К содержанию
РецензированоUZ2025

SOLIQ NIZOLARIDA TOMONLARNING MANFAATLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Qurbonov Abdulaziz Sulton o’g’li Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti, Toshkent, O‘zbekiston

HUQUQIY ASOSLARI · Qurbonov Abdulaziz Sulton o’g’li

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

This study examines the legal basis for protecting the interests of the parties in tax disputes. Also, this work studies the issues of legal protection of the rights and interests of the parties in the process of resolving tax disputes in the Republic of Uzbekistan. Disputes arising within the framework of tax relations, their causes, the procedure for their consideration, and the regulatory and legal frameworks used to protect the interests of the parties are analyzed. Mechanisms for ensuring the constitutional rights of taxpayers and their effective protection through judicial and administrative bodies are highlighted. Keywords: tax disputes, taxpayers, tax agent, administrative complaint. Soliq nizolari barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiy tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Ular davlatning soliq siyosati, moliyaviy barqarorlik, tadbirkorlik muhiti va jamiyatning huquqiy tizimi bilan bevosita bog‘liqdir. Soliq organlari bilan tadbirkorlar, yuridik shaxslar yoki jismoniy shaxslar o‘rtasida yuzaga kelgan bu nizolar ko‘pincha yirik moliyaviy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois, ularni hal etishda taraflarning huquq va manfaatlarini himoya qilish ustuvor ahamiyati ega hisoblanadi. 657 Iyun, 2025-Yil Soliq nizolari mohiyatini aniqlashtirish, avvalo, ushbu turdagi nizolarning huquqiy tabiati va yondashuvlarini o‘rganishdan boshlanadi. Rossiyalik yuridik olim S.V. Ovsyannikov o‘zining 1996-yilda chop etilgan tadqiqotida soliq nizosiga quyidagicha ta’rif beradi: «Bu - soliqlarni hisoblash va to‘lash bilan bog‘liq huquqiy ziddiyat bo‘lib, u qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Soliq nizosining bir tomonida doimo davlat, boshqa tomonida esa -soliq to‘lovchi turadi» . Ushbu yondashuv soliq nizolarining ommaviy-huquqiy xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. [1. 145-146.] Bundan tashqari N.L. Bartunayeva soliq nizosini quyidagicha talqin qiladi: «Bu – ma’muriy tartibda hal etilmagan, soliq organi va soliq to‘lovchi o‘rtasida yuzaga keladigan, huquqiy ahamiyatga ega bo‘lgan qarama-qarshilik bo‘lib, unda odatda soliq majburiyatlarining mavjudligi, hajmi, shakli, to‘lov muddati va boshqa elementlar ustida bahs yuritiladi». [2. 146-147] Soliq nizolarida subyektlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi soliq kodeksida subyektlarga ta’rif berib o‘tilgan. Jumladan, Soliq to‘lovchilar, soliq agentlari va vakolatli organlar soliq munosabatlarining subyektlari hisoblanishi belgilangan. Shuningdek, soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq to‘lovchilar deb e’tirof etilishi ham mustahkamlangan. Bundan tashqari soliq kodeksida soliq agentlariga ham quyidagicha ta’rif berilgan. Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlarni hisoblab chiqarish, soliq to‘lovchidan ushlab qolish va budjet tizimiga o‘tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladi deb belgilangan.[3] Soliq nizolarida taraflarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhim qoidalar mustahkamlab qo‘yilgan, Jumladan, Har kim o‘z huquq va erkinliklarini qonunda taqiqlanmagan barcha usullar bilan himoya qilishga haqli. Har kimga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlarining hamda boshqa tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Har kimga buzilgan huquq va erkinliklarini tiklash uchun uning ishi qonunda belgilangan muddatlarda vakolatli, mustaqil hamda xolis sud tomonidan ko‘rib chiqilishi huquqi kafolatlanishi mustahkamlangan. .[4.] Bu kabi qoidalar oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan konstitutsiyamizda mustahkamlanganligi buzilgan huquqlarni tiklashda va himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining soliq kodeksi ham soliq nizolarida taraflar manfaatlarini himoya qilishda maxsus manba hisoblanadi. Soliq kodeksida soliq huquqiy mmunosabat subyektlarining huquq va majburiyatlari belgilangan. Soliq kodeksining 21-moddasida soliq to‘lovchilar huquqlari mustahkamlangan. Jumladan, soliq to‘lovchilar quyidagi huquqlarga ega. Soliq organlaridan va boshqa vakolatli organlardan (ularning vakolatlari doirasida) amaldagi soliqlar to‘g‘risida, soliq to‘g‘risidagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar haqida, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risida axborotni, soliq hisobotining va arizalarning shakllarini, shuningdek ularni to‘ldirish tartibi haqida tushuntirishlarni bepul olish o‘z soliq majburiyatlarini bajarish yuzasidan soliq organlarida va boshqa vakolatli organlarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni olish soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lashda o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda tuzatish soliq solish obyektlarini hisobga olishda, soliqlarni 658 Iyun, 2025-Yil hisoblab chiq

Доказательный фрагмент

«This study examines the legal basis for protecting the interests of the parties in tax disputes.»

Образец извлечения

Демо-превью

This study examines the legal basis for protecting the interests of the parties in tax disputes. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tax disputes, taxpayers, tax agent, administrative complaint, ma’muriy shikoyat., soliq agenti, soliq to‘lovchilar, soliq nizolari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники