Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ЯЗЫКОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА РОДНОМ ЯЗЫКЕ
Qayumova Odina
Современная наука и исследования · 8 · 27–46 · 2026
Аннотация
This article provides opinions on the theoretical foundations, brief history, level of study, and important components of the formation of linguistic competences in the native language among elementary school students. Key words: mother tongue, speech, competence, competence, literacy, literacy, phonetics, science, outlook, knowledge, skill, paronym, antonym, linguistics, method, grammar, lexicology. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОВЫШЕНИЯ ЯЗЫКОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ НА РОДНОМ ЯЗЫКЕ Аннотация. В данной статье даны отзывы о теоретических основах, краткой истории, уровне изученности и важных компонентах формирования языковых компетенций, связанных с родным языком, у учащихся младших классов. Ключевые слова: родной язык, речь, компетентность, компетентность, грамотность, грамотность, фонетика, наука, мировоззрение, знание, умение, пароним, антоним, лингвистика, метод, грамматика, лексикология. Bugun kunda taʻlim sohasida kompetensiya, kompetentlilik kabi tushunchalar muomalada juda keng foydalanilmoqda. Kompetensiya – (“competence”, “to compete” soʻzidan kelib chiqib) soʻzi oʻzida “musobaqalashmoq”, “raqobatlashmoq”, “bellashmoq” maʻnolarini ifodalaydi. “Kompetensiya” tushunchasi ilk bor XX asrning 50–60-yillarida ilmiy adabiyotlarda tilga olingan. Amerikalik olim N.Xomsky “Sintaktik strukturalar”, “Sintaksis nazariyasining aspektlari” nomli asarlarida kompetensiyani insonning biror faoliyatni amalga oshirish layoqati sifatida talqin etgan. 495 Kompetensiya tushunchasining qisqacha tarixi quyidagi bosqichlardan iborat: Birinchi bosqich – 1960–1970-yillar. Tilni oʻrganishga doir dastlabki kompetensiyalar kiritila boshlandi. Bunda D. Xayms tomonidan “kommunikativ kompetensiya”tushunchasi kiritiladi. Ikkinchi bosqich – 1970–1990-yillar. Kompetensiya-kompetentlik kategoriyalarini tilni ayniqsa ikkinchi (ona tilidan tashqari) tilni oʻrganish nazariyasi va amaliyotida, boshqarishda, rahbarlikda, menejmentda professionallik va muloqotni oʻrganishda foydalanila boshlandi. Bu paytda “ijtimoiy kompetensiya kompetentlik” tushunchasining mazmuni ishlab chiqiladi. Uchinchi bosqich – 1990 va keyingi yillarda kompetensiyaviy yondoshuv, kasbiy taʻlimga, umumtaʻlim fanlariga va boshqa yoʻnalishlarda qoʻllanila boshlandi. Oʻzbekistonda dastlab Birinchi Prezidentimiz farmoniga muvofiq, chet tillarni oʻqitishni takomillashtirishga qaratilgan 2012-yil 12-dekabr farmoniga muvofiq ilk bor kompetensiyaviy yondoshuvga asoslangan DTS ishlab chiqilib 2013-2014 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish boshlandi. Shu bilan bir qatorda mamlakatimizda xalq taʻlimini isloh qilish boʻyicha koʻplab chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Uchinchi tiklanish beshigi sifatida Prezidentimiz gʻoyasiga koʻra, taʻlimga eʻtibor qaratib, uni tubdan isloh qilish masalalari koʻrib chiqilmoqda. Zero, taʻlimni rivojlantirish uchun islohotni uning eng quyi boʻginidan boshlash aqlga sigʻmaydigan oʻzgarishlarga olib keladi. Respublikamiz umumtaʻlim maktablarida ona tilini oʻqitishda oʻqituvchilarning nutqini oʻstirish, lugʻat ustida ishlash, taʻlim oluvchilarda ijodkor fikrlashlariga oʻrgatish, darslarni integrativ yondoshuvlar asosida tashkil etish muammolari mamlakatimizning bir qator olimlari tomonidan tadqiq etilgan. Jumladan, Sh. Yusupov, G. Axmedova, M. Haydarov, B. Toʻxliyev, O. Oxunjonovalarning tadqiqot ishlari taxsinga loyiqdir. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining metodik tayyorgarligini takomillashtirish masalalari K.Qosimova, Sh.Yoʻldosheva, X.Gʻulomova, A.Nisanbayevalar tomonidan; umumtaʻlim maktablarining yuqori sinf ona tili darslarida oʻquvchilarni ijodiy fikrlashga oʻrgatish masalalari R.G.Safarova, Sh.J.Yusupova, N.X.Sattorova, N.A.Qosimova, N.G.Alovuddinova, O.Oxunjonova, T.U.Ziyodova, M.Saidov, X.Q. Shoymardonov kabilarning ilmiy tadqiqotlarida oʻz aksini topgan. Ona tili oʻqitish metodikasida oʻquvchilarga nazariy bilimlarni amalda qoʻllashni oʻrgatish zaruriyat ekanligi, mazkur ish turi bilan bogʻliq ayrim muammolar xususida K. Qosimova, R.Mavlyanova, R. Ibragimov, M.Maxmudov, T.Ashrapova, T.Gʻafforova, Sh.Yoʻldosheva, N. Bekniyazova, A. Xamroyev va boshqa didaktika va metodika sohasiga oid mutaxasisslarning tadqiqot ishlari, metodik qoʻllanma hamda monografiyalarida fikr yuritilgan, muayyan tavsiyalar berilgan. Uymumiy jihtdan olganda oʻquvchilarni oʻrganilayotgan nazariy bilimlarni amalda 496 qoʻllashga oʻrgatish zarurligi va ahamiyati, bunda ularning mustaqilligini oshira borish haqida gapirmagan olimlarni topish qiyin. Lingvistik kompetensiya – bu, nutqiy faoliyatni tartibga soluvchi grammatik qoidalarni amaliyotda uygʻunlikda – oʻrganayotgan tilda soʻz va jumlalarni toʻgʻri qoʻllay olish, nutqda fikrning gapdagi ifodasining toʻgʻri-notoʻgʻriligini ajrata olish layoqatidir, yaʼni boʻlajak pedagogning oʻzbek tilidan “lingvistik kompetensiyasi” tushunchasi deganda bu uning oʻzbek tili birliklari, nutqiy xususiyatlarni anglay olishi, til hodisalarini tahlil qila olishi, qismlarni bir butunga birlashtira olishi,
Доказательный фрагмент
«This article provides opinions on the theoretical foundations, brief history, level of study, and important components of the formation of linguistic competences in the native language among elementary school students.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides opinions on the theoretical foundations, brief history, level of study, and important components of the formation of linguistic competences in the native language among elementary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- mother tongue, speech, competence, competence, literacy, literacy, phonetics, lexicology., antonym, умение, paronym, dunyoqarash, родной язык, грамматика, метод, paronim, science, антоним, grammar, knowledge, method, речь, savodxonlik, antonim, kompetentlik, ilm-fan, savod, outlook, пароним, fonetika, grammatika, компетентность, lingvistika, kompetensiya, мировоззрение, ona tili, знание, лексикология., фонетика, linguistics, грамотность, bilim, metod, skill, leksikologiya., nutq, koʻnikma, лингвистика, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024