К содержанию
РецензированоUZ2024

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika psixologiya kafedrasi o’qituvchisi. Elmuratova Saiyda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti amaliy psixologiya yo’nalishi talabasi.

Mambetiyarova Venera · Elmuratova Saiyda

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

In this scientific article, a comparative analysis of the concepts of ethnicity and nation is carried out. First, the historical, cultural and political aspects of the concepts of ethnicity and nation are deeply studied in the article. the differences and similarities between these are analyzed, the social importance, role in society, and specific characteristics of each are highlighted. Key words: Ethnicity, nation, culture, tradition, social group, national identity, social psychological environment. Etnos va millat tushunchalari ko‘plab ilmiy tadqiqotlarda o‘rganilgan va ijtimoiy nazariyalar uchun muhim asos bo‘lib xizmat qilgan ikki o‘ziga xos tushunchadir. Ushbu maqolada etnos va millat tushunchalarining farqlari, o‘xshashliklari, tarixiy va ijtimoiy shakllanishi, shuningdek, ularga bog‘liq bo‘lgan asosiy kontseptual va ijtimoiy masalalar tahlil etiladi. Etnos (yunoncha "ethnos" – qavm, xalq) asosan tarixiy, madaniy va biologik omillar orqali shakllangan guruhni ifodalaydi. Etnosni tashkil etuvchi asosiy omillar: bir xil tilda gaplashish, umumiy tarix, madaniyat, urf-odatlar va din kabi unsurlar hisoblanadi. Etnik guruhlar ko‘pincha o‘zlarining an'anaviy qadriyatlari va madaniyatlarini saqlab qolish bilan ajralib turadi. Etnos ijtimoiy jihatdan yakkalanmagan bo‘lib, uni tashkil etuvchi kishilar ko‘pincha bir-biriga biologik va madaniy jihatdan yaqin bo‘ladi. 3 40 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Millat esa, kengroq va ko‘proq siyosiy jihatdan tashkil topgan tushunchadir. Millatni tashkil etuvchi asosiy omillar: bir xil ijtimoiy va siyosiy tuzumga ega bo‘lish, hamda muayyan hududda yashovchi aholi o‘rtasida davlatni qurish va uni rivojlantirishga intilishdir. Millat — bu o‘z mustaqil davlatiga ega bo‘lgan yoki mustaqil davlatni yaratishga intilayotgan, o‘ziga xos siyosiy va iqtisodiy tizimga ega bo‘lgan guruhdir. Millatning shakllanishi ko‘pincha tarixiy sharoitlar va siyosiy harakatlar bilan bog‘liq bo‘ladi. Biz etnos va millat tushinchalarini to’liqroq anglashimiz uchun ular o’rtasidagi quyidagi asosiy farqlarni bilishimiz zarur. Asosiy omillar: Etnosning asosiy omillari etnik yodgorliklar, umumiy til, madaniyat va tarixga asoslanadi. Millat esa, asosan, siyosiy va ijtimoiy tuzumlarga asoslanadi, shuningdek, davlatni tashkil etish va uni boshqarish masalalari muhim rol o‘ynaydi. Siyosiy tashkilot: Etnos odatda siyosiy tashkilotga ega emas, uning a'zolari ko‘pincha bir- biriga biroz mustaqil ravishda yashaydi. Millat esa o‘zining siyosiy tashkilotiga, ya'ni davlat tizimiga ega bo‘ladi va shu orqali bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar o‘z siyosiy huquqlari, majburiyatlari va manfaatlariga ega bo‘ladilar. Madaniy jihatlar: Etnos madaniy jihatdan o‘xshashliklar bilan bir-biriga bog‘lanadi, biroq millat o‘zining siyosiy rivojlanishi, iqtisodiy holati va ijtimoiy tizimi asosida shakllanadi. Maqsadlar: Etnos o‘zining an'anaviy hayot tarzini saqlashga intiladi, millat esa o‘zining siyosiy mustaqilligi va rivojlanishiga qaratilgan maqsadlarni ko‘zlaydi. Etnos va millat tushinchalarining farqlari bo’lgani kabi ularning o’xshash jihatlari ham bor. Ularga quyidagilarni misol qilishimiz mumkin: Birlik hissi: Ikkala tushuncha ham o‘zaro birligi mavjud bo‘lgan guruhlarni ifodalaydi. Etnos va millatni tashkil etuvchi kishilar o‘zlarining umumiy kelib chiqishi, tarixi va madaniyati bilan bog‘liqdir. Madaniy va tarixiy birlashuv: Etnos va millat o‘rtasidagi eng muhim o‘xshashlik shundaki, ikkalasi ham o‘z madaniyatini va tarixini davom ettiradi. Millatlar, odatda, o‘z etnik guruhlarini, urf-odatlarini va qadriyatlarini saqlashga intiladi. Hissiy bog‘lanish: Ikkala tushuncha ham o‘z a'zolarida kuchli hissiy bog‘lanish, o‘zlarini bir butun sifatida his qilish, umumiy kelajakka qiziqish va intilish uyg‘otadi. Etnos va millat tushunchalari jamiyatda juda muhim ijtimoiy ahamiyatga ega. Ular ijtimoiy guruhlarni, ularning identifikatsiyasini, o‘zaro aloqalarini va jamiyatning qanday rivojlanishini shakllantiruvchi asosiy omillardan biridir. Etnos va millat ijtimoiy tizimlarda, siyosatda, madaniyatda va iqtisodiyotda o‘ziga xos rol o‘ynaydi. Etnos va millat odamlarning o‘zini qanday his qilishini, qayerdan kelganini va kimligini tushunishda markaziy o‘rin tutadi. Etnik va milliy kimlik odamlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni, ularning turmush tarzini va qadriyatlarini shakllantiradi. Etnos va millat o‘ziga xos tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analariga asoslangan birlashish hissini yaratadi. Bu kimlik odamlar o‘rtasidagi jamoaviy aloqalarni mustahkamlashga yordam beradi va jamiyatda barqarorlikni ta'minlaydi. Shuningdek etnos va millat birlashtiruvchi kuch sifatida xizmat qiladi. Ijtimoiy guruhlar o‘zaro madaniy va tarixiy bog‘lanishlari orqali birlashib, umumiy maqsadlar sari harakat qilishadi. Etnik va milliy identifikatsiya, odamlar o‘rtasidagi ishonchni oshiradi va jamiyatda birdamlikni ta'minlaydi. 3 41 Internationa

Доказательный фрагмент

«In this scientific article, a comparative analysis of the concepts of ethnicity and nation is carried out.»

Образец извлечения

Демо-превью

In this scientific article, a comparative analysis of the concepts of ethnicity and nation is carried out. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ethnicity, nation, culture, tradition, social group, national identity, social, ijtimoiy psixologik muhit., millat, Etnos, ijtimoiy guruh, urf-odat, madaniyat, milliy identifikatsiya
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники