К содержанию
РецензированоRU2024

МЕТАФОРЫ КАК МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ИНСТРУМЕНТ (НА ПРИМЕРЕ ПОЭЗИИ АБДУЛЛЫ ОРИПОВА)

Nasiba Jumayevna Yarashova

Современная наука и исследования · 3 · 2024

Аннотация

An attractive, impressive speech attracts any person and evokes emotions. In our language, various figurative means and metaphors are widely used to increase the effectiveness of speech. Keywords: metaphor, metonymy, synecdoche, task. МЕТАФОРЫ КАК МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЙ ИНСТРУМЕНТ (НА ПРИМЕРЕ ПОЭЗИИ АБДУЛЛЫ ОРИПОВА) Аннотация. Привлекательная, впечатляющая речь привлекает любого человека и вызывает эмоции. В нашем языке широко используются различные образные средства и метафоры для повышения эффективности речи. Ключевые слова: метафора, метонимия, синекдоха, задача. Jumladan, metafora, metanimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik singari ma’no ko‘chish turlarini ko‘rsatish mumkin. Shuni aytish kerakki, tilshunoslikda til zahiramizning bor kuchi, jozibasi mana shu vositalar yordamida yuzaga chiqadi va tilimizning boyishiga xizmat qiladi. Rimning mashhur notiqi Kvintilianning ta’kidlashicha, “metaforaning ortiqligi tinglovchining diqqatini bezovta qiladi. Nutqni taqlid va topishmoqqa aylantiradi”[1]. Haqiqatda, har qanday narsaning ortiqchasi asliyatni yo‘qotadi. Olim Sh.Rahmatullayevning ta’kidlashlaricha, “Biror predmet, belgi, harakatning nomi boshqasiga o‘zaro tashqi o‘xshashlik (shakli, rangi kabi jihatlari bilan) asosida ko‘chirilsa, metafora yo‘li bilan ko‘chirish deyiladi. (yunoncha “metaphore” – “ko‘chirish) [2]. Tilshunosligimizda bu kabi troplarning keng imkoniyatlarini yaratishda badiiy matnlar alohida ahamiyatga ega. Xususan, Abulla Oripov she’riyatida metafora o‘zgacha ruh berib, tilning imkoniyatlarini yanada yaqqol aks ettiradi. Bu bilan shoir badiiy adabiyot ravnaqiga hissa qo‘shibgina qolmay tilimizning ichki imkoniytalarini, serjiloligini, boyligini ko‘rsatib til rivojiga ham ulkan hissa qo‘shdi. Abdulla Oripovning o‘zi aytganidek, “ma’lum did va saviyaga ega bo‘lmagan ijodkor adabiyotning birinchi elemetni bo‘lmish tilning o‘zidayoq kimligini bildirib qo‘yadi”. Demak, shoir adabiyot dunyosiga kirishda tilning mavqeyi muhim ekanligini ta’kidlaydi. Tildan to‘g‘ri foydalanilgan asar haqiqiy asar maqomidadir. Bu uchun esa tilning imkoniyatlaridan o‘z o‘rnida foydalanmoq lozim. Shoir badiiyatida qo‘llangan turli tasviriy vositalar va iboralar o‘zgacha bir ma’no uyg‘unligini, xalqchillikni vujudga keltirgan. 1 22 0 International scientifijournal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2024 VOLUME 3 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Abdulla Oripov ijodidagi metaforalarga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, aynan metaforalar yuqorida aytib o‘tilganidek, o‘zgacha bir tizimning yaratilishi-yu, kuchli dinamik ruhning vujudga kelishiga xizmat qilgan. Ijodkor umrining so‘nggi yillarida yozilgan “Yoshlik” she’rida metaforaning quyidagicha namunasini ko‘rishimiz mumkin. Yo‘l chetida, Daryo bo‘yida Turar edim aso tayanib. Hayot isini tuymoq avjida, Dunyolarga boqsam deb qonib. () Ushbu misalarda keltirilgan “Hayot isi” birikmasi metafora sifatida qo‘llanib, shoir biz uchun mavhum bo‘lgan hayot isini tuyishga harakat qilmoqda. Bizga ma’lumki, hayot o‘zidan ifor taratmaydi, balki xushbo‘y ifor taratish gulga yoki biror hid taratish xususiyatiga ega bo‘lgan narsaga xos. Bu kabi narsalar ifori bilan kishini o‘ziga jalb qilgani, qancha bo‘yidan tuysangda, kamligini his qilganingdek, “hayot isi” ham shunday seni o‘ziga tortaveradi. Demak, bu misralar metaforaning belgi o‘xshashligi asosida ko‘chishiga misol bo‘la oladi. Shoir “Iymon” she’rida ham metaforalardan unumli foydalangan, hatto, bir bandning o‘zidayoq uch o‘rinda metaforaning qo‘llanishini ko‘rishimiz mumkin. Afsus dunyo meni aldadi boplab, Oldimg‘a tashladi yolg‘onni qoplab. Ekkan daraxtlarim ko‘sam hisoblab Yarmini beshik qildi, yarmini dor qildi. () Inson va hayvonlar, umuman, jonli narsalarga xos bo‘lgan xususiyat “jonsiz” dunyoga ko‘chirilmoqda. Dunyo jonlanib, insonni aldashga tushadi. Uning oldiga yolg‘onni qoplab tashlaydi va yana beshik, dor yasaydi. Ushbu misralardagi metaforalar harakat o‘xshashligi - jonli narsaga xos xususiyatlarning ko‘chirilishi asosida vujudga kelmoqda. Hali tugamaydi, bu achchiq qismat, Kimdir nom talashib aqldan ozar. Eng mudhishi o‘tmay sal fursat Seni mavh etganlar xotira yozar. () She’rda keltirilgan “achchiq qismat” birikmasi metafora sifatida keltirilgan. Chunki hech kim hayotning ta’mini totib ko‘rmagan. U shunchaki bir taomga nisbat. Taomdagi achchiqlik yuzni burishtirib, og‘izni kuydirgani singari hayotdagi qiyinchiliklar-u to‘siqlar yuzingni burushtirishi, yeyayotgan oshingni zahar bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘zini “achchiq qismat”da namoyon qiladi. Achchiq qismat metaforasi belgi o‘xshashligi asosida ko‘chirilgan bo‘lib, bir narsaga xos xususiyatning boshqasiga ko‘chirilishi natijasida vujudga kelgan. Abdulla Oripov nabirasi Oybekka bag‘ishlab yozgan “Yangi avlod” she’rida ham metaforaning betakror namunasini uchratamiz. Dovullar umringni sovurdi butun, Yetmadi bardoshing, sabr toqating. Endi bari-birdir kunduz bilan tun, Endi ortiqchadir qo‘lda soating. (8-jild,139-b.) 1 22 1 International scientifijournal ISSN

Доказательный фрагмент

«An attractive, impressive speech attracts any person and evokes emotions.»

Образец извлечения

Демо-превью

An attractive, impressive speech attracts any person and evokes emotions. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
metaphor, metonymy, synecdoche, task, задача., metafora, metanimiya, task., метафора, синекдоха, sinekdoxa, vazifadoshlik., метонимия
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники