Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
YURAK TUG`MA NUQSONLARI. QORINCHALAR ARO TO`SIQ NUQSONI. Jo`rayeva Shahrizoda EMU universiteti tibbiyot fakulteti davolash ishi yo`nalishi talabasi.
Jo`rayeva Shahrizoda
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqola “Yurak tug`ma nuqsonlari”, “Qorinchalararo to`siq nuqsoni”, etiologiyasi, davrlari, davolash usullari to`g`risida to`xtalib o`tilgan. Yurak tug`ma nuqsoni embrion va homilaga turli xil zararli omillar ta`sirida yurak va magistral tomirlarda u yoki bu nuqsonning paydo bo`lishi bilan xarakterlanuvchi patologik xolat. Kalit so`zlar: birlamchi adaptatsiya, nisbiy kopmensasiya davri, gemodinamika, Eyzenmenger simptomokompleksi. Etiologiyasi: Homiladorlikning 6-8 haftasida yurak tug`ma nuqsonlari rivojlanishi havfi yuqori hisoblanadi. Ushbu davrda teratogen omillarni homilaga ta`siri oqibatida yurakning og`ir va qo`shilib kelgan nuqsonlari rivojlanadi. Homiladorlikning turli bosqichlarida kompleks ravishda yurak zararlanishi mumkin. Bundan tashqari bolalarning yurak tug`ma nuqsonlari bilan tug`ilishiga asosiy sabablardan biri xromasoma buzilishi 5%, birlamchi gen mutatsiyasi 2-3%, tashqi omillar ta`siri (ota-ona zararli odatlari: alkagolizm, narkomaniya, homiladorlik vaqtida virusli kasalliklar bilan kasallanishi va boshqalar), 1-2%: poligen-multifakal nasliy omillr 90% hollarda uchraydi. Anamnezida onaning yoshi, oilasida endokrin kasalliklarning bo`lishiga, homiladorlikning 3-oyligida toksikoz va bola tushish xavfi bo`lganligi, oilada o`lik bola tug`ilishi, qarindoshlar orasida yurak tug`ma nuqsoni kuzatilishi ham muhim ahamiyatga ega. Yurak tug`ma nuqsoni kechishida uch davr farqlanadi: Birinchi davr (birlamchi adaptatsiya)- nuqson tufayli vujudga kelgan gemodinamik buzilishlarga bola organizmining moslashuvi bilan harakterlanadi. Kichik bolalarda moslashish va kompasesiya jarayonlari noturg`un muvozanatda yoki nisbatan kuchsiz bo`ladi. Ikkinchi davr (nisbiy kopmensasiya davri)- agar tug`ma nuqsoni bor bolalar kasallikning birinchi davrida nobud bo`lmasalar, odatda hayotining 2-3 yilidan boshlab umumiy ahvolining yaxshilanishi kuzatiladi. Bu davrda sub`ektiv shikoyatlar kamayadi. Bemorning jismoniy va harakat aktivligi tiklanadi. Uchinchi davr (terminal bosqich)- bu davr kompensator imkoniyatlar tugab, yurak mushagida va parenximatoz organlarda distrofik hamda degenerative o`zgarishlar vujudga kelganda boshlanadi. Turli kasalliklar va ularning asoratlari bu bosqich rivojlanishini tezlashtiradi. Qorinchalararo to`siq nuqsoni – Eng ko`p tarqalgan tug`ma yurak nuqsoni. Ushbu nuqson yurak membrana yoki mushak sohasida joylashib, diametri 1 mm dan 30 mm gacha bo`lishi mumkin. Yurak nuqsonlari Ichida 20-30%ni tashkil etadi. Nuqson qorinchalar aro to`siqning membranali yoki mushak qismida ovalsimon, aylana yoki konussimon teshik ko`rinishida bo`lishi mumkin. Gemodinamika. Qon chap qorinchadan o`ng qoringa o`tadi, so`ngra o`pka arteriyasiga va u yerdan yurakning chap qismlariga tushadi. 7 1 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Kichik qon aylanish doirasida dimlanish kuzatilib, ikkala qorinchalar zo`riqishiga olib keladi. Bola tug`ilganida o`pka tomirlarida Qorinchalar aro tosiqning qarshilik yuqori bo`ladi, shuning uchun chap. Yuqori nuqsoni qorinchaga qonning o`tishi kam bo`ladi. Qarshilik bola hayotining bir necha kunida va haftalarida kamayadi va gemodinamik o`zgarishlar bola 2-4 oyligida namoyon bo`ladi. Yurak mushagi sohasidagi nuqson ancha yengil kechadi. Klinik simptomlari. Qorinchalar aro to`siq nuqsonida auskultativ o`zgarishlar yaqqo bo`lganligi uchun bu nuqson erta yoshlarda aniqlanadi. Yuqori va o`rta hajmdagi nuqsonlarda bolada hansirash, yo`tal, sianoz, kamquvvatlik, tez charchash, tez-tez nafas yo`llari va o`pkaning yallig`lanish kasalliklari kuzatiladi. Ko`rikda teri oqamtir, marmarsimon, jismniy zo`riqishda- sianoz, asta sekinlik bilan yura bukriligi shakllanadi. Paypaslaganda yurak uchi turtkisi chapga va pastga siljigan, tarqalgan ko`rinshida, kuchli ko`tariuvchan, 3-4 qovurg`a oralig`ida chapdan sistolik titrash aniqlanadi. Auskultatsiyada to`sh suyagining chap tomonida 3-4 qovurg`a oralig`ida dag`al sistolik shovqin eshitiladi. Shovqin chap o`mrov osti sohasi va orqaga tarqalganligi kuzatiladi. Perkussiyada yurak nisbiy chegarasini ikkala tomonga, ko`proq chapga kengayishi aniqlanadi. Asorati. Eyzenmenger simptomokompleksi- qorinchalar aro to`siq yuqori nuqsoni tezda asoratlanib, o`pka gipertenziyasi sklerotik fazasi bilan kechsa, o`ng qorinchada bosimning oshishiga, vena-arterial shunt hosil bo`lishiga olib keladi. Bola yanoqlari, labi, tirnoqlarining ko`karib, binafsha rangiga o`xshaydi, barmoqlari baraban tayoqchasimon. Sistolik shovqin kamayadi, keyinchalik yo`qoladi, ammo ikki tonning o`pka arteriyasi ustida aksenti kuchayadi. Ba`zida o`pka arteriyasi klapanlarining yetishmovchiligi tufayli protodiastoik shovqin eshitilishi mumkin. Bolada hansirash kuchayib, jismoniy aktivligi pasayadi. Burundan qon ketish, yurak sohasida og`riq kuzatiladi. Davolash: Ko`pgina 3 mm li o`lchamdagi nuqsonlar 3 yoshgacha o`z-o`zidan berkiladi. Bu nuqsonlar chin nuqsonlardan farqli ravishda oval teshikning k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola “Yurak tug`ma nuqsonlari”, “Qorinchalararo to`siq nuqsoni”, etiologiyasi, davrlari, davolash usullari to`g`risida to`xtalib o`tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola “Yurak tug`ma nuqsonlari”, “Qorinchalararo to`siq nuqsoni”, etiologiyasi, davrlari, davolash usullari to`g`risida to`xtalib o`tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- birlamchi adaptatsiya, nisbiy kopmensasiya davri, Eyzenmenger simptomokompleksi., gemodinamika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024