К содержанию
РецензированоUZ2025

MASALALARI Xojabaev Daniyar Alimbaevich Ajiniyoz nomidagi NDPI pedagogika-psixologiya va ijodiy talim fakulteti musiqa talim yònalishi 1-kurs talabasi.

NEW RENAISSANCE · Xojabaev Daniyar Alimbaevich

Современная наука и исследования · 2 · 2025

Аннотация

This article examines the role of Bakhshichilik art in understanding national identity and preserving spiritual heritage. It highlights the significance of the bakhshi’s creative work in transmitting the national spirit, historical memory, and traditional values from generation to generation. Special attention is paid to the revival of Bakhshichilik traditions in modern society and the education of youth in the spirit of respect for national culture and oral folk art. The article also analyzes the role of Bakhshichilik in strengthening cultural identity, as well as ways to preserve and develop this phenomenon as a form of spiritual heritage. Keywords: Bakhshichilik, national identity, spiritual heritage, oral folk art, tradition, folk art, values, cultural identity, folklore, youth education. Baqshichilik o‘zbek xalqining eng qadimiy va boy og‘zaki ijod namunalaridan biridir. U xalq ruhiyati, tarixi, ma’naviy dunyosi va estetik didining o‘ziga xos ifodasi sifatida shakllangan. 92 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 Baqshilar xalq og‘zaki ijodining targ‘ibotchilari, tarix va madaniyatni avloddan avlodga yetkazuvchi madaniy ko‘prik vazifasini bajarganlar. Shuning uchun ham baqshichilik faqat musiqiy san’at emas, balki milliy o‘zlik va ma’naviy merosni saqlovchi vosita sifatida ham g‘oyat muhim ahamiyatga ega. Bugungi globallashuv davrida milliy o‘zlik va ma’naviy merosni asrab-avaylash, uni yoshlar ongida mustahkamlash dolzarb masalaga aylangan. Ayniqsa, zamonaviy axborot oqimlari, texnologik taraqqiyot, xorijiy madaniyatlarning ta’siri sharoitida xalq og‘zaki ijodi shakllarini, jumladan, baqshichilikni saqlab qolish, uni zamonaviy madaniyat bilan uyg‘unlashtirish zarur bo‘lmoqda. Baqshichilik qadimiy Turkiston madaniyatining uzviy qismi sifatida shakllanib, asrlar davomida xalq orasida yashab kelgan. Baqshi — xalq tarixini, qahramonlik eposlarini, urf-odat va qadriyatlarni kuylovchi, ularni yoddan aytuvchi ijodkordir. Ular “Alpomish”, “Gorogly”, “Go‘ro‘g‘li”, “Ravshanxon”, “Kuntug‘mish” kabi dostonlarni aytish orqali nafaqat badiiy zavq, balki ma’naviy tarbiya ham berganlar. Baqshi ijrosida musiqaning, so‘zning va ruhiy kechinmaning uyg‘unligi mavjud. Uning har bir aytgan dostonida xalqning ruhiyati, orzu-intilishlari, axloqiy ideallari mujassam. Shu bois baqshichilik xalq madaniyatida o‘ziga xos ma’naviy maktab bo‘lib xizmat qiladi. 1 Baqshichilik san’ati nafaqat o‘tgan asrlar merosi, balki bugungi kunda ham milliy o‘zlikni anglash, o‘z madaniy ildizlariga qaytish va ularni yosh avlodga singdirishning muhim vositasidir. Milliy o‘zlik — bu xalqning tarixiy xotirasi, tili, madaniyati, urf-odatlari va qadriyatlari bilan bog‘liq o‘ziga xoslikdir. Ma’naviy meros esa o‘tgan avlodlar yaratgan boyliklarning — og‘zaki ijod, san’at, axloqiy qadriyatlar, diniy va falsafiy qarashlarning majmuasidir. Baqshichilik san’ati milliy o‘zlikni ifodalash va ma’naviy merosni shakllantirishda markaziy o‘rin tutadi. Birinchidan, baqshi ijrosi orqali xalq qo‘shiqlari, afsonalar, tarixiy voqealar, urf-odatlar yangi avlodga yetkaziladi. Bu bilan o‘zlikni anglash va merosni davom ettirish jarayoni amalga oshadi. Ikkinchidan, baqshichilik san’atida tarbiyaviy mazmun mavjud bo‘lib, u shaxs va jamiyatning ma’naviy-axloqiy yuksalishida vosita bo‘ladi. Uchinchi jihat – global madaniy ta’sirlarga qarshi madaniy mustaqillikni ta’minlashda baqshichilik milliy madaniyatning mustahkam teginish nuqtasi zarur ekanligini ko‘rsatadi. Masalan, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida ma’naviy va madaniy taraqqiyot yo‘lida milliy qadriyatlarni tiklash, urf-odatlarni qayta jonlantirishga e’tibor qaratilgan. Milliy o‘zlikni anglashda san’atning roli beqiyosdir. Ayniqsa, og‘zaki ijod orqali xalq o‘z tarixini, orzularini, urf-odatlarini eslab turadi. Shu ma’noda, baqshichilik o‘zbek milliy o‘zligini asrashda asosiy poydevor vazifasini bajaradi. U millat xotirasi, ruhiy boyligi va ma’naviy mustahkamligining timsolidir.2 Baqshichilik san’ati va undan kelib chiqadigan milliy o‘zlik, ma’naviy meros saqlashda bir qator muammolar kuzatiladi: 1 Igamberdiyeva X. S. O‘zbekistonda ma’naviy va tarixiy merosning tiklanishi. “Ta’lim, fan va innovatsion g‘oyalar jurnali”, 2025. 2 “Milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli.” pravacheloveka.uz, 2024. 93 NEW RENAISSANCE 2025 NOVEMBER INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE VOLUME 2 | ISSUE 11 -Yosh avlodning an’anaviy san’atga qiziqishi pasayishi, zamonaviy telekommunikatsiya va pop-madaniyat ta’sirining ortishi. -Baqshichilik ijrochilari, repertuarlari va uslublarining huquqiy-tashkiliy jihatdan yetarlicha himoyalanmasligi, yozib olish, arxivlash kabi infratuzilma kamchiligi. -Moddiy va nomoddiy madaniy merosni saqlash bo‘yicha resurslar, tizimli yondashuvning etishmasligi. Masalan, tarixiy-me’moriy obidalarni saqlash va ta’mirlash borasida xalqaro konvensiyalar orqali amalga oshirilayotgan hamkorlikning joriyligi bor. -Globalizatsiya, til va

Доказательный фрагмент

«This article examines the role of Bakhshichilik art in understanding national identity and preserving spiritual heritage.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the role of Bakhshichilik art in understanding national identity and preserving spiritual heritage. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bakhshichilik, national identity, spiritual heritage, oral folk art, tradition, folk, og‘zaki ijod, madaniy identifikatsiya, folklor, an’ana, baxshichilik, xalq ijodi, yosh avlod tarbiyasi., ma’naviy meros, milliy o‘zlik, qadriyat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники