmed Yassavi understands how to be a real person in the true sense of the word, attains peace of mind and begins to strive for spiritual perfection. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ahmad Yassavi's wisdom, views of eastern thinkers, "Devoni hikmat", “Devoni hikmat”, человек, душевный покой, sharq mutafakkirlari qarashlari, ruhiy barkamollik., psixologiya, ruhiy xotirjamlik, душевное совершенство., inson, психология, Ahmad Yassaviy hikmatlari, взгляды восточных мыслителей, мудрость Ахмада Яссави, «Девони хикмат»
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники