К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ RIVOJLANISHI MUAMMOLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH USULLARI Xolmatova Sevdo Xayrullo qizi Toshkent viloyati Parkent tumani 17-DMTT logoped-o’qituvchisi

Xolmatova Sevdo Xayrullo qizi

Современная наука и исследования · 2 · 2026

Аннотация

This article discusses the problems of speech development in preschool children and methods of their elimination, as well as the periods of speech development in children. The article also separately discusses the preparatory and pre-kindergarten periods, and highlights the preschool and school periods. Keywords: speech development, periods of speech development, preparation, preschool period, the basis of speech. ПРОБЛЕМЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА И ПУТИ ИХ УСТРАНЕНИЯ Аннотация. В статье рассматриваются проблемы развития речи у детей дошкольного возраста, методы их устранения, а также периоды развития речи у детей. В статье также подробно рассматриваются подготовительный и предшкольный периоды, а также охватываются дошкольный и школьный периоды. Ключевые слова: речевое развитие, периоды речевого развития, подготовка, дошкольный период, основа речи. Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. Nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. 120 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Masalan, 1 yosh-u 4 oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi. Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi: Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha. Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha. -Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha. Maktab davri. Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib, Birinchi davr-tayyorgarlik davri. Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘I nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi. Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. 121 ResearchBib IF - 11.01, ISSN: 3030-3753, Volume 2 Issue 4 Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar) Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi harakat ko‘nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi. Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida katt

Доказательный фрагмент

«This article discusses the problems of speech development in preschool children and methods of their elimination, as well as the periods of speech development in children.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the problems of speech development in preschool children and methods of their elimination, as well as the periods of speech development in children. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
speech development, periods of speech development, preparation, preschool, nutq rivojlanishi, maktabgacha davri, nutqining rivojlanish davrlari, tayyorgarlik, nutqi asosi.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники