К содержанию
РецензированоRU2026

ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ РАЗВИТИЕ РЕБЕНКА

Xakimova Nasiba Barakayevna

Современная наука и исследования · 1 · 2026

Аннотация

This article includes extensive information on the sequence, content, and importance of factors that ensure the development of a child's personality, the results of psychological research, and well-founded opinions of foreign and Eastern scholars on this topic. Key words: child, environment, family, society, education, value, factor, religion, positive, negative. ФАКТОРЫ, ОБЕСПЕЧИВАЮЩИЕ РАЗВИТИЕ РЕБЕНКА Аннотация. Данная статья включает обширные сведения о последовательности, содержании и значении факторов, обеспечивающих развитие личности ребенка, результаты психологических исследований, а также обоснованные мнения зарубежных и восточных ученых по этой теме. Ключевые слова: ребенок, среда, семья, общество, образование, ценность, фактор, религия, позитив, негатив. Bolaning shaxsiyatining rivojlanishi turli xil faoliyatlarda tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilishda eng samarali hisoblanadi. Tarbiya, irsiyat (nasl) va muhit bolaning rivojlanishida asosiy o'rin tutadi. Agar ana shu uchta omil bolaga ijobiy ta'sir qilsa, u kelajakda barkamol inson bo'lishi va salbiy tomondan ta'sir qilsa, badaxloq kimsaga aylanishi mumkin. Bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqida Islom dini va ulamolarning asarlarida yetarlicha fikr va mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga bolaning rivojlanishi haqida G'arb faylasuflari ham o'zlarining qarashlarini bayon qilishgan. Quyida biz G'arb va Islom dunyosining bolaning shakllanishiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar haqidagi fikrlarini keltirib o'tamiz. Bolaning shakllanishi haqida G'arb faylasuflarining fikrlari. 471 Biologik yo'nalish – bu yo'nalish tarafdorlari odam bolasining shaxs sifatida rivojlanishida tabiiy – biologik (irsiy) omillar hal qiluvchi rol o'ynaydi deb biladilar. Ularning fikricha, bola ona qornidalik vaqtida avlod-ajdodlardan o'tgan tug'ma xususiyatlargina rivojlanadi. Ular tarbiya va muhitning rolini cheklab qo'yishadi. Yo'nalishning tarafdorlari Aristotel, Platon hisoblanadi. Preformizm yo'nalishi – XVI asr falsafasida vujudga kelgan bu oqim namoyandalarining fikricha, bo'lajak shaxsga tegishli barcha xususiyatlarga bola ona qornidaligidayoq ega bo'ladi. Ular tarbiya va muhitning rolini butunlay inkor etishidi. Insonning shakllanishida Islom dini va mutafakkirlarning fikrlari Islom dini va mutafakkirlarning asarlarida bolaning shakllanishi uchun tarbiya, irsiyat va muhit ta'siri alohida ta'kidlangan. Shu uch omilning ichida tarbiyaning roli, ayniqsa, ahamiyatli hisoblanadi. Ammo tarbiya ta'sirining kuchi va natijasi irsiyat va muhit kabi omillarning hamkorligi bilan belgilanadi. Chunki nasl va muhitda kamchilik bo'lsa, tarbiyaning ta'siri sezilmasligi mumkin. Quyida biz uchta omil haqida Islom dini va ulamolarning qarashlarini keltiramiz. Tarbiya – inson kamolotiga ta'sir etuvchi tashqi va eng muhim omil hisoblanadi. “Tarbiya” arabcha so'z bo'lib, o'stirdi, rahbarlik qildi, isloh qildi degan ma'nolarni bildiradi. Islom ulamolaridan Rog'ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta'rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga o'tkaza borib, batamom nuqtasiga yetkazishdir. Tarbiyaning ma'nolaridan biri, insonning diniy, fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg'unlik va muvozanat ila o'stirishdir”. Tarbiyani insonga yetkazishda ota-onaning o'rni beqiyosligini Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) ta'kidlaydilar. Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: “Nabiy (sollallohu alayhi va sallam): “Har bir tug'ilgan bola faqat fitrat (sof tabiat) bilan tug'iladi. Bas, ota-onasi uni yahudiy yoki nasroniy yoki majusiy qiladi...”. Bu hadisi sharifdan irsiyat, ya'ni biologik omil insonni shakllanishida asosiy o'rin tutadi degan fikrni ilgari suruvchi G'arb faylasuf va oqimlarining fikrlari asossiz ekanini va tarbiyaning muhimligini bilib olamiz. Bolaning ijtimoiy rivojlanishida yetakchi o'rinni o'z xalqining axloqiy qadriyatlarini o'zlashtirish va keyinchalik umuminsoniy axloqiy qadriyatlarni bilish va egallash yotadi. Ijtimoiy taraqqiyot bilan chambarchas bog'liq maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy tarbiyasi hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning axloqiy xatti-harakatlari tajribasi kattalar bilan muloqot jarayonida shakllanadi va tengdoshlari bilan turli xil qo'shma tadbirlar va munosabatlarda mustahkamlanadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi. 472 O'rta Osiyolik mutafakkirlardan Forobiy va Abu Ali ibn Sino inson tarbiyasiga ta'sir etadigan omillar ahamiyatiga e'tibor berganlar. Forobiy inson kamolotida ta'lim-tarbiyaning muhimligini ta'kidlab: Munosib inson bo'lish uchun insonda ikki xil imkoniyat: ta'lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Ta'lim olish orqali nazariy kamolotga erishiladi, tarbiya esa kishilar bilan muloqotda axloqiy qadr-qimmatni va amaliy faoliyatni yaratishga olib boradigan yo'ldir...” deydi. Abu Ali ibn Sino oila tarbiyasida ota-onaning o'rniga alohida to

Доказательный фрагмент

«This article includes extensive information on the sequence, content, and importance of factors that ensure the development of a child's personality, the results of psychological research, and well-founded opinions of…»

Образец извлечения

Демо-превью

This article includes extensive information on the sequence, content, and importance of factors that ensure the development of a child's personality, the results of psychological research, and well-founded opinions of… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
child, environment, family, society, education, value, factor, religion, positive, din, религия, общество, среда, jamiyat, семья, позитив, ijobiy, oila, omil, образование, ценность, негатив., bola, qadriyat, tarbiya, salbiy., muhit, negative., ребенок, фактор
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники