К содержанию
РецензированоRU2023

ФОРМИРОВАНИЕ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СООБЩЕНИЯХ СТУДЕНТОВ РОЛЬ ЭКОНОМИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ

IQTISODIY TARBIYANING O‘RNI · Esanqulov Abdullo Eshpulotovich

Журнал универсальных научных исследований · 23 · 2023

Аннотация

Maqolada iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, iqtisodiy tarbiya ahamiyati va o’rni yoritilgan. Kalit so’zlar: Ta’lim-tarbiya, aholi, shaxs, mehnat. Insoniyat o‘zining ko‘p ming yillik tarixi davomida katta ijtimoiy va iqtisodiy taraqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Har bir davrda biror mamlakatda ayrim shaxslar tomonidan shunday iqtisodiy ahamiyatga molik fikr, g‘oya, nazariya, konsepsiyalar ilgari surilgan va amalga oshirilganki, ular tufayli davlat va xalqlar ravnaq topgan. Ana shu iqtisodiy g‘oyalarni har tomonlama chuqur o‘rganish, tahlil etish, ular orasidan umumbashariy ahamiyatlilarini ajratib olib, uni hayotga tatbiq etish nihoyatda amaliy, ham nazariy foydali, chunki ularda ko‘p yillik tajriba mujassamlashgan. O‘zbekiston o‘ziga xos rivojlanish yo‘lini, muayyan maqsad va vazifalarini jamiyat, davlat, xalk va millat tarakkiyoti, ijtimoiy- iktisodiy, siyosiy, ma’rifiy, mafkuraviy jarayonlarning uzviy birligi asosida amalga oshiradi. Ezgulik, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, xamkorlik, ozodlik, erkinlikni qaror toptirishga qaratilgan fikrlar birlashmasi mamlakatda osoyishtalik, xalqlar o‘rtasida tinch-totuvlik barkarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Ta’lim-tarbiya jarayonida izchillik, tizimlilik, ta’lim tarbiya birligi, uzluksizligi va o‘quvchilarchilar mustaqil ishlarining tashkil etilishi yaxlit birlikni xosil qiladi, bir-birini boyitib boradi xamda taraqqiy ettiradi. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo‘lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O‘qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo‘yiladigan talablar. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» g‘oyalarini amaliyotga tatbiq etish uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta’minlash, ta’lim 76 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-3 muassasalarida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi, tarbiyachi, ishlab chiqarish ustalarining ma’naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga boliq. Butun tarbiya maktabining markazida dasturiy tadbirlar emas, ularning shakl va uslublarigina emas, balki insonning o‘zi va uning oliy maqsadi turadi. Hayotda yoshlarning nimalarga qiziqishi, intilishi, kelajakda kim bo‘lishi, qanday mutaxassis bo‘lib yetishishi, tarbiyachilar tomonidan e’tiborga olinsa va ular qo‘llab-quvvatlansa, tarbiyaning shaxsiy yo‘nalishi shunchalik samarali bo‘ladi. Biz ko‘proq aqliy va axloqiy tarbiyaga e’tibor beramiz-u, lekin iqtisodiy tarbiyaga ikkinchi darajali e’tibor berishga odatlanib qolgan edik. Ma’lumki, rivojlangan davlatlarda iqtisodiy tarbiya masalasiga e’tibor kuchli bo‘lgan. Masalan, Germaniyada iqtisodiy tarbiyaga katta e’tibor berib, tejamkorlikka, hisob-kitobga kuchli e’tibor qaratiladi. Aholining iqtisodiy tarbiyasi ma’lum darajada shakllanib bo‘lgan, buning natijasida qayta ishlash, aylanma harakat (ya’ni, bir shisha tarasi kamida 30 marta iste’molchi va ishlab chiqarish korxonasi orasida aylanadi). AQShda 50 foiz qog‘ozlar makulaturadan olinadi. Bunda ham ishchi kuchidan, ham tabiiy resurslarni, ham mablag‘ni tejash imkoniyati vujudga keladi. Demak, tejamkorlikka o‘rganishning o‘zi ham katta daromad manbai ekan. Tejamkorlikni tarbiyalash iqtisodiy tarbiyada bosh masala hisoblanadi. Tejamkorlikka o‘rganish uchun hisob- kitobga o‘rgatish lozim. Tejamkorlik odat tusiga kirishi va turmush tarziga aylanishi zarur. Bundan tashqari talabalar iqtisodiy organizm bir butun yaxlit organizm ekanligini his etish darajasiga yetishi kerak. Yuksak iqtisodiy madaniyat buni taqozo etadi. Agar biror iqtisodchi faqat birgina kichik tarmoq uchun, uning ravnaqi uchun ishlayman, deb fikr yuritsa, demak uning iqtisodiy tarbiyasi kerakli darajada shakllangan bo‘ladi. U o‘z tarmog‘ini ma’lum darajada rivojlantirishi mumkin, ammo pirovard natija ijobiy bo‘lishi qiyin. Masalan, 1991 yilda O‘zqishloqxo‘jalikkimyo sanoatining omborxonalarida 12 ming tonna zaharli moddalar yig‘ilib qolgan, ishlatish muddati o‘tib ketgan, yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy preparatlarni endilikda zararsizlantirish choralari ko‘rilishi lozim. Demak, faqat bitta tarmoq rivoji uchun ishlash emas, balki yaxlit iqtisodni rivojlanishi uchun ishlash kerak. Biz ko‘rayotgan chora-tadbirlar avtonom xususiyatga emas, balki butun iqtisodni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Buning uchun iqtisodiy tarbiyani shakllantirishda biz yaxlitlik hissini ham shakllantirishga e’tibor berishimiz lozim. 77 ISSN (E): 2181-4570 ResearchBib Impact Factor: 6,4 / 2023 SJIF 2024 = 5.073/Volume-2, Issue-3 Yaxlitlik hissini shakllantirish natijasida, biz insonda pirovard natija uchun ishlash xususiyatini takomillashtiramiz. Inson o‘zining ixtiyoriy erksiz tarbiya g‘oyalari va namunalari mohiyatini anglab yetmaydi. Ayniqsa, ixtiyoriy erksiz iqtisodiy tarbiyaga erishib bo‘lmaydi. Agar tarbiya

Доказательный фрагмент

«Maqolada iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, iqtisodiy tarbiya ahamiyati va o’rni yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada iqtisodiy tafakkurni rivojlantirish, iqtisodiy tarbiya ahamiyati va o’rni yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
труд, личность, Ta’lim-tarbiya, население, Education, personality, shaxs, Образование, aholi, mehnat, work, population
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники