К содержанию
РецензированоUZ2025

“IKKI DUNYO SAODATI” TOʻPLAMINING TAHLILI Jo‘rayeva Gavhar Eshqobilovna Termiz Iqtisodiyot va servis universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi

Jo‘rayeva Gavhar Eshqobilovna

Современная наука и исследования · 2025

Аннотация

In this Makola, the chtobi vosplamenite is quoted as Hadith, in which the collanated weights, in particular, are taxable.A'zam O'ktamning, collagan, novatarona, usluji, with aloxida, Achaemenid occupation.Talkins in Poets ' iyadi, are drawn to the throne. Keywords: Arbain, forty hadiths, weights, Doomsday, a'zam O'ktam. Shoirning “Ikki dunyo saodati” toʻplamiga mumtoz adabiyotimizdagi hadislarni sheʼriy talqin qilish anʼanasi asosida yaratilgan sheʼrlari kiritilgan. Toʻgʻri, garchi shoirning oʻzi bu toʻplamni “Imom Buxoriy toʻplagan ayrim hadislarning sheʼriy talqini” deb nomlagan va unda oʻzini talqin va izohlar muallifi deb atagan boʻlsa-da, bu toʻplamga kiritilgan sheʼrlarni “qirq hadis” anʼanasi asosida yaratilgan deb ayta olamiz. Bunday deyishimizga esa asarda 44 ta hadisning shoir tomonidan sheʼriy talqinining berilgani asos beradi. Arbaʼin arabcha “arbaʼ” yaʼni, “qirq” soʻzidan olingan boʻlib, qirqta mashhur, sahih hadis mazmunini sheʼriy vaznda, aniqrogʻi, bir ruboiyda ifodalash sanʼatini anglatgan. Bunday asarlar oddiy xalq vakillari hadislar mazmunini oson tushunishi va xotirasida uzoq saqlab qolishi uchun xizmat qilgan. “Arbaʼin” yaratish anʼanasi imom Navaviy, Abdurahmon Jomiy, Navoiy ijodlarida uchraydi. Ushbu uslubda asar yaratish Islom olamida yaxshi bir anʼanaga aylangan. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vassallamning quyidagi hadislari asos boʻladi: «Rasululloh sollallohu alayhi vassallam dedilar: «Kim ummatimga din ishlari borasida qirqta hadisni muhofaza qilib bersa, Alloh uni Qiyomat kuni faqih qilib tiriltiradi va Qiyomat kuni men unga shafoatchi va guvoh boʻlaman”1. Hozirgi oʻzbek sheʼriyatida esa Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid kabi shoirlar ijodida ham davom ettirilgan bu anʼanaga Aʼzam Oʻktam oʻzgacha yondashadi. 1 Hasanxon Yahyo Abdulmajid / “Arbaʼin”ning nasriy bayoni va taxriji — Islom.uz islom.uz/content/view/3123/ 282 May, 2025-Yil Jomiy va Navoiyning qirq hadisning badiiy talqini oʻlaroq yuzaga kelgan asarlari anʼanaviy muqaddima qismi: hamd, naʼt, sababi taʼlif, asosiy va xotima qismlaridan iborat boʻlgan kompozitsiyaga ega 2 . Ushbu ijodkorlar asarlarining asosiy qismida islom axloqiga oid hadislarning arabcha matni keltiriladi va uning sheʼriy mazmuni aruz vaznidagi toʻrtliklarda ifodalanadi. Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid kabi shoirlar esa hadislarning sheʼriy mazmuni barmoq vaznidagi sheʼrda beradilar. Aʼzam Oʻktamning “Ikki dunyo saodati” toʻplami oʻzigacha boʻlgan “Arbaʼin” yozish anʼanasini davom ettirish bilan birga unga novatorona yondashganligi bilan ajralib turadi. Shoir “iqtibosi xall”3 sanʼati orqali qirq hadisning tarjimasi (oʻzbek tilidagi varianti) va uning sheʼriy talqini, soʻng esa izohini beradi. Aʼzam Oʻktam salaflardan farqli oʻlaroq hadislarning sheʼriy talqinlarini barmoq vaznidagi sheʼrda beradi. Masalan, shoirning “Savobning katta kichigi yoʻq” sarlavhali hadisning sheʼriy talqini quyidagi shaklda beriladi: “(Biz sugʻoridigan) har bir jonzotda biz uchun savob (ajr) mavjuddir”. Borar ekan yoʻlda bir odam, Tashnalikdan toldi juda ham Koʻrib nogoh quduqni yoʻlda, Chanqogʻini qondirdi undan. Soʻng boqsaki, bir it harsillab Tuproq namin turardi yalab. Sayyoh shundoq oʻyga boribdi: “Buyam xuddi mendek horibdi”. Tagʻin pastga tushib ketdi u, Olib chiqdi mahsi toʻla suv. Suvni tashna itga ichirdi, Olloh uning aybin kechirdi .4 IZOH: Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam yuqoridagi voqeani aytganlarida sahobalar: “Yo Rasululloh, hayvonlarga suv ichirsak 2 Navoiy Alisher. Arbaʼin hadis. Qirq hadis: Sharhi / Soʻz boshi mualliflar va sharhlovchilar: Q.Ahad, O.Mahmud; Xattot P.Samad; Mas.muh. S.Rafiddinov. – Toshkent.: Yozuvchi, 1991. – 30 b 3 Quronov D. va b. Adabiyotshunoslik lugʻati. – Toshkent: Akademnashr, 2013. – B 128. 4 Аъзам Ўктам. Икки дунё саодати. – Тошкент, 1998. – Б. 9. 283 May, 2025-Yil ham, bizga savobi tegurmi?” – deb soʻrashgan ekan. Janob Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “(Biz sugʻoradigan) har bir jonzotda biz uchun savob (ajr) mavjuddir”, deya marhamat qilibdilar. Oʻn ikki misradan iborat ixcham voqeaband sheʼr orqali shoir Rasulullohning hadisi mazmunini beradi. Hadis talqinini esa unga mos rivoyatni keltirish orqali boyitadi. Sirojiddin Sayyid “Ikki dunyo saodati” toʻplamidagi har bir hadisda ifodalangan mavzuga mos sarlavha tanlaydi va hadisning sheʼriy talqinini turli misrali bandlarda beradi. Shu tariqa qirq hadisdan shoir anglagan va kitobxonga anglatmoqchi boʻlgan qirq toʻrtta hadisning sheʼriy talqini yaratiladi: “Ota-onani bilmagan Ollohni”, “Yomonlik qilmaslik – sadaqa”, “Eng buyuk gʻamxoʻrimiz”, “Ota rozi – xudo rozi”, “Savobning katta — kichigi yoʻq”, “Birovning haqqi birovda qolmas”, “Munofiq olim – oʻziga zolim”, ”Iymonga darz ketsa, qiyomat qoʻpar”, “Xolislik – haq yoʻldir”, “Doʻst boʻlar yov oʻzi bilmay”, “Beparvolik zolimlikdir” kabi sarlavhali sheʼrlar toʻplami hosil qilinadi. Toʻplamdan “Tamagirning holiga voy” sarlavhali sheʼrda “Jonim qoʻlida boʻlgan zot haqi, gar

Доказательный фрагмент

«In this Makola, the chtobi vosplamenite is quoted as Hadith, in which the collanated weights, in particular, are taxable.A'zam O'ktamning, collagan, novatarona, usluji, with aloxida, Achaemenid occupation.Talkins in P…»

Образец извлечения

Демо-превью

In this Makola, the chtobi vosplamenite is quoted as Hadith, in which the collanated weights, in particular, are taxable.A'zam O'ktamning, collagan, novatarona, usluji, with aloxida, Achaemenid occupation.Talkins in P… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Arbain, forty hadiths, weights, Doomsday, a'zam O'ktam, A’zam O‘ktam., vaznlar, qirq hadis, qiyomat
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники