Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТРИ ВЕЛИКИХ ГЕНИЯ
Nasiba Jumayevna Yarashova
Современная наука и исследования · 2026
Аннотация
In the lexical layer of each language, words from other languages are learned and unnecessary words are forgotten. Taking into account the use of active words of the period in which they were written in works of art, it is natural to find obsolete words in works written in historical and previous centuries. In particular, historicisms and archaisms are used a lot in the work "Death of the Usurer" discussed in the article. The language of the work was lexically studied and analyzed for obsolete words. Key words: own layer, assimilated layer, lexical units, historicisms, archaisms, ethnographisms. ЛИНГВОПОЭТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА УСТАРЕВШИХ СЛОВ Аннотация. В лексическом слое каждого языка усваиваются слова других языков и забываются ненужные слова. Принимая во внимание использование в произведениях искусства активных слов того периода, в который они были написаны, естественно обнаружить устаревшие слова в произведениях, написанных в исторических и предыдущих веках. В частности, в произведении «Смерть ростовщика», рассматриваемом в статье, много используются историзмы и архаизмы. Язык произведения был лексически изучен и проанализирован на наличие устаревших слов. Ключевые слова: собственный слой, ассимилированный слой, лексические единицы, историзмы, архаизмы, этнографизмы. 525 Til tizim sifatida uzluksiz harakatda, rivojlanishda boʻlib turadi. Bu uning ijtimoiy mohiyatidan kelib chiqadi: til va jamiyat, til va ong, til va tafakkur oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir-biriga taʻsirini belgilaydi – jamiyatda yuz beradigan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, iqtisodiy va ma’rifiy sohalardagi islohotlar tilning lugʻat boyligida yangi-yangi soʻz va terminlarning vujudga kelishini, ayni paytda, ma’lum leksemalarning eskirib, tarixiy kategoriyaga aylanishini taqazo qiladi. [Jamolxonov.H. Hozirgi o’zbek adabiy tili. 2-qism.T., 2004.] Xuddi shunday, til davr va ijtimoiy hayot talabi bilan o‘ziga yangi so‘zlarni qabul qiladi, bir atamani boshqacha nomlaydi, natijada neologizmlar, o‘zlashma so‘zlar orqali leksik qatlam boyib boradi. Shuningdek, vazifasini o‘tab bo‘lgan so‘zlar gohida butkul unutiladi, eskiradi. Demak, tarixiylik nuqtai nazaridan o‘zbek tili leksikasi uch asosiy qatlamga bo‘linadi: 1) zamonaviy qatlam; 2) eski qatlam; 3) yangi qatlam. [Sh.Abdurahmonov, M.Asqarova, A.Hojiyev, I.Rasulov, H.Doniyorov. Hozirgi o’zbek adabiy tili. T., O’qituvchi. 1980.122-bet.] Leksema ifodalagan tushunchani anglatuvchi boshqa soʻzning shakllanishi natijasida [u ichki imkoniyat asosida yasalgan yoki olinma leksema boʻlishi mumkin] uning iste’mol doirasi toraya boradi. Bir qator semalari bilan faol qoʻllangan soʻzlar semantikasida torayish kuzatiladi. Keng qoʻllanilmagan leksemalar iste’moldan chiqib arxaizmga aylanadi. Bu jarayon tilning ichki qonuniyati asosida yuz beradi. .[ Dadaboyev.H. va b. O’zbek adabiy tili leksikasi tarixi. T.,2008.] So‘zlarning eskirishi ham ma’lum doiralarda bo‘lib o‘tadi. Ma’lum bir so‘zlar qaysidir davrda eskirib, unga ehtiyoj tug‘ilganda yana tilda qo‘llanila boshlaydi. Eskirgan leksika 2 turga ajratiladi: 1. Tarixiy soʻzlar yoki istorizmlar. 2. Arxaik soʻzlar yoki arxaizmlar. Shavkat Rahmatullayevning tarixiy so‘zlar va arxaizmlar haqidagi fikrlari bilan ularning bir-biridan keskin farq qilishini tushunib olamiz. Eskilik bo‘yog‘i bor til birligi arxaizm deyiladi (yunoncha arshaios – qadimgi). Leksemalardagi turiga leksik arxizm deyiladi. [Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o’zbek adabiy tili.T., 2006.88-bet.] 526 O‘tmish voqeligini nomlash zaruriyati bilan hozirgi tilda ishlatilgan eski leksik birlik istorizm deyiladi (yunoncha historia - tekshirish, tadqiqot). [Sh.Rahmatullayev. Hozirgi o’zbek adabiy tili.2006.90-bet.] Ya’niki, istorizm yoki tarixiy so‘z hozir o‘zi ham, uning muqobili ham qo‘llanilmaydigan so‘zdir. Arxaizm esa hozir mavjud bo‘lgan narsaning eski nomi hisoblanadi. Arxaizimda so‘z yoki uning ma’nosi eskiradi. Shunga ko‘ra leksik va semantik arxaizmga bo‘linadi. Shuningdek, eskirgan leksik birliklar deganda faqat va faqat so‘zlar tushunilmaydi. Qo‘shimchalar ham eskirishi tabiiy holdir. Frazemalarda ham bu tabiiy holdir. Ular o‘rnini til talabi bilan boshqa ma’nodoshi egallaydi. Fikrlarimiz tasdig‘i o‘laroq, quyida Sadriddin Ayniyning “Sudxo‘rning o‘limi” asarida uchragan eskirgan so‘zlarni ko‘rib o‘tamiz: Devonbegi, xonqoh ___ Qori Ishkamba shunday muhokama qilganidan keyin passajning sementlangan devori bilan Devonbegi хonaqohi tomoniga qarab yo‘naldi.[1-176] Saroybon ___ Saroybon lampani ko‘tarib zina boshida turdi, biz uning yorug‘ida zinadan tushdik. [1-63-bet] Muallavachcha ___ Men hozir shu va’dasiz mullabachchaning oshini yeb chiqdim. [1-42- bet] Cho‘t ___ Qori Ishkamba o‘tirgani hamon yonboshlab, qo‘lini cho‘tning orqasiga uzatdi- da, u yerdan bir narsani olib og‘ziga tiqdi. [1-14-bet] Attorlik, timcha ___ Bu “timcha” deb atalgan bozor chinnifurushlik rastasi bilan attorlik rastasi orasida ko‘ndalang bo‘lib, ikki rastani bir-biriga tutashtirad
Доказательный фрагмент
«In the lexical layer of each language, words from other languages are learned and unnecessary words are forgotten.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn the lexical layer of each language, words from other languages are learned and unnecessary words are forgotten. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- own layer, assimilated layer, lexical units, historicisms, archaisms, qudratli ma’naviy kuch., Литература, Adabiyot, человечность, powerful spiritual force., til, language, humanity, bashariyat, Literature, мощная духовная сила., язык
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014